Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
8
qanday sohada bo‘lgani kabi yozuvchi uchun ham
shuhrat – zo‘r sinov, mukofot va maqtovlar tufayli
yozuvchi ba'zan o‘z kuchiga ortiqcha baho berib
yuborishi, o‘ziga nisbatan talabchanlikni, mas'uliyat
hissini susaytirib qo‘yishi, o‘zgalarni mensimay-
digan holga tushib qolishi ham mumkin. Bu endi
yozuvchi uchun zavol. Eng yomoni, atoqli adib
G. Markes aytmoqchi, shuhrat ko‘pincha odamdagi
adolat tuyg‘usini yemiradi, uning shaxsiy hayotda
pok bo‘lishiga tahdid soladi... Baxtimizga, Xudoy-
berdi aslo shuhratga uchmadi – o‘sha talabalik,
muhtojlik yillarida qanday bo‘lsa shundayligicha
qoldi, hamon o‘zimiz bilgan bir oz mashrabona,
dehqontabiat, mehnatsevar, tirishqoq, hamisha
bezovta, beorom, bolalarcha beg‘ubor, sodda-
samimiy o‘sha Xudoyberdi. Kibr-havo, sipogarchilik
uning uchun butunlay yot.
Xudoyberdi tabiatiga xos ba'zi xislatlar xusu-
sida maxsus gapirsa arziydi. Avvalo shuki, Xudoy-
berdi ona zaminga juda yaqin odam, dehqonchilikni,
bog‘dorchilikni, ketmon bilan ter to‘kib ishlashni
jon dilidan yaxshi ko‘radi. Uning uchun dunyoda
ikkita tengsiz mo‘jiza bor: biri – ona tabiat,
ikkinchisi – adabiyot, uningcha, ikkisi ham inson
dahosi, mehnati tufayli yo‘qdan bino qiladi, biri
insonni to‘ydiradi, kiydiradi, ikkinchisi unga
ma'naviy, ruhiy oziq beradi, uning uchun dunyoda
ikkita sevimli va sehrli mashg‘ulot bor: biri –
dehqonchilik, ikkinchisi – yozuvchilik, oddiy
tuproqqa ma'lum maqsad bilan ishlov berasan,
urug‘ qadaysan, urug‘ nish uradi, uni parvarish
qilasan, ko‘z oldingda hash-pash deguncha bo‘y
cho‘zadi, hosil tugadi, pishib yetiladi, hosilidan


Jannati odamlar
9
o‘zinggina emas, o‘zgalar ham bahramand bo‘ladi...
Badiiy ijod jarayoni ham aynan shunday..
Bahor, yoz, kuz oylari erta tongdami, kechqurun
ishdan keyinmi yoki dam olish kunlarimi Xudoy-
berdini hovlisiga qidirib borsangiz, albatta ish
stolida yoki ag‘darma etik, eski chopon kiyib, belini
belbog‘ bilan mahkam bog‘lagan, boshi qiyiq bilan
tang‘ilgan, qo‘lida ketmon tutgan holda hovlisi
tevaragidagi bog‘ yoki ekin orasida uchratasiz. U
o‘zi ekib parvarish qilayotgan ekin-tekinlarni, dov-
daraxtlarni sizga birma-bir ko‘rsatadi, so‘ng bog‘
ichidagi odmigina qo‘lbola stolga tuzalgan dastur-
xonga taklif etadi, meva-chevalar bilan sizni
siylaydi. Bu paytlardagi uning quvonchini ko‘rsan-
giz... Faqat asl dehqonda, tug‘ma bog‘bondagina
shu holatni kuzatish mumkin.
Bu bilan kifoyalanmay, Xudoyberdi pishiqchilik
payti mashinasida yurib uzzukun do‘stlari,
qarindoshlari xonadoniga meva-cheva ulashadi.
Do‘stim har gal kitobi chiqqanida ham dastxat yozib
tanish-bilishlariga tarqatadi. Har ikki holda – o‘zi
yetishtirgan meva-chevalardan, o‘zi yozgan kitobdan
o‘zgalar, avvalo, yaqin kishilari bahramand
bo‘layotganligini ko‘rganida birday quvonadi!
Bir adabiy uchrashuvda Xudoyberdidan «Agar
Siz yozuvchi bo‘lmaganingizda kim bo‘lardingiz?»
– deb so‘rashganida u: «Men albatta dehqon yoki
bog‘bon bo‘lardim, maza qilib yer chopardim, ekin
ekardim, bog‘-rog‘lar barpo etardim», – deb javob
qilgandi. Bu shunchaki ko‘ngil uchun, rasmiyat
uchun emas, chin dildan aytilgan gap!
Xudoyberdi mehnatsiz aslo turolmaydi. U
salomatligi yomonlashgan paytlari shifokorlarning



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling