Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 31
Xudoyberdi To‘xtaboyev
30 – Nega unday deysan. Sanambuvi yaxshi qiz-ku. – Hecham-da, u doim meni aldaydi. Ko‘zingni yumib tursang qiziq o‘yin ko‘rsataman deydi-da, ko‘zimni ochsam cho‘ntagimdagi jiydalarimni olib qo‘ygan bo‘ladi. – Kimni olasan, bo‘lmasa? Biroz o‘ylanib turaman-da: – Yo‘q, endi hech kimni olmayman, – deb qo‘yaman. Shu yo‘sin suhbatlashib to‘rttup terak yiqitdik. Bobojonim har gal daraxt yiqilganda guppi choponini taxlab ustiga tashlaydi-da, o‘tirib, kel endi, bir nafas dam olaylik, deya ko‘zlarini chirt yumgan ko‘yi ancha mahal jim qoladi. Men bo‘lsam oldi tomondan borib, barmoqlarim bilan soqo‘lini mayin-mayin tarashga tushaman. Anuv kuni ayt- ganimdek, mening bu mashg‘ulotim bobojonimga juda-juda xush yoqadi. Charchog‘imni sidirib olyapsan, barakalla, deya duo qilib turadi. Teraklarni butab, uchini kesib, ikkita-ikkitadan bog‘lab xuddi xurjun yuklagandek qilib ko‘k eshagimizga ortib soy boyiga tashib oldik. Tashiyotganda men judayam mazza qildim. Nega desangiz men eshakda, bobojonim teraklarning uch tomonini qo‘ltig‘iga olib orqada borar, tezroq hayda, kech qolyapmiz, deya menga yolvorar, u kishi yolvorgan sari men huzur qilardim. Yog‘ochlarni soy ustiga tashlayotganda bobojonim bilan avval arazlashib, keyin chinakamiga urishib qoldik. Avvalgidek ikki terakni eshakka yuklab ikki yoniga osiltirib, men ustida, qo‘nji uzun rezinka etik kiyib Jannati odamlar 31 olgan bobom ortda muzlarni g‘arch-g‘urch sindirib, shaloplatib suv kechib o‘tayotgan edik, ko‘k eshagim suvning qoq o‘rtasiga borganda to‘rt oyog‘ini yerga tirab, dir-dir qaltiragancha tek turib qoldi. Yog‘ochlarning uch tomonini ko‘tarib olgan bobom: – Hayda tezroq, qo‘lim tolib ketdi, – deya ovoz berdi. – Haydayapman-ku, – deya qichqirdim. – Xala qil, qattiqroq qil. – Qilyapman, mana, mana! Yozda gajava savatlarga uzum ortib bozorga ketayotganimizda mana shu qaysar eshagim suv o‘rtasida yotib olgani esimga tushdi-yu, qo‘rqib ketdim. O‘shanda uzumni qaytarib uyga olib kelgandik. Shuni eslab qo‘rquvim oshib eshagim- ning dumg‘azasidagi o‘sik junlaridan jon-jahdim bilan tortqilay boshladim. Eshak orqa oyoqlarini osmonga otib shunday bir silkindiki, shunday silkindiki, yog‘ochlar bog‘langan arqon uzilib, ikkovi ikki yonga shaloplab tushdi. Ikki qo‘llab to‘qimiga mahkam yopishib olgan edim, baribir bo‘lmadi, narigi qirg‘oqqa o‘tar-o‘tmas o‘zim ham shag‘alga gupillab tushdim... Bechora bobom eshakni tutib kelguncha ancha ovora bo‘ldi. O‘zim bo‘lsam huv nariga borib olib hiqillab yig‘lab, uzoq-uzoqlarga qochib ketsam-chi, buvijonim qayerda hozir, o‘shaning oldiga borib issiq bag‘riga boshimni qo‘yib arz-dod aytsam-chi, deya o‘ylarga berilib, o‘zimni ovutish uchun bo‘lsa kerak, tinmay soyga tosh otardim. Bobojonim eshakni tutib kelgach, soyning narigi yuziga olib o‘tib tutga bog‘ladi-da, guldiratib olov |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling