Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
32
yoqib yubordi. Rezinka etigini yechib, ho‘l bo‘lgan
paytavalarini quritib, goho-goho men tomonga
tanbehli nazar tashlab qo‘yar, lekin negadir hech
ham gap qo‘shmas, mening esa olovga qo‘llarimni
toblab juda-juda isingim kelardi. Alam qildi, hech
chidab turolmadim. O‘rnimdan irg‘ib turib:
– Endi sizga hech ham o‘g‘il bo‘lmayman! –
deya qichqirdim.
– Bo‘lmasang, bo‘lmay qo‘ya qol, – qo‘l siltadi
bobom.
– Ahmadqul bobomga o‘g‘il bo‘laman,
bildingizmi?
– Bo‘lsang, bo‘laqol.
Bog‘ qo‘shnimiz Ahmadqul bobomnikiga
mehmonga chiqqanimizda meni tizzasiga olib: «Shu
Erkacholga o‘g‘il bo‘lib nima naf ko‘rasan, undan
ko‘ra menga o‘g‘il bo‘lgin, har yakshanba bozorga
olib borib popukli qand, qush bo‘lib sayraydigan
hushtak, chamandagul do‘ppilar olib beraman»,
degan edi. O‘sha gap esimga tushdiyu:
– Erkachol,
Jinni chol,
Erkachol,
Shinni chol, – deya alam bilan irg‘ishlay
boshladim.
Bobom o‘rnidan turib ikki qo‘lini keng yozib:
– Kel, î‘g‘lim, yarasha qolaylik, – deya
shaloplab suv kechib men tomonga kela boshladi,
– ayb senda emas, mana bu hayvonda. Yemni
ko‘p yeb quturib ketibdi, endi unga hecham
yem bermaymiz.
Shuni kutib turgan edim. Jon-jon deb bobom-
ning yelkasiga chiqib, qo‘limni bo‘ynidan o‘tkazib


Jannati odamlar
33
oldim. Meni chirsillab uchqun chertib yonayotgan
olov yoniga o‘tqizib, bobomning o‘zi suv kechib,
kesilgan teraklarni soyning ustiga tashladi. Qadam
bosganda silkinib ketmasin deb bo‘lsa kerak, uch-
to‘rt joyiga ko‘ndalang taxta tashlab mix qoqdi.
O‘sha mixlar meniki edi. Men umuman mixni
yaxshi ko‘raman, nega desangiz, teshaning orqasi
bilan yengil ursangiz ham yerga lopillab kirib
ketaveradi. Ko‘prik bitgach, bobom ikkimiz uyog‘-
buyog‘iga o‘tib ko‘rdik, o‘rtasida turib olib
silkindik.
– Zo‘r-a? – dedi bobom.
– Zo‘r! – deb qo‘ydim men ham.
Sen bo‘lmasang, toylog‘im, baribir bitkazol-
masdim.
– To‘g‘ri, bobojon, baribir bitkazolmasdingiz,
– dedim eshakning orqasiga mingashayotib...
Keyin bobojonim qattiq kasal bo‘lib, qish
chiqquncha yotib qoldi. Ahmadqul bobom asal
keltirib oyoqlariga surtar, uqalar, enajonim har
oqshom sutga asal qaynatib ichirar, xolam hidini
men yoqtirmaydigan g‘alati-g‘alati dorilar keltirib
badaniga surtar edi. Goho enajonim:
– Savob olaman deb shu sovuqda muz kechish
shartmidi, – deb tanbeh berar, bobom bo‘lsa:
Shart edi, – deb qo‘yar edi.
Xudo ko‘rsatmasin, biron narsa bo‘lib qolganin-
gizda men nima qilardim, î‘ylamadingizmi?
– O‘yladim. Sochingni yulib rosa yig‘larding.
– Hech odam bo‘lmadingiz-bo‘lmadingiz-da.
– Sen odam bo‘lsang ikkovimizga ham yetadi,
– miyig‘ida kulib qo‘yadi bobojonim. Men shartta
o‘rnimdan turaman-da:



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling