Jigar sirrozi


-bosqich kasallikning dekompensatsiya fazasi


Download 124.78 Kb.
bet7/11
Sana17.06.2023
Hajmi124.78 Kb.
#1554224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEPOTITLAR, JIGAR SERIOZI

3-bosqich kasallikning dekompensatsiya fazasi.
3-bosqichda normal ishlayotgan gepatositlar soni o’ta kamayadi. Bu esa jigar yetishmovchiligining rivojlanishiga va kasallik belgilari ortishiga olib keladi. Teri sariq tusda, qorinda og’riqlar odamni ko’proq qiynaydi. Tez-tez bu bosqichda astit (qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi) rivojlanadi.
Labatoriya analizida albuminlar darajasi va protrombik indeks juda ham pasayib ketadi.
Ushbu bosqichda davolanish kam samara beradi, lekin oz bo’lsada dori-vositalari xastalikni yengishi ehtimoli yo’q emas. Bemor shifokor nazorati ostida stansionarda bo’lishi kerak.
Ushbu bosqichda sirroz asoratlari katta xavf tug’diradi. Eng yomon asoratlarga – jigar komasi, jigar saratoni , ichki qon ketish, peritonit va pnevmoniya kiradi.
4-bosqich kasallikning oxirgi fazasi
Xastalikning yakuniy bosqichida a’zo shunchalik qattiq shikastlanganki endi, u o’z vazifasini bajara olmaydi. Judayam kuchli og’riq kuzatiladi, bemorga kuchli og’riq qoldiruvchi vositalar tayinlanadi.
Ushbu bosqichda xastalikning rivojlanishini to’xtatishning imkoniyati yo’q. Prognoz, odatda, salbiy. Yangi jigar ko’chirib o’tkazilmasa odam kasallikning og’ir asoratlaridan nobud bo’ladi. 
Sirroz bilan qancha yashash mumkin?
Vaqtida boshlangan yetarli darajadagi davolash bilan patologik jarayonning rivojlanishini to’xtatish mumkin. Yo’ldosh kasalliklarning mavjudligi, asoratlar, bemorning turmush tarzi, sirrozning kasalligining bosqichi ham muhim yashab qolish ko’rsatkichida muhim rol o’ynaydi.
Agar gepatotsitlarning (jigar hujayralarining) katta qismi o’z faoliyatini saqlab qolgan bo’lsa. Undan tashqari bemor turmush tarzini qayta ko’rib chiqib zararli odatlaridan voz kechsa va shifokor tomonidan belgilab qo’yilgan terapevtik sxemaga rioya qilsa, bemorning umr ko’rish ko’rsatkichi 7 yil va undan ko’p. Bunday qulay prognoz faqat kasallikning kompensatsiyalangan formasiga nisbatan amal qiladi.
Subkompensatsiya formasida o’rtacha umr ko’rish muddati taxminan 5 yilni tashkil etadi. Buning sababi, gepatotsitlar asta-sekin kamayib borishi va oxiri ularning miqdori a’zoning normal ishlashi uchun yetarli bo’lmay qoladi.
Dekompensatsiya bosqichidagi bemorlarning 40% dan ko’prog’i uch yil yashaydi.
Bundan tashqari, ayrim kriteriylarga ko’ra, xastalikda yashab qolish muddat prognozini hisoblash uchun maxsus ishlab chiqilgan tizimlar mavjud. Bular orasida «Chayld-Pyu» prognostik tizimi, Koxning proporsional xavf modellari va boshqalar mavjud. Ularning hammasi kasallikning kechishi va oqibatlari haqida nisbatan yuqori aniqlikda taxmin qilishga imkon beradi.

Download 124.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling