Kiritish haqida


-modda. Ishga qabul qilishda va boshqa ishga o‘tkazishda mehnatni


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
21-modda. Ishga qabul qilishda va boshqa ishga o‘tkazishda mehnatni 
muhofaza qilishga bo‘lgan huquqning kafolatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat shartnomasining shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa 
shartnomalari, shuningdek jamoa kelishuvlari va mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risidagi boshqa ichki normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolarni sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan ishga 
qabul qilish va xodimlarni boshqa shunday ishga o‘tkazish taqiqlanadi. 
Fuqarolarni sog‘lig‘i va hayotiga yuqori darajada xavf tug‘dirishi mumkinligi 
oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilish hamda xodimlarni boshqa shunday ishga 
o‘tkazish chog‘ida ish beruvchi ularni bu haqda ogohlantirishi shart. 
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi 
ana shunday ishga ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki 
muddatini cheklamay o‘tkazishi shart. 
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta’sirini istisno etadigan kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazishda 


xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlanib qoladi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
218-moddasi

22-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari 

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling