Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Maestoso a piacere Un poco Allegro Adagio. Quasi recitativo
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- I II III
Maestoso a piacere Un poco Allegro Adagio. Quasi recitativo
Allegro Fuga
Shunisi e‟tiborliki, har bir bo„lim E-dur tonalligida yakunlanadi. Bu Tokkataga qadimiy syuita qirralarini baxsh etadi, undagi barcha qismlar odatda bitta tonallikda yozilgan. Erkin, ixtiyoriy ravishda rivojlanuvchi birinchi bo„lim Maestoso a piacere ko„tarinki lirik-falsafiy tuyg„ular olamini ifodalaydi. Boshlang„ich motiv yorqin individuallashtirilgan, ifodali bo„lib, basda bayon etiladi va f nyuansida nihoyatda bo„rttirilib, tugal ijro qilinadi. Yo„g„on erkaklar ovozi sifatida unga ayollar ovozining mayin pastlovchi melodik figuratsiyasi javob beradi: Dastlabki olti takt erkaklar va ayollar ovozlarining dialogiga qurilgan, hosil bo„luvchi tokkataviy harakat yana “dialog”ga aylanadi, biroq endi boyitilgan qo„shimcha ovozlar bilan. Bo„lim go„yoki havoda muallaq qotib qolgandek, sokin tarzda E-dur uchtovushligi bilan yakunlanadi. Tokkataning ikkinchi bo„limi Un poco Allegro – shijoatli faol, polifonik tusda bo„lib, muqaddima boshlang„ich motivining xromatizatsiyalashgan unsuridan unib chiqadi va intonatsion hamda ritmik o„zgarishlarga uchraydi. Ushbu bo„limning polifonik fakturasini tushunib olish uchun, uni batafsil tahlil qilib, bosh va ikkinchi darajali, jo„r bo„luvchi ovozlarni ajratib olish lozim. Iboralar, nota matnida ko„rsatilgan, bosh tovushdanoq ijro etish lozim bo„lgan ligalar, bezaklar alohida e‟tibor talab qiladi: Shuni hisobga olish kerakki, kuy chizig„idagi melizmlar ijrosining tezligi ushbu musiqa xarakteriga bog„liq. Ushbu bo„lim ijrosining murakkabligi shundaki, barcha ovozlar mutlaqo har xil funksiyalarga ega bo„lib, o„zlarining intonatsion tuzilishi bo„yicha ham turlichadir. Shunday qilib, o„zaro zich bog„langan uchta yuqorigi ovoz, muqaddimaning mavzuiy materialini erkin, va shijoat bilan rivojlantiradi, ayni paytda bas ajratib qo„yilgan, go„yoki izolyatsiyalangandek. Uning intonatsion- ritmik o„ziga xosligi jo„rnavozning odatiy qirralarini namoyon etadi, bu esa mos keluvchi dinamikani, pastki ovoz kuy chizig„ini yiriklashtirib berishni talab etadi. Ovozlar o„rtasidagi bunday dinamik kontrast I.S.Baxning klavir uslubiga xos bo„lib, klavesin dinamikasidan keluvchi tarixiy asosga ega. Klavesinlar ikkita klaviatura manulali bo„lgan: bittasi forte tovushini, boshqasi esa pianoni sadolantirishga mo„ljallangan. Klaviaturalar almashinuvi odatda kadanslardan so„ng, uzoq davom etuvchi pauzalar va fermatalar vaqtida yuz berganki, bu mazkur Tokkataning dinamik va kompozitsion tomonlarida o„z aksini topgan. Asarning uchinchi bo„limi Adagio. Quasi recitativo tinglovchida hayratomuz taassurot qoldiradi. I.S.Baxning Quasi recitativo ko„rsatmasi musiqaning vokal tabiatini, uning alohida ifodaviyligini ta‟kidlaydi. Ushbu bo„lim musiqasi ham intonatsion, ham fakturaviy jihatdan birinchi bo„limga yaqin bo„lib, ko„tarinki, iltijoli holat ifodasidir: Musiqaning elegik xarakteri motivlarning o„zaro bir-birini to„ldiruvchi dialogini hosil qiluvchi pastga yo„nalgan figuratsiyalar bilan ta‟kidlanadi. Bunda talaba e‟tiborini motivlarning dialogik aloqasiga, ular ohanglarining egiluvchanligi va rang-barangligiga qaratish zarur. Bularning barchasini ijroda ifoda etish uchun har bir motiv chegarasini, uning mustaqilligini his etishni xotirada mustahkamlash juda muhimdir. Har bir motivni tinglash, va uni ravon kuychan tovush bilan chalish foydalidir. 4-taktda uzun melodik oqimda alohida ifodali motiv va iboralarni farqlash lozim, buning natijasida ijro yanada mazmunli va ta‟sirchan bo„ladi. Shu yo„l bilan polifoniya qiyinchiliklaridan biri – uning muttasil oquvchanligi bartaraf etiladi. Shu bilan birga bo„linishlar ustidagi ish, motivlardan tashkil topgan uzun melodik tuzilma talaffuzining yaxlitligini buzib qo„ymasligi kerak. 8-taktda rivojlanish E- dur sakkizovozli akkordiga olib keladiki, u o„ta salmoqli va to„laqonli, garmonik jihatdan mukammal yangrashi kerak. f nyuansidagi “choraktalik” pauzadan so„ng birdaniga yorqin kontrast olib kiruvchi tokkataviy ostinatoli hosilalar yangraydi: Bu tokkatali orolcha kollaj tasavvurini uyg„otmasligi kerak, uni katta did bilan, nihoyatda ifodali qilib chalish, trelsimon ko„rinishda oltitovushli akkordga
olib kelish va fermatadan so„ng musiqaning badihaviy (improvizatsion) oqimini davom ettirish lozim. Mazkur bo„limning keyingi rivojlanishida I.S.Bax figuratsiyalarning rang-barang turlaridan foydalanadi va bularning barchasini yorug„ E-durda yakunlaydi. Tokkataning to„rtinchi bo„limi Allegro o„z tuzilishi bilan fugani namoyon etadi. Fuga mavzusi hajman 4 taktni egallaydi. U “o„n oltitaliklar” melodik- garmonik figuratsiyalarning umumiy shakllari asosida tuzilgan bo„lib, o„zida yashirin ikkiovozlik unsurlarini jamlagan: Fugadagi ovozlarning boshlanish tartibi quyidagicha:
T_______________ T_____________________ T____________
intermediya mavjud. Mavzuning xarakteri tokkataviy harakatga monand shiddatli, intiluvchan va bir qadar motorlidir. Fugadagi polifonik rivoj mutlaqo erkin, uning o„rta bo„limida invensiya toifasidagi ikkiovozli faktura ustunlik qiladi va faqat Tokkataning oxiriga kelib faktura zichlashadi, unda kompozitor harakatni sezilarli ravishda kengaytirib, musiqaning tantanavor xarakterini unga bayramona qo„ng„iroqlar jarangi imitatsiyasini kiritish hisobiga kuchaytiradi: Oxirgi uch takt birinchi bo„limning intonatsion materialini umumlashtiradi. Tokkatani ulug„vor Grave sakkiztovushli E-dur akkordining ko„tarinki jarangi bilan yakunlaydi. Shunday qilib, № 2 Tokkata e-moll qadimiy klavir tokkatalari yaratuvchisi bo„lgan - I.S.Baxning ijodiy laboratoriyasiga kirish imkonini beradi. Ushbu asar uslubi o„zining ajabtovur birligi, yuksak go„zalligi va mazmunining mumtozona aniqligi bilan ajralib turadi. Mazkur asar ustidagi ishning umumiy yo„nalishi talabaning tashabbusi va mustaqilligi, shuningdek tinglash qobiliyatining talabchanligi va ijodiy tasavvuridan kelib chiqishi kerak. Pedagogning vazifasi – o„quvchi ishini I.S.Bax uslubini tushunishga va kompozitor musiqasi bilan ruhiy aloqani topishga yo„naltirishdir. Ana shundagina natija ishonarli bo„ladi va maqsadga erishiladi. №7 Tokkata G-dur – I.S.Baxning eng yorqin sahifalaridan biridir. U juda ixcham bo„lib, talabaga o„z musiqasining go„zal tovush olamini ochish imkonini beradi. Tokkata uchta bo„limdan iborat uch qismli kompozitsiyaga ega: chetki qismlari tez sur‟atda, o„rtaliq esa vazmin:
|
ma'muriyatiga murojaat qiling