Sevolmaydi boshqasin jussam, Xajrida alam, g’amlar yutsam


Download 22.44 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.44 Kb.
#1489247
1   2   3
Bog'liq
BEHRUZBEK

AYTSIN
Mendan eshitma mayli,
Yana baxor qaytsin,
Pushti o’rik gullari,
Sog’inganimni aytsin !!

UNI SOG’INGANIM AYTIB QO’Y XAYOT
Yuzimga urilgan mayin shabboda,
Sochlarin silarsan gulim extimol.
Senga iltimosim malol kelmasa,
Uni sog’inganim aytib qo’y shamol !

Munchoq ko’zlaridan oqmasin xech yosh,


Gar eshitsam bunga berolmam bardosh.
O’zingdek yuzidan yog’dirib nurlar ,
Uni sog’inganim aytib qo’y quyosh !

Senga xavas qildim bugun yorug’ kun,


Nimani sog’insang ko’rding bus butun.
Mendek qorong’uda bedor yurganda,
Uni sog’inganim aytib bergin tun !

Gulim uchun mayli ko’rsatay karam,


Uni deya mayli men yutay alam.
Qo’llarida tutsa seni oxista,
Uni sog’inganim yozib ber qalam!

Senga nima bo’ldi dersiz jon behruz,


So’zlarin sog’indim, ko’zlarin kunduz.
Balki senga boqsa, kelganida kuz,
Uni sog’inganim aytib qo’y yulduz!

Bugun taqdirimga tan berdim oxir,


Unga xam qiyindir, unga xam og’ir.
Yuzlariga tushib asta shivirlab,
Uni sog’inganim aytib ber yomg’ir!

Yoniga borolmam, yonimga kelmas,


Dunyoda borligi menga bir najot.
Tiriklayin o’ldim, buni bildirmay,
Uni sog’inganim aytib qo’y xayot !!


SHERLARIMDA YASHAR BIR QIZNING ISMI
Sherlarimda yashar bir qizning ismi,
Bir paytlar edim uning bir qismi.
Bizlarni ayirgan bahormi, qishmi,
Hayolimda yashar bir qizning jismi.

Sherlarimda yashar bir qizning ismi,


Faqat yashayapti u sherlarimda,
Sevaman der edi har doim sizni.
Mening sevgim qoldi orzularimda.

Sherlarimda yashar bir qizning ismi,


Hatto topaolmadim undagi izni.
Dunyoni izladim kecha-kunduzlar,
Gulimdek topmadim go’zal bir qizni.

Sherlarimda yashar bir qizning ismi,


Ismini aytsam gar titraydi labim.
Hech kim yetolmagan bore di xusni,
Faqat uni deya yonardi qalbim.

Sherlarimda yashar bir qizning ismi,


Men o’ylagan orzu xazonmi hasmi,
Sevgim juda kech kelib erta tugab,
Menga ayriliqning keldi mavsumi.

Sherlarimda yashar bir qizning ismi,


Undan ayrilganim hushimmi, tushmi,
Bahordan ranjigan qaldirg’och misol,
Uzoq-uzoqlarga uchgan ul qushmi.

Sherlarimda yashar bir qizning ismi,


Unutmam undagi hushbo’y bir isni,
Hayotida Behruz quvongan damlar,
Unutmasman bizning go’zal o’tmishni.


Download 22.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling