Soʻnggi qoʻngʻiroq
Download 21.56 Kb.
|
“Soʻnggi qoʻngʻiroq” namunaviy ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
- 1-boshlovchi
“Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbiri boʻyicha ssenariy Chorlov musiqa sadolari ostida boshlovchilar (Bir qiz va bir oʻgʻil bola) kirib keladi. 1-boshlovchi: Xazinamsan, taxtim oʻzingsan, Qiyosi yoʻq baxtim oʻzingsan. Yer yuzining jannati sensan, Yaratganning sanʼati sensan. Jannatbogʻim, hazratogʻimsan, Mehrobimsan, sajdagohimsan. Sen onasan, muqaddas Vatan! Yagonasan, muqaddas Vatan! 2-boshlovchi: Sen ulugʻ siymosan mangu barhayot, Har yuzda aks etar, sen bergan hayot, Sening oʻgʻil-qizing sengadir qanot, Qalbda mehr boʻlgan, jon Oʻzbekiston! 1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ota-onalar! 2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar va sevimli oʻquvchilar! 1-boshlovchi: Bugun mamlakatimizda barcha umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, begʻubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini koʻrib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yoʻl tilab, duo qilayotgan otaxonu-onaxonlarimiz uchun chin maʼnoda bayram. 2-boshlovchi: Shunday ekan, keling ayni damda bugungi shodiyona sababchilari boʻlgan bitiruvchi oʻquvchilarni davramizga taklif qilamiz. (musiqa sadolari ostida bitiruvchi sinf oʻquvchilari kirib keladi.) 1-boshlovchi: Aylayin qalbimni tortiq nurli boʻstonim, senga, Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga. 2-boshlovchi: Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni, Sen qarogʻ boʻlsang agarda, sadqa mujgonim senga. (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha bayram ishtirokchilari qoʻllari koʻksida Davlat madhiyasini joʻr boʻlib aytishadi) 1-boshlovchi: Soʻnggi qoʻngʻiroq.... Bu jumla har bir koʻngilda oʻzgacha jaranglaydi, ayniqsa bitiruvchilar qalbida. 2-boshlovchi: Hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar va qadrli oʻquvchilar! Tabriklash uchun soʻz navbatini maktabimiz direktori ________________ga beramiz. (maktab direktori) tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, taʼlim tizimidagi islohotlar toʻgʻrisida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda maʼlumot beradi). Download 21.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling