Kirish I bob. Extiyotsizlik tushunchasi


Extiyotsizlik tushunchasi va tarixi


Download 29.71 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi29.71 Kb.
#1602576
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kirish-WPS Office

1.1.Extiyotsizlik tushunchasi va tarixi.
Odatda, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan oqibatiga qarab, ayrim hollarda esa, bu oqibatlarni vujudga keltirgan usul va vositaga qarab, kvalifikatsiya qilinadi. Oqibatning yo'qligi javobgarlikni istisno etadi. Ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar uchun' javobgarlik faqatgina jinoyat qonunida to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan holdagina kelib chiqadi. Jinoyat kodeksining 22-moddasida aybning ehtiyotsizlik shakUga quyidagicha ta'rif berilgan: «O'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat, deb topiladi.
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o'z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko'zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo'lsa, bunday jinoyat o'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilgan, deb topiladi».
Ko'pchilik hollarda ehtiyotsizlik orqasidagi jinoyatlar shaxsning o'z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi natijasida ijtimoiy manfaatlarga bo'lgan loqayd munosabatlar va boshqalar tufayli sodir bo'ladi. Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik kelib chiqqan oqibatga qarab belgilanadi. Masalan, ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish (Jinoyat kodeksining 102-moddasi), ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 111-mod-dasi), transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishning badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lishi (266-moddaning 1-qismi), yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazishga sabab bo'lishi (259-moddaning 1-qismi) va shu kabilar.
Ammo qator hollarda javobgarlikka tortish uchun oqibatning kelib chiqishi nazarda tutilmaydi. Masalan, davlat sirlarini oshkor qilish (Jinoyat kodeksining 162-moddasi). Bu jinoyat qasddan va shuningdek, ehtiyotsizlik orqasida ham sodir etilishi mumkin hamda davlat sirlari oshkor etilgan vaqtdan boshlab qilmish tugallangan, deb hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 22-moddasi mazmunidan ko'rinib turibdiki, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyat o'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. O'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilayotgan jinoyatning intellektual (tafakkuriy) holati shundan iboratki, aybdor o'zining xulq-atvori natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko'ra biladi.
Agar jinoiy o'z-o'ziga ishonish ehtiyotsizlikning beparvolik orqasida sodir etilgan jinoyat bilan taqqoslansa, ko'rinib turibdiki, aybning o'z-o'ziga ishonish xavfliroq shaklidir, chunki bu holda aybdor xulq-atvori natijasida qanday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ko'ra bila turib, ongli ravishda ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga rioya qilmaydi. Masalan, haydovchi mast holda avtomashinani odamlar ko'p joyda yuqori tezlikda boshqaradi, u ongli ravishda yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi. Buning natijasida aybdor odamlar sogiig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibat ro'y berishi mumkinligiga ko'zi yetadi va bu oqibatlar kelib chiqmasligi to'g'risidagi ishonchi xom xayol bo'lib chiqadi (irodaviy holat).
Jinoiy o'z-o'ziga ishonish ko'rinishida sodir etilgan qilmishlar transport vositasini boshqarish, tabiiy muhitni qo'riqlash va tabiatdan foydalanish bilan bog'liq jinoyatlar uchun xos. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etilishi natijasida jinoyat-huquqiy normada ko'rsatilgan oqibat yuz bermagan bo'lsa, qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etmaydi Masalan, haydovchi ongli ravishda belgilangan tezlikni oshirib, yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi, ammo bu hech qanday oqibatlarga olib kelmadi. Bu holda haydovchiga yo'l patrul xizmati xodimlari tomonidan ma'muriy
choralar qo'llaniladi.
Jinoiy o'z-o'ziga ishonishda shaxsning ongi va irodasi kelib chiqishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibatga, o'zining xulq-atvoriga befarq bo'lmaydi, balki hech qanday oqibat yuz bermaydi, deb hisoblaydi. Beparvolik ko'rinishidagi jinoyatni sodir etishda shaxs qonunda ko'zda tutilgan o'z xulq-atvori tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan bilmaydi. Lekin bilishi mumkin va zarur. Beparvolik ko'rinishidagi jinoyatlarni sodir etishda oqibatlarni ko'ra bilmaslik, shaxsning qonun talablariga, turli qoidalarga va boshqalarga beparvoligidan dalolat beradi. Jinoiy beparvolikda shaxs o'z xulq-atvorining ijtimoiy xavfliligini anglamaydi.
Natijada, ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishi mumkin. Shunga qaramasdan, sodir etilayotgan qilmish holatlarini hisobga olib oqibatning yuz berishi mumkinligini bilishi zarurdir. Jinoiy beparvolik o'z-o'ziga ishonishdan shunisi bilan farq qiladiki, awalo, shaxs o'z xulq-atvorining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglamaydi. Lekin vaziyatni hisobga- olib, jinoiy oqibat yuz berishini shaxs bilishi mumkin va zarurdir.
Sud-tergov amaliyotida jinoiy beparvolikni tasodifan yuz bergan qasddan ajrata bilish lozim. Jinoyat kodeksida birinchi marta (24-mod-dasida) aybsiz holda zarar yetkazish tushunchasi berilgan. Unda: «Agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetmagan va ishning holatlariga ko'ra ko'zi yetishi mumkin va lozim ham bo'lmagan bo'lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi».
Bunday shaxsning harakatlari tufayli ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqqan taqdirda ham aybi bo'lmaydi (qasddan yoki ehtiyotsizlik shaklida) aybining yo'qligi birinchi navbatda u qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagani, anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagani yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetmagani va ishning holatlariga ko'ra ko'zi yetishi mumkin va lozim ham bo'lmaganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun shaxs har qanday ijtimoiy xavfli oqibat yuz berganda ham jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jinoyat huquqi nazariyasi va sud amaliyotida oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun aybdorda imkoniyat bo'lganmi yoki yo'qmi, degan masalalami hal qilish uchun obyektiv va subyektiv mezon ishlatiladi. Beparvolikning obyektiv mezoni shaxsning yozilgan va yozilmagan oldini olish qoidalariga rioya qilmasligi natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishini oldindan ko'ra bilish majburiyatini o'z ichiga oladi. O'z navbatida, agar haqiqiy yuzaga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko'ra bilish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan shaxs ushbu xavfli oqibatlar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Subyektiv mezon shaxsning aniq bir vaziyatda va o'zining individual xususiyatlari bilan ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko'ra bilish qobiliyatini anglatadi. O'z-o'ziga ishonish va beparvolikning umumiy jihatlari ko'pligidan, ular aybning bir shakli tarkibiga kiritilgan. Ularning umumiyligi, eng avvalo, yagona ruhiy va ijtimoiy negizga ega ekanligida namoyon bo'ladi. Bularga hushyorlikning yo'qligi, e'tiborsizlik, ehtiyotkorlik qoidalarini mensimaslik va boshqalar kiradi.
Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat subyektiv tomonining mustaqil fakultativ belgilari hisoblanadi. Jinoyatning motivi va maqsadi qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilishda, jinoyatni boshqa jinoyat tarkibidan farqlash va adolatli jazo tayinlashda muhim ahamiyatga ega.
Insonning har qanday faoliyati muayyan motiv va maqsadga egadir. Jinoiy faoliyat insonning har qanday irodaviy harakati singari muayyan motivga ega va muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgan. Motiv va maqsad o'rtasida ichki bog'liqlik mavjud. Motivning shakllanishi muayyan maqsadning vujudga kelishini o'z ichiga oladi. Motiv subyektni o'z maqsadlari sari yo'naltiruvchi kuch hisoblanadi.
O'z navbatida motiv va maqsad bir xil tushunchalar emas, chunki ular aybdorning sodir etgan ijtimoiy xavflik qilmishiga bo'lgan ruhiy munosabatini turlicha ifodalaydi. Agar motiv jinoyat sodir etayotib shaxs nimaga asoslangan, degan savolga javob bersa, maqsad aybdor intilayotgan natija haqidagi tasawurlarni, harakat-larning yo'naltirilganligini o'z ichiga oladi.
Ayrim hollarda maqsad va motiv jinoyatning zaruriy belgisi bo'lsa, boshqa hollarda javobgarligini og'irlashtiruvchi holat hisoblanadi, ya'ni maqsad va motiv jinoyat subyektiv tomonining mustaqil belgisi hisoblanadi. Jinoyatning motivi shaxsda jinoyat sodir qilishi qarori va xohishini uyg'otuvchi ichki hissiyotdir. Jinoiy maqsadga shaxs ijtimoiy xavfli harakat orqali erishishga harakat qiladi. Jinoyatning motivi va maqsadi faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlarga xosdir. Agar jinoyat ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilsa, uning oqibati motiv va maqsadga bog'lanrriaydi.
Motiv va maqsad jinoyat subyektiv tomonining belgisi sifatida bir-biriga juda bog'liqdir, chunki jinoyat sodir qilishda ichki hissiyot orqali xohish uyg'onadi va shaxsda jinoyat sodir qilish maqsadi vujudga keladi. Jinoyatning motivi rashq, o'ch olish, bezorilik, millatlararo, shaxsiy g'araz va hokazolar bo'ladi. Sodir etilgan boshqa jinoyatni yashirish, murdaning a'zolarini transplantatsiya qilish uchun olish, shahvoniy ehtiyojni qondirish maqsadlarda foydalanish uchun jinoyat sodir qilish, xalqaro aloqalarni yomonlashtirish maqsadida urushni targ'ib qilish, nazorat qilinrnaydigan foyda olish va hokazolar jinoyatning maqsadi ham har xil bo'lishi mumkin.
Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat-huquqiy normalarda aniq ko'rsatib o'tilgan (masalan, tamagirlik niyatida odam o'ldirish (97-moddaning 2-qismi, «i» bandi), o'lgan odamning organlari yoki tanasi a'zolarini transplantatsiya qilish maqsadida olish -133-modda).
Lekin bir qator jinoyat-huquqiy normalarda motiv va maqsad aniq ko'rsatilmagan, faqat ularning umumiy tavsifi berilgan, xolos (masalan, mansabdor shaxs tomonidan tamagirlik yoki boshqa manfaatdorlik maqsadida bila turib rasmiy hujjatlarga yolg'on yozuvlarva ma'lumotlar kiritib qo'yish (209-modda) va hokazolar). Bunday holatlarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq motivini aniqlash lozim bo'ladi.
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyatning motiv va maqsadi turli xil ahamiyatga ega. Masalan, talon-taroj qilishning motivi g'araz; qo'shmachilikniki esa, tamagirlik yoki boshqa istaklar (Jinoyat kodeksining 131-moddasi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollashning muhim belgisi - shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish (135-modda); urushni targ'ib qilishda -agressiyani keltirib chiqarish; terrorizmda, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish yoki O'zbekiston Respublikasida vaziyatni yomonlashtirish jinoyatning maqsadi hisoblanadi. Boshqa hollarda jinoyatning motiv va maqsadi javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat bo'lib hisoblanadi (masalan, g'arazli maqsadlarda yoki bezorilik harakatlari natijasida odam o'ldirish, milliy yoki irqiy adovat zamirida odam o'ldirish, kishi a'zolarini kesib olish va ulardan foydalanish maqsadida odam o'ldirish (97-moddaning 2-qismi), inson to'qimalari yoki a'zolarini kesib olish va transplantatsiya qilish g'araz yoki boshqa niyatlarda sodir qilinsa (133-moddaning 2-qismi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, agar O'zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish maqsadida qilinsa (135-moddaning 3-qismi va hokazo).
Ayrim hollarda jinoyatning motiv va maqsadi jinoyat huquqiy normalarida zaruriy belgi sifatida aybni yengillashtiruvchi holat sifatida ko'rsatilmagan bo'lsa, ular jazo tayinlashda e'tiborga olinishi mumkin. Masalan, ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish motivi jinoyatchini ushlash vaqtida junga zarar yetkazilsa, aybni yengillashtiruvchi holat
bo'lib hisoblanadi. Milliy, irqiy yoxud diniy adovat motivi bilan, garaz yoki past niyatlarda jinoyat sodir qilinsa, garchi,
bu motivlar jinoyat huquqiy normalarda ko'zda tutilmagan bo'lsa ham, aybni og'irlashtiruvchi holat bo'lib hisoblanadi.
Aybsiz holda zarar yetkazish. 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida birinchi marta aybsiz holda zarar yetkazish
tushunchasi berildi (24-modda). Unga ko'ra, agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetmagan va ishning holatlariga ko'ra, ko'zi yetishi lozim ham bo'lmagan bo'lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi.
Aybsiz holda zarar yetkazishning formal tarkibli qilmishlarga nisbatan tatbiq qilganda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxs mavjud vaziyatga ko'ra, o'z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglamaydi. Moddiy tarkibli qilmishga nisbatan tatbiq qilganda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi lozim va mumkin bo'lmaganligidir. Aynan anglashi mumkin va lozim bo'lmaganligi aybsiz holda zarar yetkazishni ehtiyotsizlikning beparvolik turidan farqlab turuvchi mezon hisoblanadi. Bir hafta oldin ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab kelgan A. kech soat 22.00 da tanishi K. bilan uyida suhbat qilib o'tirgan edi. Shunda eshikning qo'ng'irog'i chalinadi. A. o'rnidan turib, eshikni ochishi bilan uch kishi shaxt bilan uyga kirishadi. A. o'zining raqiblari o'ch olgani keldi, deb xayol qilib K.dan yordam berishni so'raydi. K. o'rnidan turib, o'tirgan stulni olib uyga bostirib kirganlarning birining boshiga urib, badaniga o'rtacha og'ir shikast yetkazadi. Tergov organi K. va A.larning qilmishini Jinoyat kodeksining 105-moddasi, 2-qismi, «v» bandi bilan ayb e'lon qilib, ishni sudga chiqaradi. Sud ish holatlarini batafsil tahlil qilib, A. va K.larni Jinoyat kodeksining 24-moddasi qoidalariga asoslanib, oqlov hukmi chiqaradi. Sud shunday qarorga kelishiga ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda uyga bostirib kirgan kishi militsiya xodimi ekanligiga qaramasdan (A.ning ustidan ma'muriy nazorat o'rnatilgan), kirib kelganlarning
biri profilaktika inspektori va ikki kishi mahalla posboni bo'lib, ularning birortasida ularning farqini ko'rsatib turuvchi belgi yo'q edi. Bundan tashqari, mahalla posbonlarining birini qo'lida tayoq ham bo'lgan. Sud ana shunday vaziyatda A. va K.lar o'zlariga hujum qilinganini o'ylab. harakat qilgan, deb topgan. Sud ana shunday vaziyatni hisobga olib, ularni to'g'ri oqlagan.

Download 29.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling