Oraliq nazorat ishi 4 – kazus
Download 28.95 Kb.
|
Abdulaziz Abduraximov Oraliq nazorat ishi Norma ijodkorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аmaldagi qonunchilikka koʼra ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʼyicha ishtiroki va xulosalari asosida ushbu holatga huquqiy baho bering. Muammoli vaziyatlar
Oraliq nazorat ishi 4 – kazus Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ tayyorlangan qarori loyihasini iqtisodiy, ilmiy va ekologik ekspertizalardan oʼtkazish maqsadida tegishli tashkilot va muassasalardan ekspertlarni jalb etdi. Taklif etilgan mutaxassislar zaruriy bilim va tajribaga ega boʼlib, ularning orasida qaror loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etganlari ham bor edi. Qaror qabul qiluvchi organ esa qaror loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan mutaxassislar ekspert boʼla olmasligini maʼlum qildi. Аmaldagi qonunchilikka koʼra ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʼyicha ishtiroki va xulosalari asosida ushbu holatga huquqiy baho bering. Muammoli vaziyatlar: Ushbu muammoli vaziyatga yechim berar ekanmiz, Avvalo quyidagi savollarni ajratib olamiz. Bular quyidagilar: Tayyorlangan qaror loyihasini ekspertizadan o‘tkazish asosli hisoblanadimi? Ekzpertizadan o‘tkazish jarayonida hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida ishtirok etishi mumkinmi? Xulosa. Javob Birinchi muammoli vaziyatga huquqiy yechim berar ekanmiz, avvalo har qanday normativ hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tadimi yoki ba’zi hujjatlargina o‘tadimi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Har bir qaror normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy, gender va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan o‘tkazilishi shart. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organning qaroriga ko‘ra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, lingvistik, ekologik ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilishi mumkin. Qabul qilinayotgan qarorning qaysi sohaga aloqadorligi yoki yaqinligiga qarab, shu soha bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilishi lozim hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1qarori hisoblanadi. Qaror ishlab chiquvchi qaror loyihasiga birinchi rahbar darajasida “E-qaror” elektron tizimi orqali viza qo‘yadi hamda qaror loyihasini uzil-kesil kelishib olish (viza qo‘yish) uchun manfaatdor davlat organining sohaga mas’ul hududiy bo‘linmalariga, ya’ni manfaatdor tashkilotlar yuboradi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno hisoblanadi. Manfaatdor tashkilotlar “E-qaror” elektron tizimi orqali ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan qaror loyihasini 3 kun muddatda: ish yurituviga qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi; elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan kelishadi (viza qo‘yadi) yoki zarurat bo‘lganda qaror loyihasi yuzasidan ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali o‘z taklif va e’tirozlarini ko‘rsatgan holda javob xatini kiritadi; kelishilgan qaror loyihasini ishlab chiquvchiga yuboradi Manfaatdor tashkilotlarga kelishish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, qaror loyihasi kelishilgan hisoblanadi. “E-qaror” elektron tizimi orqali yuboriladigan xatda asoslanmagan fikr-mulohazalar va takliflar ishlab chiquvchi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Bunda asoslanmagan fikr-mulohazalar va takliflar qabul qilinmaganligining oqibatlari uchun javobgarlik manfaatdor tashkilotning o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini asoslab bermagan birinchi rahbari zimmasiga yuklatiladi. Qabul qilinishi qaror loyihasining mazmuni va tuzilishini jiddiy ravishda o‘zgartiradigan, qaror loyihasiga doir bo‘lgan fikr-mulohazalar hamda takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda manfaatdor tashkilot o‘zining qaror loyihasi variantini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiquvchiga taklif etishi mumkin. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tegishli tarkibiy bo‘linmasi, mahalliy vakillik organlari kotibiyati 3 kun muddatda “E-qaror” elektron tizimi orqali kelib tushgan qaror loyihasini ish yurituviga qabul qiladi va uni ko‘rib chiqadi hamda qaror loyihasini elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan kelishadi (viza qo‘yadi) yoki zarurat bo‘lganda uni ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali o‘z taklif va e’tirozlarini ko‘rsatgan holda qaytaradi. Demak ushbu savolimizga huquqiy asosda javob berdik. 2) Ikkinchi savolimizda dastlab ekspert so‘zining ma’no-mazmunini tushunib olaylik. Ekspert (lotinchada. Expertus - tajribali) - ekspertiza o‘tkazadigan mutaxassis, ya'ni ushbu sohada kam vakolatli boshqa odamlar tomonidan ko‘rib chiqilgan yoki hal qilingan masala bo‘yicha malakali xulosa yoki hukm chiqarish uchun taklif qilingan yoki yollangan shaxs hisoblanadi. Har bir ekspertiza jarayonida u jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy ishda bo‘lsin yoki qonunchilik yaratuvchisi bo‘sin albatta shu sohaning mutaxassis jalb etiladi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildir va ekspertiza o‘tkazish topshirig‘ini bergan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega bo‘lib, ular ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi. Yuridik xizmat qaror loyihasini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtiradi. Jamoatchilik muhokamasi yakunlangandan so‘ng yuridik xizmat ikki kun muddatda qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligini, shu jumladan qaror loyihasida havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Qaror loyihasining huquqiy ekspertizasi jarayonida yuridik xizmat ularda korrupsiya uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda o‘zga cheklovlarni joriy etuvchi, tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilni, shuningdek qaror loyihasining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilishi natijalarini ham o‘rganadi. Qaror loyihasi qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lgan, shuningdek havola qiluvchi normalarning qo‘llanilishi asosli va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda, yuridik xizmat uning yuzasidan huquqiy xulosa tayyorlaydi hamda xulosa yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuridik xizmat xodimi) tomonidan imzolanadi. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida quyidagilar aks ettiriladi: normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga binoan topshirilgan bo‘lsa, o‘sha normativ-huquqiy hujjatlar (nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, e’lon qilingan rasmiy manbai, topshiriq bayon etilgan tegishli bandi (kichik bandi, xatboshisi) to‘g‘risidagi, shuningdek yuqori organning topshiriqlari (organning nomi, topshiriqning raqami va sanasi, zarur bo‘lgan taqdirda, topshiriq bergan mansabdor shaxs) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (topshiriq mavjud bo‘lganda); qaror loyihasi asosiy qoidalarining huquqiy tabiati tushuntirilgan holda, bu qoidalar mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni; qaror loyihasining qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek qaror loyihasidagi har bir havola qiluvchi norma qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa; qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar; qaror loyihasining korrupsiyaga qarshi va boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Qaror loyihasi qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek havola qiluvchi normalar asossiz va maqsadga nomuvofiq bo‘lganda, yuridik xizmat ikki kun muddatda ishlab chiquvchining loyihani tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasiga uni tegishli fikr-mulohazalar bilan maromiga yetkazish uchun qaytaradi. 3) Xulosa qiladigan bo‘lsak, norma ijodkorligida xolislik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekspertiza xolis va beg‘araz, qat’iy qonuniy, nazariy va amaliy asosda, tegishli mutaxassislik doirasida, har taraflama va to‘liq hajmda o‘tkazilishi kerak. Ekspertiza o‘z vaqtida, kompleks, xolis, sifatli o‘tkazilishini hamda belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash lozim. 1 [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 18-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3333] Download 28.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling