Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Jismoniy madaniyatningmaqsadi va vazifalari


Download 2.72 Mb.
bet34/127
Sana18.10.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1708479
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
Bog'liq
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Jismoniy madaniyatningmaqsadi va vazifalari.

Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolarini jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, uslublar va sharoitlarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning yig‘indisidir.
Jismoniy madaniyatning vazifalari quyidagilardir:

  • Faoliyatni oqilona me’yoriy mustahkamlash;

  • Madaniy axborotni jamlash, aks ettirish va uni avloddan avlodga etkazish;

  • Shaxslar aro kommunikativ munosabat o‘rnatish, aloqa qilishga ko‘maklashish;

  • Insonning biologik, sog‘lomlashtiruvchi ehtiyojini qondirish, uning jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat a’zosi sifatida Vatan oldidagi majburiyatini bajarish uchun, kundalik hayot uchun zarur layoqat darajasini ta’minlash.



Jismoniy madaniyat bazasi
Jismoniy madaniyat bazasi maxsus ma’lumot va jismoniy tayyorgarlikni ta’minlaydi.
Bazali jismoniy madaniyat turlarini shartli ravishda “Maktabgacha va maktab jismoniy tarbiyasi” deb atash mumkin. Bu bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek, jismoniy tarbiyaning o‘quv fani sifatida maktab yoshidagi bolalar uchun umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida hamda boshqa o‘quv-tarbiya muassasalarida majburiyekanligi belgilab qo‘yilgan. Umumiy jismoniy bilimlarning yetkazilishiga, jismoniy sifatlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga, mustahkam salomatlikni kafolatlashga qaratilgan, shu bilan birga, har birimizga zarur bo‘lgan jismoniy layoqatlilikni kafolatlaydi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya shu jihatdan qaraganda bazali jismoniy tarbiyaning fundamental qismidir.
Bazali jismoniy tarbiya maktabgacha va maktabdagi jismoniy tarbiya shakllari bilan chegaralanmaydi. U jismoniy tayyorgarlik darajasini maktabdan ko‘ra yuqori ta’minlaydi, shuningdek, kelajakdagi jismoniy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi.


  1. Download 2.72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling