Jigar sirrozi


Jigar sirrozini davolash mumkinmi?


Download 124.78 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi124.78 Kb.
#1554224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEPOTITLAR, JIGAR SERIOZI

Jigar sirrozini davolash mumkinmi?
Bemorlarning ko’pchiligi, shifokorning dahshatli tashxisini eshitgandan so’ng, kasallikdan butunlay qutulish mumkinmi degan savolni beradi. Zamonaviy tibbiyotda afsuski bunday imkoniyatga hozircha ega emas. To’liq tuzalib ketishning birdan bir imkoni yangi donor jigarni ko’chirib o’tkazishdir. Ammo, jigar transplantatsiyasi har bir bemorga ham to’g’ri kelavermaydi, undan tashqari juda ham murakkab operatsiya.
Shunga qaramay, umidsizlikka tushish kerak emas, chunki agar jigar sirrozi dastlabki bosqichlarda aniqlangan bo’lsa, uni rivojlanishini to’xtatib qo’yishni iloji bor. Xastalik kechikkan bosqichlarda aniqlangan bo’lsa, shifokorlar kasallikning rivojlanishini biroz sekinlashtirishga va og’ir asoratlarning boshlanishini mumkin qadar ortga surishga qodirlar.
Jigar sirrozi davosi
Davolanishga keladigan bo’lsak, u har bir bemor uchun, har bir vaziyatda qat’iy individual ravishda belgilanadi. Sirrozning kompensatsiyalangan bosqichidagi bemorlarda xastalik sababi aniqlandi va uni bartaraf etishga qarshi choralar ko’riladi. Masalan gepatitga qarshi dorilar tayinlanadi yoki alkogolizmdan qutulishiga yordam beriladi.
Bemor aniq bir parhezga rioya qilishi zarur, diyeta tarkibida yetarli darajada oqsil va uglevodlar bo’lishi shart. Alkogol va zararli mahsulotlar butunlay iste’mol qilmaslik kerak. Barcha dori vositalari faqat shifokor tavsiyasi bilan qo’llaniladi.
Odatda, bemorga fizioterapevtik vositalar, jismoniy mashqlar, issiqlik yordamida davolanish tavsiya etilmaydi. Hech bir xalq tibbiyoti vositalaridan davolovchi mutaxassis maslahatisiz foydalanish kerak emas.
Agar bemor dekompensatsiya bosqichida yordam so’rab murojaat qilsa, jiddiy asoratlar paydo bo’lish ehtimoli yuqoriligi sabab u shifoxonada davolanadi. Ushbu davrda shifokorning asosiy maqsadi kasallikning rivojlanishining sekinlashtirishga qaratilgan. Buning uchun bemorning ahvoliga va sirroz shakli va bosqichiga qarab alohida sxema bo’yicha tanlab olingan dorilar ishlatiladi.
Mutaxassis tomonidan gepatoprotektorlar, ursodeoksikolik kislota, nitratlar va b-adrenoblokerlarni tayinlanish mumkin.

Download 124.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling