O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Innstituti
Download 11.82 Kb.
|
meda ichak tizimi motorikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja Me`da- ichak tizimiga ta`sir etuvchi dori vositalari
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Innstituti ______________________________Kafedrasi ________________________________fani Mustaqil ish Mavzu: Me’da ichak tizimi motorikasiga ta’sir etuvchi dori vositalar. Gepatoprotektorlar. Bajardi: ______________________ Tekshirdi______________________ RejaMe`da- ichak tizimiga ta`sir etuvchi dori vositalariMe’da motorikasiga ta’sir etuvchi vositalarGepatoprotektorlarMe`da- ichak tizimiga ta`sir etuvchi dori vositalari
Ovqat xazm qilish jarayoniga ta’sir qiladigan vositalar farmakologiyasi ustida to‘xtashdan oldin ovqat xazm qilish protsessida ishtirok etadigan ovqat xazm qilish organlarining asosiy funksiyalariga qisqacha to‘xtab o‘tish kerak. Ovqat xazm qilish organlar ist’emol qilingan ovqatlarni qonga so‘rilish darajasigacha parchalab, ularni qonga so‘rilishini amalga oshiradi, moddalar almashinuvida ishtirok etib suv,tuzlar, vitaminlar, dori-darmonlar va ularning unimlarini oshqozon va ichak devoridan so‘rilishiga yordam beradi. Demak, ovqatlarni maydalash, yutish, ularni xazm yo’llaridagi xarakati ularning almashinuvi uchun zarur bo‘lgan fermentlarni ishlab chiqarish va ularni so‘rilishi ovqat xazm qilish organlari orqali amalga oshiriladi. Ovqat xazm qilish jarayoniga ta’sir qiladigan vositalar Shuningdek bu organlar keraksiz narsalarni organizmdan chiqarib yuborishda va organizmni ichki sharoitini turli xil BAM-lar (gistamin, serotokan, glyukogon, prostoglandinlar) bilan mu’tadillashtirishda xam ishtirok etadi. Qayd etib o‘tilgan ovqat xazm qilish organlarining funksiyalari navbatma navbat shartli va shartsiz reflekslar, neyro-gumoral sistemalar, simpatik va parasimpatik nerv sistemalari xamda MNS orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun xam bu sistemaga ta’sir etuvchi dorilar turli xil mexanizmga ega bo‘lib, oshqozon ichak sistemasining turli kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Ovqatlarning xazm bo‘lishi me’da-ichak yo’llarida bosqichma-bosqich davom etadi. Xar bosqichda turli fermentlar ta’sirida eyilgan ovqatlar ma’lum darajadagi ishlovlardan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘tadi va x.k. Shu bilan birga xazm tizimi kuchli kampensator imkoniyatga ega tizimdir. Bu sistema me’dani 2/3 qismini, xattoki xammasini xam olib tashlanganda yoki ichaklarning ko‘pchilik qismini olganda xam o‘z faoliyatlarini yuzaga chiqaraveradi. Xazm tizimida ovqatlarni xazm qilinishida gipofiz, o‘t, qalqonsimon, buyrak usti, oshqozon osti xamda jinsiy bezlarning gormonlari aloxida axamiyatga egadir. Nihoyat, bu protsessda gastrointestinal gormonlar (gastrin, sekretin, xolitsistokinin-pankreozimin) xamda biologik aktiv polipeptidlar (gistamin, serotonin, prostoglandinlar) katta rol o‘ynaydi. Ta’sir etish mexanizmi bo‘yicha, ovqat xazm qilish jarayoniga ta’sir qiladigan dorilar quyidagi gruppalarga bo‘linadi: 1. Ishtaxaga ta’sir etuvchi dorilar. 2. So‘lak bezining funksiyasiga ta’sir etuvchi dorilar. 3. Qustiruvchi va qusishga qarshi ta’sir etuvchi dorilar. 4. Xazm bezlarining faoliyati buzilganda ta’sir etuvchi dorilar. 5. Me’da qisqarishi va xarakatiga ta’sir etuvchi dorilar. 6. O‘t xaydovchi va o‘t xosil qiluvchi dorilar. 7. Gepatoprotektorlar 8. Ichak qisqarishi va xarakatiga ta’sir etuvchi dorilar. Download 11.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling