Kelishilgan
Download 496 Kb.
|
XIO Majmua
C) Maishiy ertaklar
O'zbek xalq ertaklari qatorida bevosita kundalik hayotda ro'y berayotgan voqealar asos qilib olingan ertaklar ham bor bo'lib, ular maishiy ertaklar atamasi bilan yuritiladi. Bunday ertaklarda amaliy harakatlar, insondagi chegaralangan jismoniy kuch, ilm va hunarga bo'lgan munosabat, shaxsning ma'naviy qiyofasi haqida hikoya qilinadi. Ko'pincha ro'y bergan adolatsizlikning oxir natijada mag'lubiyatga uchrashi, oqil va dono shaxsning baxtga erishuvi, haqoratlangan qizning yorug' yuz bilan hurmatga ega bo'lishi haqidagi voqea-hodisalar maishiy ertaklar mazmunini tashkil etadi. Masalan, «Uch og'a-ini botirlar” ertagidagi Kenja botir saroy g'iybati oqibatida nohaq jazolanadi. Ammo uning sabr, sadoqat bilan qilgan harakatlari o'zining ijobiy natijasini beradi. «Ozodachehra» ertagida Ozodachehra ne-ne malomatlarga qolmadi. Unga yovuz kuch ne-ne tuhmat toshlarini otmadi. Ammo uning chidam bilan adolatsizlikka dosh berishi oxiri yaxshilikka olib keldi. Qizig'i shundaki, maishiy ertaklarda tasvirlangan hodisalar har bir inson hayotida ro'y berishi mumkinligi bilan e'tiborni o'ziga tortadi. Maishiy ertaklarning muhim jihatlaridan biri ularda tarbiyaviy yo'nalishning aniq ifodalanishi bilan ham belgilanadi. Masalan, «Uch og'a-ini botirlar» ertagida mo'ysafid ota o'z o'g'illarini baquvvat qilib o'stiradi, ertak yoshlarda har qanday vaziyatda o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholash va bu imkoniyatdan samarali foydalanish tuyg'usini shakllantiradi. Ota o'z farzandlarini safarga otlantirar ekan, yigit kishining hayotida zarur bo'lgan yana uchta maslahat beradi: «To'g'ri bo'ling, bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang, uyatga qolmaysiz. Dangasa bo'lmang, baxtsiz bo'lmaysiz». Agar ota tarbiyasining va maslahatlarining mohiyatini tahlil qilsak, ularda haqiqiy hayotga tayyor bo'lishi lozim insonning asosiy fazilatlari aks etganiga ishonch hosil qilamiz. Aslini olganda, ertakning to'liq matni uning boshlanishida bayon etilgan nasihat va maslahatlar shartiga bag'ishlangan. Uch og'a-ini botirlar mard, jasur yigit bo'lishi bilan birga ziyrak inson ham edilar. Ularning biron xatti-harakatlarida biz kamchilik topa olmaymiz. Ammo shu bilan birga ular biron harakatni asossiz amalga oshirmaydilar ham. Bu ertakda oddiy xalqning tashvishsiz hayot kechirishga bo'lgan munosabati ham o'z ifodasini topgan. Shuning uchun uch og'a-ini botirlar podshoh saroyidagi halovatli hayotdan oddiy mehnat bilan turmush kechirishni afzal ko'radilar. Maishiy ertaklarga ham umuman ertak janriga mansub bo'lgan sehrli tasvir va mubolag'a begona emas. Masalan, «Uch og'a-ini botirlar» ertagida aka-ukalarning sher, ajdar va qirq qaroqchi bilan olushuvida o'ziga xos g'ayritabiiy tasvir mavjuddir. Ammo bu tasvir «Uch og'a-ini botirlar» ertagining mazmunida alohida, muhim hal etuvchi ahamiyat kasb etmaydi. Agar sehrli ertaklardan afsun, mo’jiza, jodu, sehr belgilari olib tashlansa, bu asarlarning mazmun mohiyatiga katta zarar yetkazilgan bo'ladi. Ularning yaratilishidan nazarda tutilgan sehr amalga oshmay qoladi. Bu amallarni hayotiy, maishiy ertaklarda qo'llasak, agar mazmuniga keskin zarar yetmaydi. Sehrli va hayotiy ertaklar o'rtasidagi farq ham shundadir. Shunday qilib, maishiy. ertaklarda xalq ertaklarining boshqa turlaridan farqli ravishda oddiy hayotda ro 'y berishi mumkin bo'lgan voqealar haqida ibratga loyiq hikoyalar o'rin oladi. Maishiy ertaklarning qahramonlari millatimizning oddiy vakillaridan deyarli farq qilmaydi. Faqat ular o'zbekning ramziy farzandlari sifatida ertak ishtirokchilariga aylanadilar. Hayotiy ertaklar xalq farzandlariga iymon, vijdon, erk, idrok, qanoat, aql-zakovat haqida tarbiyaviy tushunchalar berish bilan ahamiyatlidir. 3.Xalq ertaklarida bir qator umumiy xususiyatlar mavjuddir. Bu xususiyatlar ko'proq ertaklarda badiiy tasvir vositalarining qo'llanilishida ko'zga tashlanadi. Xususan, ertaklar hamisha «bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda...» kabi jumla bilan boshlanadi va «murod maqsadlariga yetibdi» jumlasi bilan yakunlanadi. Ertaklarda tasvirning ta'sirli chiqishi uchun go'zal qizlar yuzi o'n to'rt kunlik oyga o'xshatiladi. Yigitlar esa dunyoda tengi yo'q va jasur botirlarga qiyoslanadi. Bu janrga mansub asarlarda hamisha qilichlar keskir, dasturxonlar ochil, xumlar qaynama xususiyatlarga ega bo'ladilar. Ertaklarimiz o'xshatish, sifatlash va mubolag'alarga boy so'z san'ati namunasidir. Shunday qilib, o'zbek xalq ertaklari so'z san'atining epik janriga mansub bo'lib, shakl jihatidan asosan nasriy ko'rinishga egadir. Bu janr namunalarida xalq hayotining turli masalalari ibratli yechimi bilan o'z ifodasini topadi. O'zbek ertaklari hayvonlar haqida, sehrli maishiy, turlarga bo'linadi va ularning matn mazmunlari, ishtirok etadigan qahramonlari, hikoya qilinayotgan voqealarning bayon usuli, hayotni tasvirlash yo'llari bilan farqlanadi. Ertaklar o'zbek xalq madaniy merosining muhim namunalari hisoblanadi. Download 496 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling