Kelishilgan


Download 496 Kb.
bet11/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

3. Oilaviy marosimlar. O'zbek farzandi uchun oila oldidagi mas'uliyati, mahalla qarshisidagi burchi muqaddasdir. Bu tushunchalar rivoj topib, Vatanga muhabbat tuyg'usi bilan uyg'unlashadi. Shuning uchun qadim zamonlardan buyon shakllanib kelgan oilaga munosabat o'zbeklarda mazmunan teranligi bilan ajralib turadi. Ota-ona, aka-uka, opa-singil, tog'a­ jiyan, amaki va amakivachcha tushunchalari hamisha o'zbek uchun e'tiborli bo'lgan. Hatto o'zbekning otasi olamdan ko'z yumsa, u otasining do'stlarini e'zozlagan. Binobarin, oilaviy marosimlarga bizning alohida e'tibor bilan qarashimiz tabiiydir. Oilaviy marosimlarimiz shu qadar boy va rang-barangki, uning har bir a'zosi balog'atga yetguniga qadar marosimlar ta'sirida hir-biriga bog'liq va mas'ul bo'lib qoladi. Oilaviy marosirnlar to'ylardan, aza-ma'rakalardan va so'zning mo'jizali quvvatiga asoslangan odatlardan tashkil topadi. O'zbekda beshik, xatna (sunnat) va nikoh to'ylari o'tkaziladi. Beshik to'ylarida yangi tug'ilgan go'dakni turli ins-jinslardan muhofaza qilish, ko'rinmas yovuzliklarni aldash va shu yo'l bilan chaqaloqni ulardan asrash, farzandning dunyoga kelganiga shukronalar bildirish maqsadi amalga oshiriladi. Yurtimiz viloyatlarida­gi beshik to'yi ularning o'tkazilishidagi farqlardan qat'i nazar, mohiyat jihatidan umumiylikka ega. Xususan, to'yning go'dak chillasi chiqqanidan keyin boshlanishi, beshikni go'dakning onasi tomon olib kelishi, beshikni turli bezaklar bilan yasatilishi ko'p viloyatlarda bir xil saqlangan. O'rtada turli tomoshalar uyushtiriladi. Bolani beshikka yotqizishdan oldin uni odatdagidan boshqacha, turli holat­da yotqizishadi va shu tarzda yotishining ma'quI ekani atrof xotinlardan so'raladi. Ayollar bir ovozdan «Yo'q, Yo'q!» deb javob qaytaradilar. Oxiri chaqaloq beshikda qanday yotishi lozim bo'lsa, shunday yotqiziladi va bu udum nihoyasiga yetadi. Go'dak quyidagi qo'shiq jo'rligida belanadi:
- Qoch-qoch, babasi
Keldi eshikning egasi,
Ota-onang gapirishsa,
Qichqirishsa yana qo 'rqma!
Beshik to'yida ham juda qadimgi dunyoqarash belgilari saqlanib qolgan. Jumladan, yosh go'dakning sog' qolishini ta'minlash uchun shartli yovuz kuchlarni aldash usulidan foydalanishlar f1krimiz dalilidir.
Xatna to'ylari asosan yurtimizda islom dinining shaklla­nishi bilan bog'liq. Uni o'tkazishda bolaning ota-onasi tomonidan hamma qatnashadi. To'y bir necha qismdan iborat bo'ladi. Xususan, mahalladagi qariyalar ishtirokida xudoyi qilish, bola xatna bo'ladigan xonani jihozlash, qarindosh-urug'lar uchun bazm tashkil etish va ko'pincha yurtga osh berish kabilar shular jurnlasidandir.
Nikoh to'ylari turli vaziyatlarda o'ziga xos an'analar bilan o'tkaziladi. Toshkent, Farg'ona, Buxoro va boshqa viloyatlaming o'z odatlari va rasm-rusurnlari bor. Ammo hamma hududlarda sovchi, fotiha to'yi, yor-yor aytish, kelin salomlar kabi an'analar saqlangan. Kelinning ku­yovnikiga kelishi, to'y kechalarini o'tkazish odatlarida bir qator farqlar bor. Xullas, to'ylar insonning hayotidagi muhim o'zgarishlar bilan bog'liq. Ularni turli o'yin-kulgi­lar, shodiyonalar, bazmlar birlashtirib turadi. Inson to'y bilan tug'iladi va aza marosimi bilan hayotdan ko'z yuma­di. Shuning uchun xalqimizda odamning qo'shiq bilan ha­yotga kelishi, qo'shiq bilan hayotdan ketishi qayta-qayta ta'kidlanadi.
Motam marosimi ham juda qadim tarixga ega. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit lurk»_ asarida saqlanib qol­gan Alp Er to’nga (Artunga) haqidagi marsiya fikrimizga dalildir. Motam marosimida juda ko'p kichik-kichik yig'inlar o'tkaziladi. Uch, yetti, yigirma, qirq kunlildar, qor yog'di, gul, shir oshi, qovoq kabi movliyatlar shular jum­lasidandir. Avvalo hayotdan ko'z yumgan kishining ijobiy xislatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib yig'i beriladi:


Baland tog'lar past bo 'Idimi, voy otam?
O'lganingiz rost bo'ldimi, voy otam?
Shamol kelmay o'chdi chirog'im, voy otam,
Kuz kelmay xazon bo'ldi bog'im, voy otam.
Shu tarzda ota, ona, bola, umuman jigar nomlari tilga olinadi. Bunday qo'shiq turlari marsiya deyiladi. Marsiyalarda yig'i aytuvchi shaxs boshiga tushgan kul­fat, yaqin kishidan judo bo'lish qismati, ota ruhiy kechinmalar ta'sirida o'z ifodasini topadi. Ayrim hudud­larda, ba'zan esa oilalarda marsiyalarni alohida ta'sir­chan va mahorat bilan kuylaydigan ayollar aytadilar. Ular motam marosimlarining markazida harakat qiluvchi bosh shaxslarga aylanadilar. Xalq orasida ko'pincha marsiyani «aytib yig'lash» deb ham atashadi. Odatda, motam marosimi hayotdan ko'z yumgan shaxs vafotiga yillik ma'rakalar o'tkazish bilan yakunlanadi.
4. Xullas, o'zbek xalqi mavsumiy va oilaviy marosimlarni ko'plab o'tkazgan. Xalq qadriyatlariga munosabat yomon­lashgan zamonlar ta'sirida bu marosimlarning ko'pchiligi yo'qolib ketdi. Mustaqillik sharofati bilan ularni qaytadan tiklashga alohida e'tibor berilmoqda.
Xalq marosimlari shakl va mazmunidan qat'i nazar bugungi kunni o'tmish bilan bog'lab turuvchi ma'naviy zanjir hisoblanadi. Marosimlarning mo'jizali ta'siriga ishonish ham xalq vakinarining halolligi, tabiatan pokizali­gi bilan uzviy bog'liqdir. Marosim folklori xalq qadriyatla­rining go'zal namunalari sifatida milliy dunyoqarash va matkurani shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.



Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling