Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
42
ketdim. Ahmadqul bobom soqo‘lini silkitib kulib
yubordi:
– Kelin, eringiz bolaligidayam erka edi, bekorga
otini Erkavoy qoyishmagan, yiqilib tushsa, men
kelib turg‘azib qo‘ymaguncha arillab yota berardi.
He-he-he... Obbo o‘rtog‘im-ey, ana ko‘zingni
ochding. Bobomning orqasiga baland qilib katta-
kichik yostiqlar qo‘yishdi.
– Ha, o‘rtoq, isitmang baland ko‘rinadi, – dedi
Ahmadqul bobom.
– Bor, ancha bor, – entikib dedi bobom.
– Anordan ham yegin, diling ravshan bo‘ladi.
– Mayli, bera qol.
– Obbo o‘rtog‘-ey, lekin ko‘prikni boplabsan.
– Ko‘rdingmi?
Bugun Buzuq qo‘rg‘onga boruvdim, tegirmonga
yuk tashlab keldim.
– Eshakdamiding?
– Hà.
– O‘tdimi?
– Tushib yetaklab oldim... Savobga bizni
sherik qilishni istamabsan-da? Ho‘, Ahmadqul, deb
chaqirmaysanmi, oltita nabiram, to‘rtta o‘g‘limni
olib yoningga bormaymanmi?! Suvga yiqilibmiding?
– Ha, bir-ikki yiqiluvdik.
Enajonimning yuragi hasratga to‘lib turgan
ekan, dasturxon tuzab bo‘lgach, Ahmadqul bobom-
ga choy uzata turib, dardini o‘sha kishiga ayta
boshladi: – O‘rtog‘ingizni urishib qo‘ying. Xo‘p,
o‘sha kuni-ku suvga yiqilib shalabbo bo‘lib kel-
dilar, avvalgi kuni bizni yana aldabdilar. Nabiram
ikkimizni qishloqqa jo‘natib yuborib, yana ikki
tup terak kesib ko‘priklari yoniga qo‘yib, kengay-


Jannati odamlar
43
tiribdilar. Mol-qo‘y o‘tolmas emish... Mol-qo‘y
o‘tolmasa, shuncha yildan buyon o‘lib qolgani yo‘q-
ku? Mana, endi ahvollarini qarang, o‘laman-u,
ketaman, emish.
– Qo‘ying, Robiyabibi, yig‘lamang, – yupatgan
bo‘ldi Ahmadqul bobom, – o‘zi o‘rtog‘imning yili
to‘ng‘izu, lekin baliqqa o‘xshab suvni yaxshi
ko‘radi. Bolaligidayam shaloplatib suv kechgani-
kechgan edi. Do‘xtirga odam jo‘natmabsiz-da.
– Koshki ko‘na qolsalar, – yana ko‘ziga yosh
oldi enajonim, – o‘zi bergan dard, o‘zi oladi deb
unamayaptilar.
– Hoziroq borib boshlab kelaman.
– Voy qo‘shni, bemahalda ovora bo‘lasiz-ku.
– E, Robiyabibi, o‘rtog‘im bu ahvolda ingrab
turadi-yu, men tinch yotaolamanmi?
– Do‘xtir ham darrov ko‘na qolmas, – ikkilanib
dedi enajonim.
– Ular kechasi xizmat qilishni xush ko‘rishadi,
savobi ko‘p bo‘larmish.
Ahmadqul bobom piyoladagi sovib qolgan
choyni katta ho‘plab, tanchaga qo‘lini tirab o‘rnidan
turdi-da, meva tugib kelgan gul tikilgan chorsisini
beliga bog‘lab, chiqib keta boshladi.
– Qishloqqa bo‘ri oralagan deyishadi, –
xavotirlanib dedi enajonim.
Ahmadqul bobom ostonada to‘xtab soqo‘lini
silkitib kuldi:
– E, Robiyabibi, pakana odamning go‘shti
bemaza bo‘ladi, bo‘ri bizdaqalarga tegmaydi.
Enam, bobojonim î‘lib qolsa, biz nima qilamiz,
deb o‘ylayotgan bo‘lsa kerak. Men ham o‘ylay
boshladim. Avvaliga nima haqida oylashni bilmay



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling