Kelishilgan
-mavzu: O’ZBEK XALQ ERTAKLARI VA ULARNING TURLARI
Download 496 Kb.
|
XIO Majmua
4-mavzu: O’ZBEK XALQ ERTAKLARI VA ULARNING TURLARI
REJASI:
Ertaklar va ularning boshqa xalq og’zaki ijodi janrlaridan farqli xususiyatlari. Ertaklarning turlari: Hayvonlar haqida ertaklar; Sehrli ertaklar: Maishiy ertaklar. 3.Xalq ertaklarida an’anaviylikning namoyon bo’lishi. BAYONI: 1.Biz yoshligimizdan ertaklar mamlakatida sayr qilishni orzulaganmiz. Shoir Hamid Olimjon aytganidek: «Bolalik kunlarimda, UyqusIz tunlarimda, Ko'p ertak eshitgandim So 'ylab berardi buvim. Esimda o'sha damlar, O 'zi uchar gilamlar, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh. O't bog'lagan qanotlar, Beqanot uchgan otlar. Baxtiyor bilan Oygul, Qiz bo 'lib ochilgan gul, So 'ylaguvchi devorlar, Bola bo 'p qolgan chollar. Buvimning har qissasi, Har bir qilgan hissasi, Fikrimni tortar edi, Havasim ortar edi. Haqiqatan,Tohir-Zuhra, Yoriltosh bizni hamlsha o'ziga jalb qilgan, havasimiznio'ziga tortgan. Ota-bobolarimiz ham tuyog'idan gavhar sochgan kiyiklarni ko'rish umidida bo'lganlar. Oxir pirovardida xayoldan o'tkazilgan mo’jiza voqealarni hayotiylashtirish maqsadi g'olib kelib, mif, afsona, rivoyatlar zaminida ertaklar yaratila boshlangan. Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og'zaki ijodida keng tarqalganidek, o'zbeklarda ham ommaviy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Bu janr o'zbek folklorining epik turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro'y bergan ibratli voqea hikoya qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalarga har xil to'qima lavhalar qo'shgan va yangi-yangi ertaklar milliy ma'naviyat xazinasidan o’rin olgan. Bu orzu-havaslar natijasiz bo'lmadi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o'tish, dunyoning turli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo'lish niyatlari jam bo'lib, bugungi kunda raketa, samolyot, avtomobillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning; qolaversa, te1efon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi. Mahmud Koshg'ariy «Devonu lug'otit turk» asarida biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish ma'nosini «etuk» so'zi anglatishini yozadi. Olim bu so'z aslida biror narsani hikoya qilishdan olingani haqida xabar qiladi. O'zbeklar qadimgi paytlardagi voqealarni tafsilotlari bilan aytib berishni «ertak» deb ataganlar. Atamaning qadimiyligini qozoq, qirg'iz, turkman xalqlarida ham bu so'z aynan shu ma'noda qo'llanilishidan bilsa bo'ladi. Ertak yurtimizda shu qadar ko'p va xilma-xiI mavzularda tarqalganki, ayrim hududlarda uni o'zlaricha ataganlar. Xususan, ayrim joylarda «shuk», «ushuk», «matal», «cho'pchak», «cho'rchak» deb ham yuritilgan. 2.Bizning ertaklarimiz mavzusiga, til vositalaridan foydalanish usuliga, voqealar tizimiga ko'ra shartli ravishda uch yirik turlarga bo'linadi: 1. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 2. Sehrli ertaklar. 3. Maishiy ertaklar. Bulardan tashqari ertaklaming bir xil turlari bor bo'lib, ular asosan hajm, mavzu, maqsad jihatidan bolalar folkloriga oid ertaklarni tashkil etadi. Afsona, rivoyatlar matnini ijro etishda alohida tayyorgarlik talab qilinmasligini aytib o'tganmiz. Ertaklarni ijro etishda ham maxsus iste'dodga ega bo'lish u qadar shart emas, ammo xalqimizda ertak aytish an'anasi alohida ertakchilarning ijrolari jozibasi qiziqishni kuchaytirishi bilan ajralib turishini tasdiqlaydi. Qo'qondan Zavonbibi Sarimsoqova, Toshkentdan Sharif Musaev, Xorazmdan Mahfura Sobirova, Andijondan Murodilla Ziyodov, Namangandan Abdullaxo'ja kabi yuzlab mashhur ertakchilarning nomlari ular yashagan hudud atrofida mashhur bo'lgan. Ertakchilar o'z ijrolarini alohida vaziyatlarda amalga oshirganlar. Natijada, ertak aytish an'anasi shakllangan. Ular ertak aytishdan oldin oldilariga tuz, isiriq, taroq, supurgi, suv, non kabi narsalarni qo'yib chiqqanlar. Ijro davomida esa ulardan ko'rgazmali ashyo sifatida foydalanganlar va ertak ta'sir kuchini oshirishga uringanlar. Ertakchilaming kasb- korlari ham ertak mazmuniga aloqador bo'lgan. Masalan, chevar ertakchi aytgan asarlarda chevar; mulla ertakchilar aytgan namunalarda ilmga aloqador qahramonlar ishtirok etgan. Bu bilan ijrochilar o'z kasblarini ham yo'l-yo'lakay targ'ib qilish maqsadini nazarda tutgan bo'lishlari mumkin: Download 496 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling