Kirish Asosiy qism: Esse janriga oid ilmiy- nazariy qarashlar tahlili


Download 39.13 Kb.
bet3/6
Sana21.02.2023
Hajmi39.13 Kb.
#1219158
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilafruz adabiyotshunoslik

Esse tarixiga bir nazar. XV1 asrda yangi tafakkur ko`rinishini adabiy jarayonga olib kirgan farang mutafakkiri M.Monten‘ ―Esselar‖ asarida janrning nazariy asoslarini yaratdi. Muallif asarning ―Kitobxonga‖ deb nomlangan muqaddima qismida shunday e`tirof etadi: ―Kitobxon, bu - samimiy asar. Men bu asarni eng yaqin jigarbandlarimga atab yozganman. Qandaydir shon-shuhrat orttirish uchun emas, kitob orqali ma`naviy qiyofam, fe`l - atvorim, sajiyamni qayta tiklab eslashlarini istayman....bu kitobning mazmuni – men o`zim... SHu bois Montenning ko`pgina esselarida janr nuqtai nazaridan chiqib keladigan o`ziga xos formulasi mavjud,- deb yozadi epshteyn. Haqiqatan ham yozuvchi essesida, eng avvalo, uning ―men‖i aks etadi. esseda ijod etuvchi san`atkorning adabiy o`ylari adabiylik va emotsionallik bilan chatishib ketgan fikr-mulohazalarning ko`rkam sintezini tashkil etadi. Bu jihatdan, ayniqsa, Mirtemir, P.Qodirov, A.Muxtor, SH.Xolmirzaev kabi yozuvchilar esselarini alohida ta`kidlab o`tish mumkin. Zotan, esse janrining asosiy xususiyatlaridan biri - tanqidchi hissiy tafakkurining teran namoyon bo`lishidir. Fransuz adabiyotida vujudga kelgan falsafiy – estetik, badiiy xulosalarida inson va jamiyat ruhiyatini shakllantiruvchi fikrlarni o‘zida aks ettirgan esse janri o‘zbek adabiyotida XX asrning 60-yillarida adabiy o‘ylar, xotiralar, qissa, maqola tarzida paydo bo‘ldi. Hayotiylikka asoslangan badiiy tafakkurning namoyon bo‘lishi esa, 90-yillarda bu janrning yaqqol namoyon bo‘lishini ta‘minladi. Va shu yillardan boshlab bu janrning ilmiy-nazariy jihatlari ham o‘rganila boshlandi. O‘zbek adabiyotida SH.Xolmirzayevning essega bergan ta‘rifiga mos keluvchi belgilarni mumtoz adabiyotimiz namunalarida ham uchratamiz. Xususan, Alisher Navoiyning, ―Xamsat-ul muttaxayyirin‖ asari bu janrning sinkretik tarzda ancha oldin paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida ―manoqib‖ atamasiga shunday ta‘rif berilgan: ―Manoqib (arab. fazilat) – buyuk kishilar, atoqli san‘atkorlar, shuningdek din namoyondalari haqida yozilgan xotira asar. Manoqib, asosan, shu kishilarning hayot yo‘li bilan tanishish yoki maslakdosh bo‘lgan kishilar tomonidan yozilgan. Demak, manoqib o‘z zamonasining shoir va yozuvchilari haqidagi risolaga o‘xshash asarlar sanaladi. Manoqiblarning aynan essega yaqinligini bilish uchun esa, XX asr o‘zbek adabiyotida yaratilgan yozuvchi Shukur Xolmirzayevning esselariga nazar tashlash kifoya. Agar Alisher Navoiy o‘z manoqiblarida do‘stlari, ustozlari Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad, Abdurahmon Jomiylar haqida o‘z xotiralari va ular bilan yuz bergan adabiy, ilmiy, siyosiy suhbatlar, yozishmalarini bayon etgan bo‘lsa, Shukur Xolmirzayev ham o‘z esselarida so‘z san‘ati namoyondalari : Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, O‘lmas Umarbekov, Odil Yoqubov kabi qalamkash do‘stlari, rassom Ro‘zi Choriyev, xalq artisti Botir Zokirov, rejissor B. Nazarov, ustozi Matyoquv Qo‘shjonov va ko‘plab jamoat arboblari bilan bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealarni o‘z kitobxoniga so‘zlab beradi. Shu bilan birga essening janriy talablariga mos ravishda o‘z ichki kechinmalarini ham bayon etib boradi. Bu qiyoslash orqali biz esse mumtoz adabiyotimizdagi manoqibning aynan o‘zi degan fikrdan yiroqmiz. Garchi esse janri fransuz adabiyoti orqali rus adabiyotidan kirib kelgan bo‘lsa-da uning janriy xususiyatlari va o‘ziga xosliklarini o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalaridan izlagan to‘g‘riroq. Bu essening o‘zbek adabiyotiga xos bo‘lgan milliy xususiyatlarini ham ochib berishga xizmat qiladi. Demak, olam va odamning ruhiyatiga xos sinoatlarni hayotiy tajribalar asosida falsafiy mushohada etishga asoslangan esse janri o‘zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham ma‘lum davrni bosib o‘tgan va alohida janr sifatida maydonga kelgan.

Download 39.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling