Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
14
yozgan: «U turmushdagi va odamlardagi illatning
tomirini qirqish uchun kurashni hayoti – ijodining
bosh yo‘li deb tushunadi».
Òanqidiy yo‘nalish, illatlarni fosh etish
Xudoyberdi ijodining bosh yo‘nalishi degan gap
bir oz munozarali, aniqrog‘i, izohga muhtoj. Bu
gap ko‘proq yozuvchi ijodining ilk davriga tegish-
li. Xudoyberdi dastlab hayotdagi illatlarni fosh
etuvchi feletonlar, hajviy hikoyalar yozdi, ammo
o‘sha paytdayoq uning dilida hayotning nurli
tomonlariga mayl, ularni ardoqlashga ishtiyoq
kuchli edi, shuning uchun bo‘lsa kerak, uning hajviy
hikoyalari, hattoki ayrim feletonlari quvnoq,
hayotbaxsh yumor bilan yo‘g‘rilgan, «Jonginam,
shartingni ayt!», «Sariq devni minib», hattoki
«Sariq devning o‘limi» asarlarida zaharxanda
qahqaha bilan ardoqli tabassum hamisha yondosh
holda keladi va asarlariga o‘ziga xos joziba baxsh
etadi, tabiatida ayrim ziddiyatlar, ojizliklar,
tanqidbop qusurlar bo‘lishiga, qaramay, Usmonjon,
Yayraxon va Hoshimjonlarni biz salbiy satirik
qahramon deya olmaymiz, balki ular ayni shu
ojizliklari, kam-ko‘stlari bilan ham bizga yoqib
qoladi. Shunisi qiziqki, satirik ruh ancha kuchli
bo‘lgan «Sariq devning o‘limi» romanida shum-
tabiat Hoshimjon chin ma'nodagi faol ijobiy
qahramonga aylanadi, yozuvchi xuddi shu romanida
xalq milisiyasining fidoyi arbobi obrazini yaratishga
muvaffaq bo‘ladi. Adibning keyingi romani «Besh
bolali yigitcha»da tanqidiy yo‘nalish aytarli yo‘q,
«Konizar yulduzlari» turkumi, «Qasoskorning oltin
boshi», «Yillar va yo‘llar» romanlari esa butunasi
qahramonlik yo‘nalishidagi asarlardir. Òo‘g‘ri, bu


Jannati odamlar
15
asarlar bag‘rida ham ayrim hajviy lavhalar, satirik
personajlar mavjud, biroq ularda ijobiy kuchlar
faoliyati yetakchilik qiladi.
Shunisi, xarakterliki, yozuvchi ijobiy hodisalar,
ijobiy qahramonlarning talqinida hayotbaxsh,
quvnoq yumordan unumli foydalanadi, hayotda
tug‘ilgan yangiliklar tasdig‘ida ham, qahramonlar
mislsiz jasorati ifodasida ham, personajlar hayo-
tidagi eng qaltis dramatik damlarda ham – hamma
hollarda quvnoq tabassum yondosh kelaveradi. Bu
– bebaho xislat. Havas qilsa arzigulik fazilat.
«Xudoyberdi Òo‘xtaboyevning ijodidagi bir
xususiyatga juda havas qilaman, – deb yozgan edi
yozuvchi O‘tkir Hoshimov. – Uning kitoblarini
o‘qiganda kishi ba'zan yig‘lab turib kuladi, ba'zan
kulib turib yig‘laydi. Ishoning, bunga erishish juda
qiyin. Òo‘g‘ri, hayotning o‘zida ko‘z yoshi bilan
tabassum ko‘pincha yonma-yon yuradi. Biroq mana
shu holatni kitobxonga singdirish uchun katta
mahorat kerak».
Xudoyberdi chin ma'noda bolalar yozuvchisi.
Xudoyberdining bolalar yozuvchisi ekanligi faqat
uning bolalar, o‘smirlar hayotidan asarlar yozgan-
ligidami? Darhaqiqat, Xudoyberdi bir qator hikoya-
larida, «Sariq devni minib», «Besh bolali yigitcha»
asarlarida kichkintoy va o‘smirlarning jozibador,
esda qoladigan obrazlarini yaratgan, ularning o‘ziga
xos, rangin dunyosini chuqur ochib bergan. Ammo
Xudoyberdi kattalar hayoti haqida ham ko‘p yozgan,
aniqrog‘i, kattalar hayotiga bag‘ishlangan asarlari
ko‘pchilikni tashkil etadi, feletonlari, ocherklari,
«Jonginam, shartingni ayt» qissasi, «Konizar
yulduzlari» kitobi, «Qasoskorning oltin boshi»,



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling