Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umarali Normatov
Xudoyberdi To‘xtaboyev
18 botirlar siymosiga o‘z bisotidan ko‘chib o‘tgan qat'iyat, matonat, el-yurtga cheksiz mehr-mu- habbat, odam zotiga cheksiz muruvvat tuyg‘ulari keksalikda o‘ziga qaytib, uning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat, shijoat baxsh etayotir. Do‘stim Xudoyberdining Siz, aziz o‘quvchilarga qo‘shimchalar bilan taqdim etayotgan kitobi ham yuqoridagi dil so‘zlarimning yorqin bir dalilidir. Umarali Normatov, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Jannati odamlar 19 ERKACHOLNING O‘RIGI T ug‘ilib o‘sgan qishlog‘imga borib qarindosh- urug‘lar huzurida bir necha kun mehmon bo‘ldim. Tengqurlarim, yoshlar davrasida ishtirok etib, goh qizg‘in suhbatlarga qo‘shildim, goh aytilayotgan fikrlarning «mazasini» shimayotgandek, jimgina o‘tirdim. Yoshlar orasida ko‘proq bo‘ldim desam ham bo‘ladi, ularning beg‘ubor suhbatini yoq- tiraman, ruhiyati, dunyoqarashlari qanday ekan- ligini bilgim keladi. Bir galgi suhbatda yigitcha- lardan biri: «Amaki, o‘rikdan yeng, og‘zingizda erib ketadi. Qoraqandak deyishadi, bu navi Er- kacholning o‘rigidan», deb qoldi. Yuragim hap- qirib ketdi. Shirin-shirin entika boshladim. Suh- batdoshlarimga qayta-qayta tikilaman, yuzu ko‘z- larida yeyayotgan o‘riklaridan olayotgan huzurdan o‘zga ifodani sezmayman. Erkacholning kimligini ham, u kishi menga bobo bo‘lishini ham bilish- maydi, deb o‘ylayman. Bilmasliklari ham mumkin, axir u jannati zotning olamdan o‘tganiga necha- necha yillar bo‘ldi-ku... Otam olamdan o‘tgach, yigirma yoshda beva qolgan onam ikki-uch yildan so‘ng turmushga chiqib, mening tarbiyam bobomning ixtiyorida qolgan edi. Yoshi yetmishlarga borib qolgan, novcha bo‘yli, tik qomatli, tarashadek qotma, cho‘- ziq yuzli, serzarda va eng muhimi, tinib-tinchimas |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling