Mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob
bermaydigan
obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan
foydalanishga, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta’mirlashga,
texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan olinganlarini joriy etishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativlari (konsentratsiyalari)
belgilangan
tartibda ishlab chiqilmagan va tegishli ekspertizalardan o‘tkazilmagan zararli
moddalarning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi taqiqlanadi.
20-modda. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish vositalarini
yaratish va ishlab chiqarish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Tashkilotlar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlarni,
plakatlarni, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobidan hosil bo‘lgan qismiga,
shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik
tashkilotlari foydasining
jamoaviy himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalarining,
ishlab chiqarish
muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish,
mavjud vositalarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya
qilish hisobidan olingan
qismiga qonunchilikka muvofiq imtiyozli soliq solish belgilanishi mumkin.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: