Kelishilgan
Download 496 Kb.
|
XIO Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 5-Mavzu: Lirik qo`shi qlar. Mehnat qo`shi qlari va termalar. Bolalar folklori va ularning tal qinlari, badiiy xususiyatlari REJASI
Tayanch tushunchalar:
Ertak, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, etuk, matal, ushuk. Nazorat savollar va topshiriqlar: 1. Ertaklar xalqimiz og'zaki ijodidagi boshqa janrlaidan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi? 2. Asosiy qahramonlari hayvonlar bo'lgan ertaklar haqida tushuncha bering. 3. Sehrli ertaklar qanday xususiyarlarga ega? Maishiy ertaklarning o'ziga xos belgilarini tushuntiring. O’zbek xalq ertaklarida an’anaviylikning namoyon bo’lishiga misollar keltiring. Adabiyotlar: 1. Imomov K, Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T., «O'qituvchi», 1990. 2. Afzalov M L, O'zbek xalq ertaklari haqida. T., «Fan». 1964. 3. Yusupov J. Xorazm ertagi va hayot haqiqati. T., «Fan».1997. 4. 01tin olma. Hayotiy ertaldar. Birinchi kitob. T., G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1966. 5. Oyjamol. Hayotiy ertaklar. Ikkinchi kitob. T., G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1969; 6. Gulpari. Namangan ertaklari. T., G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1969. 7. Kulsa - gul, yig'lasa - dur. Ertaklar. T., G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983. 5-Mavzu: Lirik qo`shiqlar. Mehnat qo`shiqlari va termalar. Bolalar folklori va ularning talqinlari, badiiy xususiyatlari REJASI: O’zbek xalq qo’shiqlarining shakllanish tarixi haqida. O’zbek xalq qo’shiqlarining tasnifi: A) Mehnat qo’shiqlari. B) Mavsum-marosim qo’shiqlari. C) Lirik(ishqiy) qo’shiqlar. D) Tarixiy qo’shiqlar. 3. O’zbek xalq termalari va ularning janriy xususiyatlari. Termalarning xalq baxshilari tomonidan kuylanishi. 4. Bolalar folklorining o’ziga xos xususiyatlari. BAYONI: Inson kayfiyati hayotdagi vaziyatlar ta'sirida o'zgarib turadi. Ob-havo, ona tabiatdagi fasl o'zgarishiari, oiladagi munosabatlar, do'stlarning totuvligi, hatto, notanish odamning bir og'iz so'zi sizning kayfiyatingizni ko'taradi yoki tushiradi. Xursand bo'lgan paytingizda sho'x qo'shiq aytgingiz, raqsga tushgingiz keladi. Noxush damlarda ko'proq jim turib xayol surishni ma'qul ko'rasiz. Bunday daqiqalarda mungli kuy ham sizga tasalli beradi, og'iringizni bir oz yengil qilganday bo'ladi. Ana shunday holat bizning qalbimizda lirik kechinmalarning paydo bo'lishi uchun zamin tayyorlaydi: qo'shiq yaratishga sabab bo'ladi. Haqiqiy she'r faqat chuqur ehtiroslar, favqulodda ro'y bergan va inson ruhiga ta'sir ko'rsatgan turmush lavhalari orqali yaratiladi. Bu asarlar ichki kechinmalarga boy bo'ladi. Shuning uchun ular she'riy yoki nasriy shaklda yozilishidan qat'iy nazar lirika namunasi deb ataladi. Shunday qilib, atrofda ro'y berayotgan voqea-hodisaga nisbatan ichki histuyg'ular vositasida munosabat bildirilgan asarlar lirika atamasi bilan yuritiladi. Bu so'z aslida, «lira» - yunonistondagi qadimiy musiqa asbob nomidan olingan bo'lib, his-tuyg'u, ichki hayajon bilan bog'liqlik ramzi sifatida tushunilgan. Xalq og'zaki ijodidagi qo'shiqlar ham lirik asarlardir. Chunki ularda insonning ichki his-tuyg'ulari, kechinmalari aks etadi. Qo'shiq Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» (1074) asarida, «qo'shug'» shaklida uchraydi va she'r, qasida (biron kimsa yoki narsaga atalgan she'r) ma'nosini anglatadi. Qadim zamonlarda “shlok”, «takshut», «ir» (yir), «kug» kabi atamalarning ham nazm, she'r, ya'ni ma'lum darajada qo'shiq janriga aloqasi bo'lgan. Qo'shiq haqida ma'lumot berilgan hamma adabiyotlarda uning «qo'shmoq» fe'lidan hosil bo'lgani aytiladi. Qo'shiq atamasining kelib chiqishi qanchayin sodda tuyulmasin, og'zaki ijodimizdagi bu janr juda murakkab ruhiy kechinmalarni ifodalashga xizmat qiladi. Qo'shiqning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Unda inson kechinmalari, quvonch va iztiroblari, qalb so'zlari aks etadi. 2. Qo'shiq shaklan she'riy tarzda bo'ladi. O'zbek xalq qo'shiqlari asosan barmoq vaznida, ba'zan aruzda yaratiladi. 3. Ko'pincha xalq qo'shiqlari to'rt misradan iborat bo'lib, tugal ruhiy holatni ifodalash xususiyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, bir necha bandlardan iborat biron mavzuga bag'ishlangan qo'shiqlar ham bo'lishi mumkin. Ayni choqda 6,8 misrali namunalar ham uchraydi. Ular (a-b-a-b) yoki (a-a, b-b, v-v, g-g); to'rt misralilar esa (a-a-a-b); (a-b-a-b), (a-a-a-a); (a-a-b-b) va boshqacha ko'rinishda qofiyalanadi. 4. Qo'shiqning kuyi bo'ladi va ana shu kuy jo'rligida ijro etiladi. Xalq qo'shiqlari uzoq tarixga ega. Chunonchi turkiy xalqlar og'zaki ijodida, hatto eramizdan avval ham qo'shiq janriga mansub asarlar borligi ma'lum. Nisbatan keyingi namunalar esa Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asaridan ham o'rin olgan. Mahmud Koshg'ariy yozib olgan qo'shiqlar asosan mehnat (ov) qo'shiqlari, qahramonlik, mavsum-marosim va lirik asarlardan iborat. Masalan, Mazmuni: Yigitlarig ishlatu, Yig'ach yamish irg'atu, Qulan, kiyik avlatu, Bazram qilib avnalim. Mazmuni: Yigitlami ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik, Qulon, kiyik ovlataylik, (So 'ng) bayram qilib quvnaylik. Bu qo’shiqda ajdodlarimizning mehnat jarayoniga bo’lgan munosabati aks etgan. Xalq marosimlari qatorida to’ylar hamisha yetakchi o’rin egallab kelgan. El-yurt bor ekan, jamoa bo’lib yashash bor ekan, to’y qilish odati ham bo’ladi. Xalq bu marosimni o’tkazishga katta tayyorgarlik ko’rgan. Chunki to’y har bir insonning hayotida juda muhim hisoblangan tarixiy lavhalardan, kelgusi umidlardan tashkil topadi. Tabiiyki, shuning uchun ham to'y marosimi o'yin-kulgilar, raqslar, teatrlashtirilgan sahnalardan iboratdir. Ularning asosini o'lan aytishlar, yor-yorlar tashkil etadi. Mumtoz adabiyotimiz vakillarining badiiy ijodiga nazar tashlasak, ba'zan o'sha asarlardan namunalar uchraganiga guvoh bo'lamiz. Masalan, Alisher Navoiy «Xamsa»ning beshinchi dostoni «Saddi Iskandariy»da Iskandarning uylaNush to'yida o'lan aytish va yor-yor kuylash bilan tomoshalar ko'rsatilganini ta'kidlaydi: Mug'anniy tuzub chinga vaznida chang, Navo chekki, hay-hay o'lang, jon o'lang! Desang senki: jon qardoshim yor-yor! Men aytayki, munglug' boshim yor-yor! Albatta, biz o'tmishda o'lan aytishlar, yor-yorlar qaysi kuyda ijro etilganini, qay yo'sinda amalga oshirilganini bilmaymiz. Ammo Alisher Navoiy keltirgan shugina misoldan hozirgi o'lanlar va yor-yorlar ham juda uzoq tarixga ega san'at namunalari ekanini tasavvur qilishimiz mumkin. Albatta, qadimgi xalq qo'shiqlarining ham eng go'zal namunalari ishq-muhabbat mavzusi aks etgan lirik qo'shiqlardan iborat. Chunki ularda yetakchi maqsad inson tabiatidagi abadiy fazilat hisoblanmish muhabbat tuyg'usini ifodalash bilan uyg'unlashgandir. Insoniyat tarixida ajdoddan keyin avlod dunyoga keladi. Zamonlar o'tadi. Hayot rivoj topadi. Ota o'rnida farzand turmush chambaragini aylantiradi. Ammo har bir avlod vakili muhabbat tuyg'usini o'zicha boshidan kechiradi. Bu tuyg'u inson ruhiyatiga ta'sir ko'rsatish jihatdan zamon o'zgarishi qoidalariga bo'ysunmaydi. Ehtimol, shuning uchun Mahmud Koshg'ariy bundan ming yil oldin yozib olgan ishqiy mavzudagi lirik qo'shiq kuni kecha qaysidir tumanda yosh yigit kuylagandek tasavvur uyg'otadi: Bulnar meni ulas ko’z, Qara mengiz, qizil yuz, Andin tomar tukaltuz, Bulnap yana o’t qochar. Mazmuni: Bu mas ko 'zli (sevgilim) Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir qildi). Yonoqlaridan shirinlik tomib, meni asir qidi-yu, Lekin keyinidan (tutqich bermay), mendan qochib ketadi. Xalq qo'shiqlarining lirik turlari zamon o'tishi bilan boshqa mavzudagilardan kam o'zgarishlarga duch keladi.Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonida keltirgan quyidagi parchaga e'tibor qiling: Mengizlari gut-gut, mijjalari xor, Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor. Bizningcha, buyuk shoirimiz bu parchani bevosita xalq og'zaki ijodiga mansub qo'shiqdan olgan yoki juda bo'lmaganda o'sha qo'shiqqa mos holda ijod qilgan. Shunday qilib, qadimgi qo'shiqlar mazmun jihatdan turli mavzularni o'zida aks ettiradi. Bu namunalar til jihatdan bugungi kundagilardan farq qilishiga qaramay, shaklan hozirgi qo'shiqlarga o'xshashdir. Ularning hammasini inson ichki kechinmalarini ifodalash xususiyati birlashtirib turadi. Chunki bu lirik asarlarda bevosita hayotda ro'y berayotgan hodisa emas, balki ana shu hodisaga his-tuyg'ular orqali munosabat bildirish yetakchidir. To'la ishonch bilan aytish mumkinki, o'zbek xalq qo'shiqlarining bugungi kunda el orasida ijro etilayotgan namunalari asosini qadimgi zamonlarda omma orasida yashagan qo'shiqlar tashkil etadi. Va nihoyat, qo'shiq xalqimizning quvonchli va tashvishli kunlarida, mehnat qilish jarayonida unga hamisha hamroh bo'lgan. Binobarin, xalq qo'shiqlarini millatimiz tarixining go'zal kuzatuvchilari deyishimiz mumkin. Download 496 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling