Kelishilgan


a) Hayvonlar haqidagi ertaklar


Download 496 Kb.
bet22/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

a) Hayvonlar haqidagi ertaklar
Miflar mavzusida totem tushunchasi haqida ma'lumot bergan edik. Uzoq qadimgi zamonlarda ajdodlarimiz tuya, ot, ayiq, bo'ri, ilon, qaldirg'och kabi hayvon va qushlarni o'zlariga homiy deb, bilganlar. Bu hayvon va qushlar avval miflarda, keyin afsona, rivoyatlarda qahramon sifatida ishtirok etganlar. Ertaklar yaratila boshlaganda esa mazkur an'ana bu janrga ham meros bo'lib o'tgan. Shuning uchun hayvonlar haqidagi ertaklarning yaratilish davrini ularda obraz sifatida ishtirok etayotgan hayvon va qushlar nomiga, voqealar tavsifiga va harakat doirasiga qarab belgilash mumkin. Masalan, «Quyosh yerining pahlavoni» ertagida ona ayiq Rustamni parvarish qiladi, uning hayotida alohida o'rin egallaydi: Rustam va otasi yamoqchi cholga qo'lidan kelganicha yaxshiliklar qilib, dushmandan asraydi. O'zbek xalq ertaklari haqida maxsus o'rganish ishlarini olib borgan Mansur Afzalov «non og'a» ertagini alohida ajratib ko'rsatadi. «Ilon-kuyov niqobini olsa, insonga aylanadi. Qiz ilonning niqobini kuydirib yuborsa, u kaptar bo'lib uchib ketadi. non og'aning onasi va xolasi yalmog'iz kampir bo'ladi. Ular ilon og'a bilan qizga ko'p to'sqinlik qiladilar. Lekin non og'a va qiz o'z tadbirlari orqali yalmog'iz kam­ pirni yengib, murod - maqsadlariga yetadilar»1.
Bu misollarda ayiq va ilonning yovvoyi hayvon sifatida­gi belgisi emas, balki, totem tushunchasi ta'siridagi insonga homiylik qilish xususiyati yetakchilik qiladi. Ma'lum bo'ladiki, qadim zamonlarda totem hayvon sifatida e'zoz­lanuvchi jonivorlar ishtirok etgan ertaklar bu janrga mansub qadimiy asarlar sifatida baholanishi mumkin ekan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir turini ularda­gi belgilarni izohlashga atalgan asarlar tashkil etadi. Bundayertaklarning yaratilishi go'yo qarg'aning nima uchun qora ,­ ekanini, kiyikning dumi nega to'mtoq ekaninin yoki nima uchun musichaning ko'kragi chakichlangandek ko'rinishini izohlashga bag'ishlangan asarlarni eslatadi. Ular qatoriga «Kiyik bilan kadi», «Xo'roz bilan tulki» kabi namunalarni kiritish mumkin.
«Kadi kiyikni qo'rqitadi. Kiyik kadidan o'ch olmoqchi bo'ladi va uni dumiga bog'lab cho'ktiradi. Kadi kiyikni suv tagiga tortadi, kiyik-qirg'oqqa. Oxiri kiyikning dumi uzilib, to'mtoq bo'ladi. Kiyik dumi yo'qligini masxara qil­gan barcha kiyiklarning dumini bir-biriga bog'lab, «mergan kelyapti» - deb qochadi. Dumi bog'liq kiyiklar turli tomonga qochadilar va dumlaridan judo bo'ladilar. Shunday qilib, kiyiklarning dumlari to'mtoq bo'lib qolgan». Ertak kiyiklar dumining kaltaligiga javob tariqasida paydo bo'lgan2.
Boshqa xalqlar og'zaki ijodidagi ertaklarda ham turli hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko'rinishi, ularning xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani ma'lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg'iz ertaklarida bunday holat alohida ko'zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz mumkinki, dono xalqimiz bu ertaklarni yosh bolalar tomonidan takror va takror aytiladigan «nima uchun?» savollariga javob tarzda ermak qilib yaratgan.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Ularda bo'rining vahshiyligi, tulkining ayyorligi, otning insonga do'st ekani alohida bo'rttirib ko'rsatiladi. Ertaklardagi bunday xususiyat ko'proq ma'rifiy ahamiyatga ega bo'ladi. Biz bilamizki, yosh bola1ar yovvoyi hayvonlarni faqat rasmlarda, hayvonot bog'larida ko'rganlar. Fikr yuriti­layotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini ken­gaytiradi, aniqroq ma'lumotga ega bo'lish imkonini beradi. «Ikki boyqush». «Ilonning ishi zahar solmoq», «Qarg'a bilan qo'zi» kabi asarlar shular jumlasidandir. Hayvonlar haqidagi ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunda ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush bo'lsa ham, asar mazmuni bevosita insonlar o'rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do'stlikning inson hayotidagi ahamiyati, yaxshilikka hayotda hamisha ham yaxshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkin­ligi aks ettiriladi. «Susambil», «Tulki bilan bo'ri», «Hiylagar bedana» ertaklari shular jumlasidandir. Masalan, birinchi marta tulki go'sht tishlab ketayotgan bo'riga qarata: «bo'rivoy qaerdan kelyapsan» deganda, bo'ri: «Popdan» deb og'zidagi go'shtni tushirib yuboradi. Aynan shu voqea ikkinchi marta takrorlanganda bo'ri: «G'ijduvondan» - deb go'shtni og'zida saqlab qoladi. Kulgili vaziyat bilan yo'g'ril­gan bunday ertaklarning zaminida insonlarning bir-biriga bo'lgan munosabatlari o'z ifodasini topgan. Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan to'qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlaming so'zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko'proq ma'rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar olami bilan tanishtiruvchi ma'rifiy, tarbiyaviy asarlardir .



Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling