Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
17-18-машғулот
Йирик жанрдаги асарлар тахлил қилиб, улар устида ишлаш Texnik ko„nikmalarni izchil egallash bo„yicha fundamental fortepiano maktabi asoschisi K.Cherni qalamiga mansub Tokkata C-dur op.92 (1828) uning estetik tamoyillari o„zanida joylashgandir. Asar qo„sh notalar texnikasiga tayangan, ko„p unsurli musiqiy texnikani o„zida jamlagan mahobatli kompozitsiyani namoyon etadi. Tokkata shaklan keng rivojlantirilgan yakuniy qismga ega uch qismli tuzilmani namoyon etadi. Tokkatadagi asosiy chalish usuli legatodir. Artikulyatsiyaning barcha turlari orasida – deya ta‟kidlaydi N.Terenteva, K.Cherni ayniqsa “legato”ga katta ahamiyat bergan. L.Betxovenning pianinochilik xususidagi vasiyatlariga rioya qilgan K.Cherni tovush sadolantiruvchi bu usulni asosiy, deb hisoblagan: “Qolgan barcha turlar tushe (bosib chalish usuli) -
artikulyatsion belgilar ko„rsatilmagan taqdirda ham istisno tariqasida nazarda tutiladi” 8 . Tokkataning birinchi taktida esa nota matnida ko„rsatilgan ligalardan tashqari yana legato remarkasi ham mavjud: Tokkata ustida ishlashni boshlayotib, talaba e‟tiborini u qadar tezkorlikni ko„zlamagan Allegro commado sur‟at belgisiga qaratish lozim, zero pyesani darhol tez sur‟at bilan chalish qo„llarning qotib qolishiga olib keladi. Tokkatani qo„sh notalarni puxta chalib, ularning jarangiga quloq tutib, o„ta vazmin sur‟atda o„rganish foydalidir. Faqat shundan keyingina nota matni va applikatura mukammal darajada o„zlashtirilgach, sur‟atni asta-sekin tezlashtirish mumkin. Tokkata ustida ishlashda barmoqlar mustahkamligi, “o„n oltitalik” notalarning aniqligi va ravonligi muhim ahamiyat kasb etadi. “O„n oltitaliklar”ning bir maromli pulsatsiyasi pyesaning boshidan oxiriga qadar ushlab turiladi, bu asnoda ritmik ostinatolilik texnikaning turli unsurlari almashinuviga, shuningdek registrlar almashinuviga asoslangan o„ta faol figuratsion rivoj bilan qoplanadi. Shunday qilib, ikkinchi sakkiz taktlik bir oktava yuqorida takrorlanadi, va u baland registrda o„zgacha tembr bo„yog„ida, birmuncha yorug„ va shaffof yangrashi kerak, garchi p belgisi xuddi boshlanishdagi kabi saqlanib qolgan bo„lsa-da: Musiqiy rivoj f nyuansidagi yorqin pastlovchi kaskadga olib keladi: K.Cherni bu yerda pianinochiga legato chalish lozimligini eslatadi. O„ng qo„l partiyasidagi applikaturani nihoyatda puxtalik bilan tanlash va yaxshi legatoga erishish lozim. 22-taktda “o„n oltitaliklar” guruhining har birinchi notasiga tushuvchi sf alohida e‟tibor talab qiladi. Xromatizmlar ijrosi juda ifodali va yorqin bo„lishi kerak. 23-taktdan shiddatli modulyatsion rivoj va artikulyatsiyaning yangi turlari bilan, xususan “legato” va “staccato”ning o„zaro almashinuvi ila tavsiflanuvchi pyesaning o„rta qismi boshlanadi: Ushbu usul tufayli musiqa skersosimon tus oladiki, uni tinglovchiga yetkazib berish maqsadga muvofiqdir. Passajlarning rang-barang turlari cholg„uning barcha registrlarini qamrovchi tersiyaviy ketma-ketliklarning Bu passaj juda yorqin, parvozli, hech qanday tarangliksiz yangrashi lozim. Shundan so„ng asosan birinchi qism materialini takrorlab, hajmdor kodani tayyorlovchi va dominantali tuzilma (predыkt)ga olib keluvchi repriza boshlanadi, unda talaba barcha avvalgi rivojlanishlarni umumlashtirishi va o„zining cholg„uni mukammal boshqarishini, hamda pianinochilik mahoratini yorqin tarzda namoyish etishi kerak. O„qituvchi talabaga asar musiqiy shaklida dominantali tayyorlovchi
8 Терентьева Н. Карл Черни и его этюды. Л., 1978, с.40 tuzilma (predыkt) vazifasini tushuntirib berishi, chap qo„l partiyasida kompozitor ritmik jihatdan ajratib ko„rsatgan oktavali baslarni ta‟kidlash uchun qo„ygan sf ga e‟tibor qaratishi kerak: Tokkatadagi fortepiano texnikasining ko„p unsurliligini hisobga olgan holda, pyesani bayon turlari bo„yicha o„zlashtirish maqsadga muvofiq, buni talabaga mustaqil ravishda aniqlash va tizimlashtirishni taklif etish lozim. Masalan, Tokkataning birinchi takti trel texnikasini ishlab chiqishga yo„naltirilgan. O„ng qo„l partiyasidagi tersiyalarning o„zaro almashinuvi ustida ishlash barmoqlarning mukammal mustaqilligini rivojlantirishga mo„ljallangan. Sof texnik maqsadlardan tashqari K.Cherni bunda dinamik artikulyatsion vazifalarni ham nazarda tutgan. Musiqiy mato ovozlari muayyan tovush bo„yog„iga ega bo„lishi kerak. Tokkatada keng diapazonni qamragan tersiyaviy ketma-ketliklar asosidagi gammasimon passajlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu harakatning ham parallel, ham tarqaluvchi, ham yig„iluvchi turlaridir. “K.Cherni – deya ta‟kidlaydi N.Terenteva - XVIII-XIX asrlarda yashab ijod etgan ko„plab pedagoglar singari C-dur gammasini boshlang„ich deb, qo„llarning oq klavishlardagi holatini esa eng tabiiysi deb hisoblagan” 9 . Qo„sh notali gammasimon passajlar ustida ishlash ijrochi oldiga murakkab vazifalarni qo„yadi. Texnikaning bunday turini o„zlashtirish asl virtuoz epchillikni tarbiyalaydi, talabani passajni yagona irodali intilish sifatida tafakkur etishga o„rgatadi. Keng tasavvurni, shuningdek qo„llarni butun klaviatura bo„ylab yurgizishni rivojlantiradi. Tokkatani o„rganish ko„p jihatdan o„ta foydalidir. Birinchidan, u barmoqlarni faollashtiradi, ularning yengilligi, aniqligini tarbiyalaydi, ya‟ni, texnikaning har qanday turini muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bo„lgan sifatlarni shakllantiradi. K.Cherni Tokkatasi talabada metroritmik uyushqoqlikni a‟lo darajada shakllantiradi, artikulyatsion ko„nikmalarni rivojlantirish, harakat energiyasini his etish imkonini beradi. K.Cherni Tokkatasi tarbiyalaydigan metroritmik uyushqoqlik va intizom, asl badiiy ritmni egallash uchun poydevordir. Uyushqoqlik ritmik jihatdan qanchalik aniq bo„lsa, texnika sifati ham shunga yarasha bo„ladi. Aniq, bir maromli pulsatsiya ham shuncha aniq dvigatelli hislarni, avvalo barmoq ravonligini ta‟minlaydi. K.Cherni butun tokkatada davomida “o„n oltitaliklar” chizmasi stereotoifasini ongli ravishda saqlab qolgan, boisi u ritm va motorika bog„liqligini juda yaxshi anglagan. Ya‟ni, B.Teplov ta‟kidlaganidek, “ritm hissi o„zining asosida motorli tabiatga ega” 10 . K.Cherni Tokkatasi buning yorqin ifodasidir, unda bir 9 Терентьева Н. Карл Черни и его этюды. Л., 1978, с.27-28 10 Теплов Б. Психология музыкальных способностей. М., 1947, с.272 maromli pulsatsiya dvigatelli ko„nikmalar tashkilotiga vaqt bo„yicha tayanadi. Mazkur pyesa aynan shu ma‟noda fortepiano mahoratini egallash va san‟atning bu yo„lini doimiy takomillashtirishdagi haqiqiy, tengsiz pog„onadir. K.Cherni tomonidan topilgan Tokkata usullaridan keyingi davrlarda yashagan barcha kompozitorlar individual o„zgartirishlar bilan foydalanganlar. Bunga fortepiano texnikasining barcha murakkab turlari bilan to„yingan ulkan polotnolarni namoyon etuvchi R.Shuman va S.Prokofyev Tokkatalari yorqin misoldir.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling