Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

sug’urta hodisasi - xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir 
bo`lganda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga 
hamda atrof muhitga zarar etkazilganligi uchun sug’urtalanuvchining 
fuqarolik javobgarligining boshlanishi fakti; 
avariya - inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida 
qo`llanadigan texnika qurilmalarining buzilishi, sug’urta shartnomasi amal 
qiladigan davrda ro`y bergan nazorat qilib bo`lmaydigan portlash va 
(yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi; 
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir bo`lganda 
boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda 
atrof muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urta qilish shartnomasi - ushbu Nizomda nazarda tutilgan 
sug’urta holati yuz berganda sug’urtalovchi shartnomada belgilangan 
to`lovni (sug’urta mukofotini) jabrlanganga ushbu sug’urta holati 
oqibatida etkazilgan zararni sug’urta shartnomasida belgilangan sug’urta 
summasi miqdorida to`lash majburiyatini oladigan sug’urta shartnomasi; 
sug’urta holati to`g’risidagi dalolatnoma - sug’urta holati yuz 
bergan taqdirda sug’urtalovchi tomonidan sug’urtalanuvchi yoki uning 
vakili ishtirokida tuziladigan hujjat, u avariya sodir bo`lgan vaqt, joy va 
uning sababi to`g’risidagi axborotlardan, boshqa shaxslarga etkazilgan 
zarar 
miqdori, 
shuningdek 
zararni 
kamaytirish 
maqsadida 
sug’urtalanuvchi tomonidan qilingan xarajatlar miqdori to`g’risidagi 
ma`lumotlardan iborat bo`ladi; 


685 
3. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziyaga 
muvofiq fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishga haqli bo`lgan 
sug’urta tashkilotlari sug’urtalovchilar bo`lishi mumkin. 
4. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar 
sug’urtalanuvchilar bo`lishi mumkin. 
5. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir bo`lgan taqdirda 
hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga, atrof muhitga zarar etkazganlik 
uchun da`vo bildirish huquqiga ega bo`lgan shaxslar (jismoniy shaxs, 
yuridik shaxs yoki davlat) boshqa shaxslar hisoblanadilar. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling