Kelishilgan
Download 496 Kb.
|
XIO Majmua
Yovgarchilik bo'ldi endi, yoronlar,
G'ayrat qiling turkman1 elning xotini... Qovoqlami uyinglar, Qiz-xotinni jiyinglar, Po 'pakni yig'ib tashlab, Sochni boshga tuyinglar. Xotinlikni qo 'yinglar, Sarboz anjom kiyinglar, G'ayrat qiling ayollar. Dostonda safarga chiqqan Go'ro'g'lining Chambilda yo'qligidan foydalanmoqchi bo'lgan dushmanga qarshi Yunus pari ayollarni safarbar qiladi. Go'ro'g'lining yo'qligini bilintirmaydi. Chambilni dushman qo'liga topshirmaydi. . Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan kuylagan dostonlar faqat mazmunan emas, badiiy jihatdan ham mukammal edi. Baxshi hayratomuz mubolag'alar, chiroyli sifatlashlar, o'xshatishlarni qo'llashda tengi yo'q edi. Jumladan, xalq maqollari uning she'riy misralariga shunday singib ketar ediki, shoir mahoratiga qoyil qolmaslik mumkin bo'lmasdi: Ot boshiga kun tushsa, Suvliq bilan suv ichar. Er boshiga kun tushsa, Etik bilan suv kechar. Po'lkan shoir hayoti va ijodi haqida folklorshunosligimiz otasi Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, Mansur Afzalov, keyinchalik O. Sobirov, M. Saidov kabi olimlar samarali tadqiqot ishlarini olib borganlar. Undan yozib olingan va nashr qilingan terma va dostonlar soni yuzdan ortiqdir. Xullas, Po'lkan ustoz baxshilar qatoridan munosib o'rin egallashga haqli so'z san'atkoridir. U 1941 yilda vafot etdi. Iste'dodli ijodkor shoir - baxshilarimizdan biri Islom shoir Nazar o'g'lidir. Baxshining doston yoki termani alohida to'lqinlanib aytadigan vaqtini «baxshi qaynadi» deyiladi. Bunday paytda unga tashqarida ro'y berayotgan har bir voqea faqat ilhom bag'ishlaydi. Islom shoir katta bir hovuz bo'yida doston aytib ana shunday to'lqinlangan paytlaridan birida mashhur Otaniyoz shoir u haqda shunday degan ekan: «Agar shu hovuzning suvi siyoh bo'lsa, botmon qog'oz bo'lsa, necha odam yozabersa, hovuzning suvi tamom bo'lsa bo'ladiki, lekin Islom shoirning ko'nglidan chiqqan qo'shig'i tugamaydi. Chunki Islom shoir qaynab turgan buloqday qaynab toshadi». Bunday ajoyib maqtovlarga faqat el nazari tushgan, zabardast baxshilar musobaqalarida o'ziga xos aytishuvlarning sovriniga sazovor bo'lgan san'antkorlargina muyassar bo'lishgan. Islom shoir Nazar o'g'li Samarqand viloyati Narpay tumani Galaqassob qishlog'ida dehqonchilik va cho'ponlik bilan shug'ullangan oilada 1874 yilda tug'ilgan. Islom ham yoshligidan cho'ponlik bilan shug'ullandi. Chunki otasi Nazar Rajab o'g'li ayolmand bo'lib, ro'zg'orni tebratishga, sakkiz jondan iborat oilani boqishga qiynalgan edi. Yosh Islomning baxtiga bobosi Rajab shoir yaxshigina baxshi edi. Shuning uchun Islomning suyagi do'mbira sadolari ostida qotdi, desak xato bo'lmas. Baxshi keyinchalik o'zining yoshlik yillarini shunday eslaydi: «Yurganim, ko'rganim dasht, cho'l, boqqanim qo'y-qo'zi, ulfatim jafokash cho'ponlar bo'ldi. Vmrim bino bo'lib yoshligimda, yigitligimda yangi kiyim kiyganimni, qornim to'yib ovqat yeganimni bilmayman». XIX asming oxirlari XX asr boshlari yurtimizda dostonchilik san'ati alohida gullagan bir davr bo'ldi. Samarqand dostonchiligi an'anasi tarkibidagi Qo'rg'on, Bulung'ur, Shahrisabz maktablari vakillari bu davrda fez-fez uchrashib turadilar. O'ziga xos aytishuv musobaqalari an'anaga aylangandi. Shuning uchun ham maxsus maktab darajasiga ko'tari1magan hududlarda yashaydigan baxshilar ko'pincha mashhur maktab vakillaridan baxshilik san'atini o'rganganlar. Islom shoir ham Shahrisabz va Qo'rg'on maktabi ustozlarining doston aytish usullarini o'zlashtirdi. Savodsiz bo'lishiga qaramay kuchli xotira quvvatiga ega bo'lgan Islom ajoyib ovozi borligi uchun fez orada o'nlab doston va termalarni yod olib, 26 yoshida mustaqil baxshi sifatida shuhrat qozondi. Ayni chog'da baxshilikda juda muhim hisoblangan do'mbira kuylarini ham mahorat bilan ijro etdi. Odatda doston boshlashdan avval baxshi tinglovchilarga do'mbira kuyini chalib beradi. Bu kuy tinglovchini doston tinglashga tayyorlaydi. Islom shoir ijro etgan kuy sadolari olim1arning eslashiga qaraganda musiqiyligi, mayinligi, serjiloligi bilan ajralib turgan ekan. Ovozning shirasi bu lazzatga qo'shimcha fayz bo'lib qo'shilgan. Shuning uchun Islom shoir aytgan 28 ta dostonning hammasini hamqishloqlari, qo'shni hududdan kelgan ishqibozlar maroq bilan tinglaganlar. Bunday martabaga erishishda Ernazar baxshi va Qo'rg'on maktabi vakili Ergash shoirning otasi Jumanbulbul, To'xtamish shoir unga ustozlik qilganlar. Mustaqil baxshi bo'lgandan keyin ham u To'xtamish shoir huzuriga borib o'z san'atiga sayqal berish harakatida bo'lgan. Baxshi o'z yurtdoshlarining qalblaridagi fIkr-mulohazalarini topa bilmasa mashhur bo'lmaydi. Tinglovchi hech qachon doston yoki termani shunchaki eshitish uchun doston kechasiga kelmaydi. V hamisha baxshidan dunyodagi voqealar, qo'shni viloyat, tuman, qishloqlardagi yangiliklar haqida ham ma'lumotga chanqoq bo'ladi. Radio, televideniye va matbuotning boshqa turlari rivoj topmagan paytlarda xalq baxshilari ham jumalist, ham diktat, ham boshlovchi sifatida faoliyat ko'rsatganlar. Bir necha ustoz shoir-baxshilar ishtirokidagi suhbatlar o'ziga xos ommaviy axborot vazifasini bajargan. Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil shoir, Po'lkan, Islom shoir kabi iqtidorli baxshilar bu mat_ buot markazining ish yurituvchilari bo'lishgan. Vlar orasida Islom shoirning munosib o'mi bar. Chunki Islom shoir «ZulfIzar bilan Avaz», «Gulixiromon», «Orzigul», «Kuntug'mish», «Xirmondali», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Tohir va Zuhra», «Nigor va Zamon» kabi o'nlab dostonlarini aytish jarayonida yurtdagi yangilik va o'zgarishlarni, ayrim shaxslar haqidagi tanqidiy mulohazalarni ham bayon etardi. Bizga ma'lum bo'ldiki, Ergash Jumanbulbul o'g'li «Ravshan», Fozil Yo'ldosh o'g'li «Alpomish», Po'lkan shoir «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonlarini kuylashda mahorat ko'rsatgan ekanlar. Islom shoir Nazar o'g'lining bunday; go'zal ijro etadigan dostoni sifatida «Orzigul»ni ko'rsatish mumkin. Chunki bu dostonni baxshi boshqacha bir mehr bilan kuylagan. Dostonda jahon adabiyotida asrlar bo'yi o'nlab adiblarning asarlariga an'anaviy mavzu hisoblangan otaning bexabar holda o'z qiziga oshiq bo'lish voqeasi bayon etiladi. Orzigul sovchi yuborgan shoh o'zining otasi ekanini bilgani zahoti boqib olgan otasi Ernazar yordamida Xosxona mamlakatidan bosh olib chiqib ketadi. Qarama-qarshi ruhiy kechinmalar tasviriga boy bu dostonda Islom shoir tinglovchi yodida qoladigan bir qator obrazlar yaratgan. Ayniqsa, Orzigulning Ernazar bog'bon xonadonidan chiqib ketishi lavhasida ichki tuyg'ular ifodasi e'tiborga loyiq: Jasadimda jonim bo'lgandi g'arib, O'lganim yaxshidir chetlarga borib, Ushbu savdolarga jonimni berib, Ketarman yurtimdan, otadan kechib. Yaxshi hilgin,otla-ona, ketarman, O'zga eldan borib, makon tutarman, Qaytib otam bilan birga turarman, Quloq soling Orzigulning zoriga, Turgilik qilmadi ushbu shahriga, Qaytib ota lozim qizning bag'riga?! Bu dostonda inson, ota, farzand, oila, burch kabi falsafiy masalalar oddiy xalq nuqtai nazaridan tahlil etiladi, salbiy xususiyatlar qoralanadi. Islom shoir Nazar o'g'li 1953 yil 79 yoshida vafot etdi. Uning hayoti va ijodi atoqli folklorshunos olimlar Hodi Zarifov, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirovlar tomonidan o'rganilgan. Islom shoirdan yozib olingan, nashr etilgan badiiy asarlar, lining ijodiga bag'ishlab yozilgan kitoblar, maqolalar soni uch yuzdan ko'p. Baxshidan yozib olingan dostonlarni xalqimiz hamon sevib o'qimoqda. Download 496 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling