Kiritish haqida


-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
30-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat 
notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 
mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashdagi ishtiroki 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari 
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi 
Не у дает ся от образит ь связанны й 
рису нок . Возможно, эт от файл 
был перемещ ен, переименован
или у дален. Убедит есь, чт о 
ссылк а у к азывает на правильный 
файл и верное размещ ение.


davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va boshqa dasturlarni amalga oshirishda 
ishtirok etishi, mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashda ishtirok etuvchi davlat 
organlariga va boshqa organlarga ko‘maklashishi, shuningdek qonunchilikka 
muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkin. 
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
31-modda. 
Kasaba 
uyushmalarining, 
xodimlar 
boshqa 
vakillik 
organlarining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi huquqlari 
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni 
muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi. 
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek 
xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar quyidagi 
huquqlarga ega:
tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat 
sharoitlari va muhofazasi to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz 
hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda 
ishtirok etish; 
xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib 
turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf 
etish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish; 
mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa 
shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 
majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda 
foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida 
ishtirok etish, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish; 
(31-modda 
ikkinchi 
qismining 
oltinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab 
chiqishda ishtirok etish; 
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
to‘g‘risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish;
mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi yoki 
sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni 
qoplanishi uchun hamda xodimlarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga 
bo‘lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib 
sudga murojaat etish; 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa shartnomalarida 
va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat 
sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok 
etish. 
(31-modda 
ikkinchi 
qismining 
o‘ninchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxsga o‘z zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti 
ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 
saqlanadi. 
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni 
muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar, 
tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi 
mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek 
xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar 
qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
(31-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling