Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
60
– Keyin nima bo‘ldi? – shoshilib so‘radim.
– Keyin terisini shilib oldik.
– Mana shu pichog‘ingiz bilanmi?
– Yo‘q, unda boshqa pichog‘im bor edi.
– Keyin-chi?
– Obbo o‘g‘lim-ey, bobong aytganday, juda
sergap ekansan-da.
– O‘zingiz ham sergap ekansiz, – dedim
achchig‘im chiqib, – nega yomon narsani menga
aytdingiz, endi yana qo‘rqib ketyapman.
– Lekin to‘g‘ri, bolam, chakki aytdim... qo‘rq-
ma. Hozir olov yoqib yuboramiz. Hamma yirtqichlar
olovdan qo‘rqadi... Ana, qopqon qo‘yadigan joyga
ham yaqinlashyapmiz. Huv anavi jarliklar yonida
bo‘rsiqlar ko‘p bo‘ladi. Ilgari, eh-he, bobong bilan
bu atroflardan qanchadan-qancha bo‘rsiqu quyonlar
tutganmiz. Qishi bilan mehmonxonada quyon
go‘shti yeb chiqardik.
Ahmadqul bobom xurjunga boltacha ham solib
kelgan ekan. O‘sha bilan yulg‘inu to‘rong‘illardan,
supurgidek qalin o‘sgan yantoqlardan kesib, gul-
diratib olov yoqib yubordi. Qo‘llarimizni tobladik.
Keyin issiq kaftimizni fotiha o‘qiyotganday qilib
yuzimizga surtdik. Ahmadqul bobom nima qilsa,
men ham shunday qilaverdim. O‘ngga qarasa,
o‘ngga qarayman, chapga qarasa, chapga qaray-
man. O‘sha tomonlarda bo‘rilar bormikan, deb
o‘ylayman.
– Endi, î‘g‘lim, sen shu yerda o‘tirib turasan,
– o‘rnidan turib, jar tomonga tikilib dedi Ahmadqul
bobom.
– Siz-chi? – shoshilib men ham o‘rnimdan turib
ketdim.


Jannati odamlar
61
– Men jar yoniga o‘tib mana bu qopqonchalarni
qo‘yib kelaman.
– Men ham boraman.
– Jon, î‘g‘lim, ko‘lmak suvlarni qara, ustidagi
muzga ishonma, botib qolasan, tagi chuqur.
– Unda meni ko‘tarib olasiz.
– Nima?
– O‘zingiz bobojonimga aytdingiz-ku, charchasa
ko‘tarib olaman deb.
Ahmadqul bobom indamadi, menam indama-
dim. Eshakni olov yonidagi yulg‘in tupiga bog‘lab,
xurjundan bobojonimning suv kechadigan uzun
rezinka etigini olib, mahsisining ustidan kiya
boshladi. Qarab turdim. Oyog‘i juda kalta ekan.
Rezinka etikning qo‘nji qoringacha borib qoldi.
Oldin meni ko‘tarib o‘tkazdi, keyin xurjunni olib
o‘tdi.
– Nasriddinning nabirasi bo‘laman, deb juda
erka bo‘lib ketibsan, – dedi axiyri.
– O‘zingiz ham erka bo‘lib ketibsiz, – dedim
men ham.
– Boy bobongning uyida qarol bo‘lganimni
bilarkansan-da, otangni ham o‘zim ko‘tarib katta
qiluvdim.
Men indamadim. Yig‘lagim kela boshladi.
Qorlarniyam, toglarniyam yomon ko‘rib qoldim.
Agar yo‘lda bo‘ri uchrab qolishidan qo‘rqma-
ganimda, jon-jon deb qochib ketgan bo‘lardim.
Ahmadqul bobom menga qarab-qarab qo‘yayapti.
Bir gal labini burib masxara qildi, men ham tilimni
chiqarib qo‘ydim... Mana bu yo‘lakchadan quyonlar
sakrab-sakrab o‘tibdi, bir emas, bir nechasi...
Sakraganini oyoqchasi qorga chuqurroq botganidan



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling