Kompleks birikmalar eritmalari analizi topshirdi: K. Rimboyeva Qabul qildi: D. A. Dushamov Urganch-2021


Download 143.5 Kb.
bet5/5
Sana02.05.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1420780
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rimbayeva K. Kurs ishi

TAJRIBA QISM.
Ferrosianidometriya usul
Kerakli asbob uskunalar va reaktivlar;
Stakan, 250 ml o’lchov kolba, rux metali yoki rux sulfat, kons sulfat kislata, distillangan suv, difenilamin
Ishni bajarish tartibi;
Kaliy ferrosianetning 0,05 M eritmasini tayyorlash uchun K4[Fe(CN6)] namunasi qayta kristallanadi va 130 ֠֠C da quritish shkafida quritiladi. Natijada olimgan quriq modda dastlabki moddalarga qo’yiladigan talablarga javob beradi. Uning 0,05 M eritmasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan namuna massasi
MK4[Fe(CN6)]=368,36*0,05*Vk/1000
yordamida hisoblanadi.250 ml eritma tayyorlash uchun 4,6045 gramm atrofida modda olib texnik va analtik tarozida tortib olinadi. Tortib olingan namuna 250 ml hajmli o’lchov kolbasida eritiladi. Hosil qilingan eritma kolbaning belgisigacha suyultirib yaxshilab aralashtirilsa ishga yaroqli bo’ladi. Ko’pincha kaliy ferrosianetning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib uning titri rux sulfat yoki rux metalidan tayyorlangaan eritma yodamida aniqlanadi.
0,1 M ZnSO4 eritmasini tayyorlash uchun 6,5 g rux metali olib uni 1l hajmli o’lchov kolbasida 2N li H2SO4 eritmasida eritib eritmaning hajmini 1 l ga yetkazish kerak.
Kaliy ferrosianid eritmasining standartlash uchun tayyorlangan rux sulfat eritmasidan 25 ml olib unga 50ml suv 2 g ammoniy sulfat 20 ml 6 N sulfat kislata 2-3 tomchi 1 foizli K3[Fe(CN6)] eritmasi va difenilamin ning (indicator) konsentrlangan sulfat kislatadagi 1 foizli eritmasidan 3tomchi qo’shiladi. Hosil qilingan aralashma ozgina vaqtga qoldiriladi eritma havorang tusga kirgach 0,05 M K4[Fe(CN6)]eritmasi yordamida sariq rang paydo bo’lguncha titrlanadi. K4[Fe(CN6)] eritmasining ortiqcha hajmi rux sulfat eritmasi bilan tomchilatib sekin titrlangan holda aniqlanadi. 3 tomchi indicator uchun sarflangan titrand
hajmiga 0,05M eritmasidan qo’shish tavsiya qilinadi.
Rux ionini aniqlash . eritmadagi rux ionini yoki rux qotishmasidagi ruxni aniqlash uchun tegishli miqdor namuna olinadi. Bunda hosil qilingan eritmaning taxminiy konsenttatsiyasi 0,1 M atrofida bo’lishiga ahamiyat beriladi. Agar rux qotishmasi olingan bo’lsa u 6 N li sulfat kislatada yuqoridagi kabi eritiladi va eritma tayyorlanadi.
Analizni bajarish tartibi yuqorida keltirilgan . analiz natijasni hisoblashda kaliy ferrosianidning rux bo’yicha titridan foydalanish qulay. Buning uchun quyidagi formula asosida
TK4[Fe(CN6)]/Zn=65*CK4[Fe(CN)6]/1000
K4[Fe(CN6)] ning rux bo’yicha titri hisoblanadi. Bu yerdagi CK4[Fe(CN6)] ni hisoblashda dastlabki titlashda sarflangan K4[Fe(CN6)] eritmasi hajmiga 0,05 ml qo’shilishi va undan ortiqcha K4[Fe(CN6)] ni titrlashga ketgan rux eritmasiga to’g’ri keladigan K4[Fe(CN6)] hajmi ayirib tashlanishi kerak . aniqlanadigan moddaning massasi
mzn=TK4[Fe(CN6)]/zn*Vzn2+
Formula yordamida hisoblanadi . agar tekshirish uchun rux qotishmasi olingan bo’lsa , undagi ruxning massa ulushi quyidagicha hisoblanadi.
WZN=mZN/a*100% bu yerda a namunaning massasi
Xulosa Yuqorida bayon etilgandek berilgan namunada moddalardan olib tajribani bajaramiz. Tajribada ferrosianidometriya usulida kaliy ferrosianid misolida kompleks birikmalarni aniqlaymiz bunda uning eritmasi sariq ranga kirgach eritmani sariq ranga kirguncha titrlashni davom ettiramiz hisoblashlarni amalga oshiramiz.

XULOSA


1.Kompleks (koordinatsion) birikmalar jonli, tabiatda keng tarqalganligi sababli sanoat, qishoq xo’jaligi, fan va tibbiyotda ko’p qo’llanadi. Kompleks birikmalarning koordinatsion nazariyasiga shvetsariyalik kimyogar Alfred Vemer (1866-1919) asos solgan 1913-yilda unga Nobel mukofoti berilgan.
2. Odatda , metallning koordinatsion soni uning oksidlanish darajasiga mos kelmaydi, balki metallning koordinatsion bog’lar soni oksidlanish darajasidan baland bo’ladi.
3.Metall komplekslarida markaziy metalni “oddiy” birikmalarda kuzatilmaydigan g’ayri oddiy valent holatlar kuzatiladi;nol, yuqori, past, musbat, oksidlanish darajalari va hatto manfiy oksidlanish darajasi (metal anioni) bo’lishi mumkin.
4.Kompleksonlar- ko’p asosli polikapron va aminofosforli kislatalar bilan hosil qilgan komplekslari kompleksonatlar deyiladi. Komplekson anionlari, odatda, polidental ligand vazifasini bajaradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





  1. Xaritonov. Yu. Ya. Analitik kimyo analitika I jild Toshkent O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fan “ nashriyoti 2008.

  2. Файзуллаев О Аналитик киме Асослари тошкент А. кодирий нашрети.2003

  3. Fayzullayev O. Analik kimyo asoslari Toshkent “ yangi asr avlodi”2006

  4. Барсукова З. А . Аналитическая чимия М



MUNDARIJA

I.

KIRISH. Komleks birikmlar haqida tushuncha ……………………

3

II.

ASOSIY QISM ………………………………………..

4

2.1.

Metallarni kompleks (koordinatsion) birikmalarning umumiy tavsifi.

4

2.2.

Kompleks birikmalar eritmasidagi muvozanat. Barqarorlk va qarorsizlik doimiylari.

10

2.3.

Komplekslarning shartli barqarorlik doimiylari.

13

2.4.

Eritmada kompleks hosil qilishjarayoniga ta’sir qiluvchi omillar.




III.

TAJRIBA QISM ……………………………………………………

15

2.1.

Kaliy ferrosianetni eritmasini tayyorlash va uni standartlash.




2.2.

Analizni bajarish tartibi.




IV.

XULOSA ………………………………………………………..




V.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI ……………








Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling