Jumaqul Amonov 1905-1973


Jon bolam nega sen qaytib kelmaysan


Download 304.5 Kb.
bet18/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Jon bolam nega sen qaytib kelmaysan.


Kel axir o’zgardi zaminu zamon.
Ko’zimdan yosh oqib ayladi tamom.
Sog’inib yashayman o’zingni hamon,
Sado ber jon o’g’lim gar bo’lsang amon,
Nahot tuzmaysan.
Sog’indik jon o’g’lim nega qaytmaysan.


Agar jon kerak bo’lsa beray jonimni,
Sendan ayamayman xonu monimni,
Men ham qarib qoldim so’ra holimni,
Shirin bolam eshit ohu-vohimni,
Otang o’ldi bolam nahot bilmaysan,
Ketmasimdan o’g’lim nega kelmaysan.
Qorjovov Aziz 1967-2009
Muzrabot tumani Pariqishloq mavzesida tug’ilgan bu insonga hamma Azizjon deb murojaat qilar edi. Chunki odamlarni yumushi bilan yelib yuguradigan barcha to’yu ma’rakada vaqt topib ishtirok etadigan bu inson butun umri davomida yaxshi xayru amallar bilan yashadi. O’rta maktabni tamomlab Dushanbe pedagogika institutida tahsil olgan Azizjon Termiz shaxriga kelib tadbirkorlik ishlari bilan shug’ullandi. Har bir ishni o’z vaqtida bajarish o’z vaqtida hisobot berish xullas barcha ishga ulguradigan mehnatdo’st, oilaparvar insonlardan biri bo’lgan. Rafiqasi: Qorjovova Xursheda. Farzandlari: Manija, Munisa, Parviz, Amirbek, Yaxshilik sari intilgan hamqishlog’imiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.


Qorjovov Laziz 1970-2002


Muzrabot tumanini Pariqishlog’ida ziyoli oilada tug’ilgan. Otasi Qorjovov Said jismoniy tarbiya o’qituvchisi bo’lgan. Onasi Islomova O’g’uloy ona tili adabiyoti o’qituvchisi edi. Lazizjon o’rta maktabni tamomlab Savetobod texnikumida tahsil olgan. Barcha ishlarni uddasidan chiqadigan Lazizjon o’sha qishloqda texnika sohasi bo’yicha ish yuritgan. O’zini xush muomalasi mehrubonligi ishchanligi bois tezda ko’zga ko’ringan. Har bir ishni o’z vaqtida bajarishga harakat qilgan. Rafiqasi: Safarova Sayyora. Farzandlari: Behro’z, Baxodir. Hayotni erta tark etgan hamqishlog’imiz yodi farzandlari va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.

Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling