Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 13
Xudoyberdi To‘xtaboyev
12 u yangi yozgan asarini ilk bor o‘z farzandlari, nabiralari bilan birga qo‘ni-qo‘shnilarning bolalarini ham uyiga yig‘ib ularga o‘qib beradi. Bolalar kayfiyatini kuzatadi, o‘qilgan parcha bolalarga ma'qul tushsa, ular chehrasida yo tabassum, yo qayg‘u, yo hayrat alomatlarini ko‘rsa, taskin topib qo‘lyozmani oqqa ko‘chiradi, agar bolalar o‘qigan- lariga loqayd qarasa, qo‘lyozmani qayta ishlaydi, bolalarga manzur etgandan keyin kattalarga o‘qishga beradi. Uning bu tajribasi bolalarga yozadigan yosh yozuvchilar uchun qo‘l kelishi mumkin deb o‘ylay- man. Daho adib Lev Òolstoyning dehqon bolalari bilan qo‘shilib hikoya yozganlari bejiz emas-da! Bilamizki, yozuvchining shaxsiyati, xislatlari, hayot tajribalari qandaydir shaklda uning ijodiga, u yaratgan asarlarga ko‘chib o‘tadi. Buni Xudoy- berdi ijodi misolida ham ko‘rish mumkin. Chu- nonchi, bolalikdan qolgan eng og‘ir taassurot – yetimlik uning ko‘pchilik asarlarida o‘z ifodasini topgan. «Besh bolali yigitcha» romani o‘sha og‘ir taassurotlar tug‘yoni ifodasi sifatida maydonga kelgan, «Qasoskorning oltin boshi» romanida, «Yillar va yo‘llar» deb atalgan asarida yetim bolalar taqdiri zo‘r iztirob bilan qalamga olingan... Yozuvchi tabiatidagi ona zaminga yaqinlik, dehqon, bog‘bon mehnatiga chin mehr barcha asarlarining qon-qoniga singib ketgan, adib «Sariq devni minib» romanida qahramoni Hoshimjonning xayol qanotida ona zamindan uzilib qolgani, yengil yo‘llar bilan mehnatsiz, zahmatsiz omadga erishmoqchi bo‘lgani uchun uning ustidan kuladi, «Besh bolali yigitcha» qahramoni Orifjon mehnatga Jannati odamlar 13 o‘chligi, tirishqoqligi, zahmatkashligi tufayli urush to‘zoni halokat yoqasiga keltirib qo‘ygan – to‘zg‘itib yuborgan oilani qayta tiklab, ota-ona chirog‘ini qayta yoqishga muyassar bo‘ladi, «Qasoskorning oltin boshi» romanida mehnatkash xalq erki, baxt- saodati uchun qo‘lga qurol olib kurashga otlangan Nomoz tinch-osoyishta kunlar kelishini, o‘shanda yer haydab, don ekib, hosil ko‘tarishni orzu qiladi, shu orzu unga tengsiz zavq ato etadi; nihoyat, yozuvchining «Konizar yulduzlari» kitobi ona yerga mehr qo‘ygan dehqon, uning bunyodkor mehnati sha'niga bitilgan o‘ziga xos qasidadir!.. Kindik qoni to‘kilgan ona qishloq bilan mustah- kam aloqa, hamqishloqlariga bo‘lgan mehr yozuvchi uchun katta naf keltirdi. Xudoyberdining talay asarlari personajlari prototiplari – qishloqdagi tanish-bilishlaridir, yuragiga yaqin kishilardir. O‘zi tug‘ilib o‘sgan Katta Òagob va uning tevarak-atro- fidagi qishloqlarga xos jug‘rofiy muhit, so‘lim tabiat, u yerlarning o‘tmishi va bugungi kuniga oid hodisa, voqealar, hamqishloqlariga xos urf- odatlar, xilma-xil udumlar, ota-bobolaridan qolgan rivoyat va afsonalar, qishlog‘idan chiqqan san'atkor, qiziqchi, askiyabozlar gurungi – barchasi Xudoy- berdi asarlariga betakror kolorit – ruh baxsh etadi. Xudoyberdi ijodiga xos xarakterli xususiyat- lar, ijodining bosh yo‘nalishi xususida ko‘p ga- pirilgan, yozilgan. Ko‘pchilik adabiyotshunoslar Xudoyberdini satirik yozuvchi deb hisoblaganlar. Atoqli adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonov «Xudoyberdi Òo‘xtaboyev» ijodida tanqidiy yo‘nalish ustun turadi», degan bo‘lsa, boshqa yirik adabiyotshunos Salohiddin Mamajonov shunday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling