Kelishilgan


Download 496 Kb.
bet18/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

Qurru-yo qur, hayt-a, to'ramning oti,
Oq to 'shim - yayloving, sochim - shipirtki,
Kuyganimdan gapni gapga ulayin,
To o'lguncha sayising bo'p yurayin,
Egam rahm aylasin qonli yoshima,
Sabab bo'lib qo'shgin dengi-do'shima,
Olmosday tuyog'ing qorday to'shima,
Qurru-yo qur, hayt-a, to'ramning oti!
O'yilmay kuymasin kulbai xonam.
Oh urib yig'laydi mandayin sanam,
Qalmoqda qolmasin guldayin tanam,
O'n ikki oy seni Boybo'ri boqdi,
Gardaningga Qaldirg'och qo'tos taqdi,
Yig'latmagin Barchin gulday bebaxtdi,
Qurru-yo qur, hayt-a, to'ramning oti.
Bu rnurojaat tinglovchilarni hamisha befarq qoldirmas­di. Chunki unda o'zga yurtda begona odamlar orasida umr bo'yi qolib ketishdan cho'chigan go'zal qizning otdan najot kutishi badiiy ifodasini topgan edi.
Fozil shoir 1955-yilda o'z qishlog'ida vafot etdi.
Fozil Yo'ldosh ijodi o'zbek ziyolilari e'tiborini 1922 yil­danoq o'ziga jalb qildi. Dastlab G'ozi Olim Yunusov, ke­yinchalik V. M. Jirmunskiy, Hodi Zarifov, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Muharnrnadnodir Saidov olimlar hozirgi paytda esa To'ra Mirzayev, Bahodir Sarimsoqov, Shomirza Turdimovlar baxshi ijodini tadqiq etishda rnuhim ilmiy kashfiyotlar yaratdilar. Bugungi kunda baxshidan yozib olingan terma va dostonlar, uning ijodi o'rganilgan yirik kitoblar, rnaqolalar soni besh yuzga yetdi.
Xullas, Fozil Yo'ldosh o'g'li o'zbek dostonchiligi san'atida rnashhur dostonchi sifatida shuhrat topgan xalqimizning asl farzandidir.
3. Xalq dostonlarini hayratornuz xotirasida saqlab bizgacha rnadaniy rneros sifatida yetib kelishiga rnunosib hissa qo'shgan ustoz baxshilardan biri Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkandir. Po'lkan dostonchilik tarixida kamdan kam uchraydigan iste'dod egasi edi. U yetmishdan ortiq dostonlarni yod bilgan, o'nlab termalar ijod qilgan noyob baxshi edi. Vatanparvarlik ruhida yaratilgan uning «Temir­xon podsho» dostoni keyinchalik «Charnbil qamali» nomi bilan e'lon qilingan va bir necha yillar davomida o'rta rnak­tablarning adabiyot dasturidan o'rin olgan.
Muharnrnadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan 1874 yilda Sarnarqand viloyatining Xatirchi turnanidagi Qatag'on qishlog'ida tug'ildi.
U ota-onasidan yoshligidayoq yetim qoldi. Turmush qiyinchiliklari Muhammadqulni o'n yoshga to'lganidanoq rnehnat bilan shug'ullanishga rnajbur qildi. Taxminan 1884 yildan boshlab tirikchilik o'tkazish rnaqsadida goh dehqon­chilik, goh podachilik bilan shug'ullandi. Baxshilarning aksariyati podachilik bilan kun o'tkazishar ekan, do'mbira chertishni mashq qilishgan. Keng dala. Asosiy yumush qo'y-echkilarning tarqab ketmaslik1ariga ko'z-quloq bo'lib turishdan iborat. Shu bois kun bo'yi vaqtning o'tishi uchun do'rnbira chertishni mashq qilish ma'qul hisoblangan. Po'lkan ham turmush alamlarini do'mbira chertishdan olgan bo'lsa, ajab emas.
Undagi baxshilik iste'dodini sezgan Qo'rg'on doston­chilik maktabi vakili ustoz san'atkor Jassoq baxshi Muhammadqulni o'ziga shogird qilib oladi. Shundan keyin yosh Muhammadqul hayotida o'zgarish ro'y beradi. Uning oldida hayotdan ko'zda tutgan maqsad paydo bo'ldi. Bu maqsad yosh yigitni kechayu-kunduz mehnat qilishga chorlradi. Jassoq tarbiyasida to'rt yil muttasil doston aytish sir­larini o'rgandi. 25 yoshida baxshilik sinovidan o'tib, mus­taqil baxshi sifatida nom qozona boshladi. Ammo Muham­madqul nihoyatda o'ziga talabchan inson edi. Shuning uchun mustaqil baxshi bo'lishiga qaramay o'z ustozi huzuriga tez-tez borib uning bisotidagi dostonlarning ham­masini o'zlashtirmaguniga qadar tinchimadi. Nihoyat, Jassoq baxshi bilgan hamma asarlarni yod oldi, ba'zan ularga o'zining xohishi bilan ayrim yangiliklar kiritib kuy­lab yurdi. Lekin hayot unga yana bir sinovni tayyorlagan edi. Otasidan meros bo'lib qolgan bir parcha yerdan keladi­gall daromad ro'zg'or tebratishga yetmay turgan bir paytda birinchi jahon urushida qatnashayotgan chor Rossiyasi Turkiston o'lkasidan mardikorlikka olish haqida farmon chiqaradi. Qishlog'idagi Bo'riboy ismli bir kimsa mardikor­likka beriladigan pulni to'laydi va uning o'rniga 40 yoshni qoralagan Muhammadqul front orqasida qora ishlarni bajarish uchun jo'natiladi. Bu safar natijasi sifatida baxshi­ning «Mardikor» dostoni yaratiladi. Unda oq podshoh zul­miga, o'zbek xalqiga hech qanday aloqasi yo'q urush tashvishlariga bo'lgan norozilik o'z ifodasini topgan. Po'lkan nomi esa mardikor yurgan zamonlardan xotira sifatida unga taxallus bo'lib qoladi. Bu so'z «polk» so'zidan olingan edi.
Ammo bari bir baxshining mahorat darajasi u ijro etgan an'anaviy dostonlar mezoni bilan o'1chanadi. «Alpomish», Go'ro'g'li turkumidagi «Go'ro'g'lining tug'ilishi», «Misqol pari», «Gulnor pari», «Yunus pari», «Avazxon», baxshi alo­hida mehr bilan ijro etgan «Yodgor», «Shayboniy», «Qironxon», «Kuntug'mish» kabilar shular jumlasidandir.
Har bir baxshi o'z xalqining yoshlarini tarbiyalovchi asil farzanddir. Po'lkan o'zining ustozidan Qo'rg'on dostonchi­lik maktabiga xos usullarni mukammal o'rgangani uchun butun ijodi davomida yoshlarni ajdodlarimiz qadriyatlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat bilan qaradi. Ayniqsa, «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostoni bu soha­da ibratlidir. Xususan, baxshi yashagan hududda Go'ro'g'­lining kelib ehiqishi tarixini bilishga qiziqadiganlar juda ko'p edi. Dostonda esa Go'ro'g'lining dunyoga kelishi, uning yoshligi haqida hikoya qilinadi. Xalq xaloskori - Go'ro'g'li va G'irot qahramonligini tasvirlash esa o'zbekning ota-­bobolari nechoqlik maId va jasur ekanliklarini ko'rsatish vositasi bo'lgan. Vatanni asrash, e'zozlash baxshi dostonla­fining bosh g'oyasini tashkil etdi. Jumladan, «Chambil qamali» dostonidan quyidagi parcha f1krimiz dalilidir:



Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling