Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

 BO‘RSIQ QUV BO‘LADI 
E
shakdan tushgach, ikkovimiz ham jim bo‘lib
soy tomonga tikildik. Ahmadqul bobom qaysi
tomonga qarasa, men ham o‘sha tomonga qaray-
verdim. Bobom suv yoyilibroq oqadigan, kechuvi
osonroq joyni tanlayotgan bo‘lsa kerak. Men
bo‘lsam, voy-bo‘y, shuncha suv qayerdan paydo
bo‘larkin, deb o‘ylayotgandim.
– Shu yerdan o‘taveramiz, – dedi Ahmadqul
bobom.
– Mayli, shu yerdan o‘taveraylik, – dedim men
ham.
Eshagim o‘zi ajoyib-da, bunaqa esli hayvonni
ikki dunyoda ham topolmaysiz. Muzlarni tars-turs
sindirib o‘taveradi. Bilmasdan dumg‘azasidagi juni-
dan tortib qo‘ymay deb o‘ng qo‘limni qo‘ltig‘imga
tiqib, ikkala ko‘zimni barobar yumib olganman.
– Mana buni eshak desa bo‘ladi, – dedi
Ahmadqul bobom narigi qirg‘oqqa o‘tgach, – eshak
emas, Hazrat Alining tulpori bu.


Jannati odamlar
57
– To‘g‘ri, tulpor, – dedim men ham.
Tepalikka chiqib, atrofga rosa tikildim. Bu
yerdan huv uzoqdagi qishloqlar, hozirgina o‘tga-
nimiz o‘rikzorlar ko‘rinib turarkan. Ov qilishimiz
kerak bo‘lgan changalzor poyonsiz, borib-borib tog‘
yonidagi adirlarga qo‘shilib ketadi. Changal,
yantoq, shuvoq va yana men otini bilmaydigan
boshqa giyohlar qor ostida boshini egib turibdi.
Xuddi o‘zimning bobojonimga o‘xshab oq salla
o‘rab, namoz o‘qiyotganday. Yuraverdik, yura-
verdik.
– Iya, ana buni qara! – dedi Ahmadqul bobom
to‘xtab.
– Nimani qaray? – dedim shoshilib. Nega desan-
giz, o‘zimning shu paytda juda-juda gaplashgim
kelib turgan edi.
– Bo‘ri o‘tibdi, izini ko‘rmayapsanmi?
– Voy, – dedim hayron bo‘lib, – bu itning
iziku, bobojon.
– Itning izi enajoningni chaqichiga o‘xshab
dumaloqroq bo‘ladi. Bu – bo‘riniki, bolam. Cho‘ziq-
ligidan bilmayapsanmi? Qayoqdan ham bilarding,
bo‘ri oviga chiqmagan bo‘lsang...
Qishloqdan toqqa qarab o‘tibdi. Qorniyam rosa
to‘q ekan, qara, izlar chuqur botgan... Αh-hu, shu
kecha o‘tganga o‘xshaydi, iz muzlamagan hali. Iya-
iya, to‘xta!
Ahmadqul bobom mendan oldin to‘xtab
yonginamizdagi giyohsiz yalanglikka, qorlari rosa
ezilgan, puypalanib tuproqqa qorishib ketgan
maydonchaga qoshlarini kergancha tikilib qoldi.
– Nima bo‘ldi, bobojon? – xavotirlanib so‘-
radim.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling