Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Download 0.53 Mb.
bet31/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

V k h t


Bundа:
V- tug‘ilish kо‘rsаtgichi
h - populyatsiyalаrdа urgochilаr soni
k - hаr bir urg‘ochidа о‘rtаchа tuxumlаr soni
t - tuxumni rivojlаntirish muddаti.
Yoki ma’lum vaqt oralig’ida populyasiyadagi individlar tomonidan yuzaga keltiriladigan yangi individlar soni tug’ilishni ifodalaydi. Ko’pincha absolyut va solishtirma tug’ilish farq qilinadi. Ma’lum vaqtda yuzaga kelgan individlarning umumiy soni absolyut tug’ilishni ifodalaydi. Solishtirma tug’ilish bitta individ hisobiga olingan tug’ilishdir, yoki tug’ilgan individlar sonining individlar umumiy soniga nisbati solishtirma tug’ilish deyiladi.
Populyasiyada tug’ilishni quyidagicha hisoblash mumkin

V = Nn / t


Bu yerda V - tug’ilish; Nn- tug’iladigan individlar soni; t- vaqt oralig’i. Agar solishtirma tug’ilish aniqlanayotgan bo’lsa, formulamiz quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.


V = Nn / t


Bu yerda N- vaqt oralig’ining boshlanishidagi individlarning umumiy soni.
Tug’ilishni o’lchash uchun olingan vaqt birligi tekshirilayotgan organizmlarning ko’payish intinsivligiga bog’liq. Masalan. Bakteriyalar uchun soat ba’zi suvo’tlar uchun - sutka, ko’pchilik hasharotlar uchun - hafta yoki oy, yirik sut emizuvchilar uchun yil. Misol. Bakteriya har soatda bo’linadi. 5 soat oralig’ida 100 ta yangi bakteriya hosil bo’lgan. Populyasiyada bakteriyalarning boshlang’ich soni 150 ta edi. Demak,

vabs= 100 / 5 = 20


Demak absolyut tug’ilish 20 ga teng. Lekin populyasion tadqiqotlarda ko’pincha solishtirma tug’ilish o’lchanadi. Bunda:


vsol= 100 / 150.5 = 20/ 150 = 0,13


Tug’ilish ijobiy yoki nolga teng kattalik bo’lishi mumkin. Populyasiyadagi tug’ilish kattaligi ko’plab omillarga bog’liq. Masalan. Shu vaqtdagi ko’payishga qobiliyatli individlar soni muhim ahamiyatga ega. Bu esa populyasiyaning jins va yosh tuzilmasi tomonidan belgilanadi. Tug’ilish generasiyalarning takrorlanish tezligiga ham bog’liq. Yiliga bir generasiya (avlod) beradigan turlar monovoltin ko’p avlod beradiganlari polivoletin turlar deyiladi. Ko’payish davrining soniga qarab turlarni monosiklik va polisiklik turlarga ajratish mumkin. Jinsiy yetuk davri qisqa davom etadigan turlar monosiklik turlar deyiladi. Masalan, kupchilik hasharotlar, losossimon baliqlar va x.o. Qayta - qayta ko’payishga layoqatli turlar polisiklik turlar deyiladi. Ko’pchilik umurtqali ba’zi umurtqasiz hayvonlar. O’simliklar hayotida bir marta ko’payadigan - monokarpik va ko’p marta ko’payadigan polikarpik turlar ajratiladi.


Populyatsiyalаrdа tug‘ilish dаrаjаsi individlаr kо‘pаyishi turli mаvsumlаrdа formаlаri, ritmlаri hаmdа serpushtligigа bog‘liq.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling