Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 7
Xudoyberdi To‘xtaboyev
6 odamgina yaxshi biladi, his etadi. Qishloqdagi o‘qituvchi uchun murakkab mehnat sharoiti Xudoyberdini dovdiratib qo‘ymadi, balki oz fursat ichida o‘zi xizmat qilgan jamoa orasida mohir pedagog, jamoatchi, targ‘ibotchi sifatida obro‘ qozondi, bu yerda oila qurib ro‘zg‘or tebratish g‘ami ham boshiga tushdi, ayni paytda, shularning hammasidan ortib ijod mashqini muntazam davom ettirdi, matbuotda birin-ketin uning hikoya, ocherk, feletonlari bosilib turdi. Badiiy iste'dodning to‘la ro‘yobga chiqishi uchun hayotiy tajriba bilan bir qatorda ma'lum adabiy muhit ham suv ila havodek zarur ekani ma'lum. Adabiy muhit tashnaligida yurgan Xudoyberdiga birdan omad kulib boqdi, uni respublika poytaxtiga tahririyatga ishga taklif etishdi. U zo‘r quvonch bilan Òosh- kentga otlandi, endi u o‘z ishidan mamnun, ajoyib tajribali jurnalist, ijodkorlar, mehribon murabbiylar davrasida. Ammo u paytlar, ya'ni o‘tgan asrning 50- yillarida shaharda uy-joy muammosi nihoyat tang edi, Xudoyberdining ijaraga uy qidirib sarson- sargardon yurganini, deyarli har oyda yashash manzili o‘zgarib, ikki yil ichida o‘n uch joyga ko‘chganligini eslasam, ham xo‘rligim keladi, ham kulgim qistaydi. Bu orada og‘ir dardga chalinib cho‘p-ustixonga aylanib oyoqda arang turadigan holga kelib qolganligini eslasam beixtiyor ko‘zdan yosh chiqadi. Biroq shunisi hayratlanarliki, Xudoyberdi xuddi shu sargardonlik, xastalik yillarida chinakam yozuvchi – hajvchi hikoyanavis, mohir jurnalist – ocherkist va feletonchi bo‘lib tanildi, uning «Sir ochildi», «Sehrli qalpoqcha» Jannati odamlar 7 kabi qissalari o‘sha kezlarda bitildi. U ko‘ch ko‘tarib yurganida ham, og‘ir dard azobida bag‘rini yostiqqa bosib yotganida ham biror kun qo‘lidan qalam tushgan emas. Men do‘stimdagi tengsiz ijodiy ishtiyoq, matonat va mehrga o‘shanda tan bergan- man, badiiy ijod alohida sharoit tanlamasligiga o‘shanda iqror bo‘lganman. U kunlar orqada qolib ketdi. Bolaligidanoq mehnatga, mustaqillikka, mashaqqatlarni yengish- ga odatlangan Xudoyberdi tez orada hayotini tiklab oldi, hovli-joyli bo‘ldi, mana, bugun biri biridan shirin el-yurt xizmatida yurgan farzandlar otasi, qizlarini uzatib, o‘g‘illarini uylantirib uyli-joyli qildi, o‘nlab nabiralaru evaralarga bobo... U mohir tashkilotchi sifatida ham tanildi, ancha vaqt «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir lavozimida ishladi, bir necha yillar davomida «Gulxan» jurnaliga muharrir, so‘ng «Sharq yulduzi»da muhar- rir o‘rinbosari, «Yosh kuch»ga bosh muharrir bo‘ldi. Bu orada u bolalar yozuvchisi sifatida katta dovrug‘ qozondi – «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi» romanlari keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ldi. Qator asarlari jahonning 30 dan ortiq mamlakatlari tillariga tarjima etildi, chet ellarda chiqdi, ular haqida ko‘p iliq gaplar aytildi, asarlari bir talay mukofotlarga sazovor bo‘ldi... Asarlari allaqachon maktab adabiyot darsliklaridan o‘rin o‘lgan. Shu tariqa Xudoyberdi o‘zbek bolalar nasrining darg‘asi, aniqrog‘i, milliy sarguzasht adabiyotimizning sardoriga aylandi. Bu yillarda Xudoyberdi yana bir qaltis sinovdan – shuhrat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ha, har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling