Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
19-20-машғулот
Ўрганилаѐтган асарлар устида ишлаш (педаль, аппликатура, штрихлар) R.Shumanning C-dur op.7 Tokkatasi (1830, ikkinchi tahriri 1833) – buyuk nemis kompozitorining mazkur janrda yaratgan yagona asaridir. Kompozitor bu asarini o„zining eng yaqin do„sti, iste‟dodli pianinochi va kompozitor Lyudvig Shunkega (1810-1834) bag„ishlagan. U Shumanning “Yangi musiqiy jurnal”da hamkor muharrir, kompozitorning hamfikri edi. L.Shunke musiqachi- valtornachilar oilasida o„sgan, uning akasi esa pianinochi edi. musiqada yangi yo„llar ochishga intilish R.Shumanni L.Shunke bilan birlashtirdi. L.Shunke nihoyatda iste‟dodli, ijodkor shaxs edi. U Shuman uchun ko„p jihatdan Florestan va Evsebiya obrazlarining prototipi bo„ldi. Tokkatani do„stiga bag„ishlar ekan, R.Shuman unda o„smirlikdagi hayotiy faollik, hayotni tanishga bo„lgan chanqoqlik g„oyasi konsepsiyasini ifodalaydi. C-dur tonalligi R.Shumanni eng g„ayrioddiy tovush eksperimentlari, shifr va ramzlarga ilhomlantirgan (kompozitorning fortepiano asarlari ular bilan to„lib-toshgan) Klara Vik obrazi bilan semantik bog„liqlikka ishora qiladi. R.Shuman Tokkatasi zamondoshlarini o„zining yorqinligi va g„oyasining hajmdorligi bilan hayratlantirdi. R.Shuman uchun Tokkata yaratishda bir qator zamonaviy asarlar, xususan, fransuz kompozitori va pianinochisi Jorj Onslovning Kapris va or.6 Tokkatasi turtki bo„lib xizmat qildi. Uning asaridagi so„nmas energiya, garmonik originallik o„sha davrda yaratilgan shu kabi tajribalarning barchasini ortda qoldirdi. R.Shuman Tokkatasi – o„zining qat‟iy uslubiga qaramay tinglovchiga teran, zabt etuvchi sehr bilan ta‟sir o„tkazadigan, originallik va yangilikka to„la asardir. Tokkata - sonata shaklida yozilgan bo„lib, bu ham uni shunga o„xshash asarlar orasidan ajratib turadi. R.Shumanning novatorligi pyesaning dadil garmonik tilida, kompozitorga xos bo„lgan polifonik bayon uslubi bilan bog„liq akkordli va akkordsiz tovushlar kesishuvida ham namoyon bo„ldi.
Asar ikki taktli muqaddima bilan ochiladi, unda R.Shumanning epigraf- imperativi tinglovchilarni to„xtovsiz tovush oqimi bilan shiddatli tarzda intilayotgan voqealarga chorlagan holda, mag„rurlik bilan e‟lon qilinadi: Bosh partiyaning akkordli tuzilmasi, to„rtovozli bayoni barmoqlarni faol ishlashga, spetsifik motorli zarbli texnikadan foydalanishga majbur qilib, juda katta aniqlik va zarblar mustahkamligini talab etadi. Ҳosil bo„lgan dissonans jaranglar o„zaro keskin tarzda to„qnashib, asarning energetik pafosi, sof shumancha ajoyibot va originallikni ifodalaydi. 21-taktdan e‟tiboran pyesaning boshida berilgan faktura toifasi yangi detallar bilan boyitilgan holda, asta-sekin o„zgarib boradi. Shunday qilib, 21-taktda chap qo„l partiyasi sinkopalangan akkordlar ko„rinishida yiriklashadi, 25-taktdan esa shumancha miniatyuralarga xos, fakturaning mutlaqo yangi “notokkataviy” toifasi paydo bo„ladi: Bu bog„lovchi partiya. U o„zining polimelodikligi hamda sirli, sehrli tovushlarga qo„shilib ketuvchi turli ritmik figuralarning ajib o„yini bilan lol qoldiradi. Bu - R.Shumanning hayratlanarli topilmasidir. Ushbu tovushlar miraji 33-34 taktlarda tersiyaviy passajlarning shiddatli tarzda yopiriluvchi oqimiga borib quyiladi va keyinchalik harakat umumiy shakllari xromatizmlariga boy tokkatalilikning yangi to„lqinini hosil qilib, fakturaning o„rta qatlamida, avval chap qo„l partiyasida yangrovchi, so„ngra esa oktavalar bilan bayon etiladigan o„ng qo„l partiyasiga o„tuvchi keng rivojlangan irodali, bo„rttirilgan kuyning paydo bo„lishiga olib keladi: Mazkur kuy G-dur dominanta tonalligidagi rang-barang figuratsiyalar oqimi fonida juda yorqin yangraydi va yondosh partiya mavzusi sifatida qabul qilinadi. U ekspozitsiyaning yakuniy partiyasini hosil qiluvchi “o„n oltitaliklar”ning shiddatli oqimiga jalb etiladi, uni R.Shuman mumtoz an‟anaviy sonata shakllariga muvofiq tarzda takrorlaydi. Rivojlov qismiga ekspozitsiyaning barcha mavzuiy unsurlari, shu jumladan boshlang„ich ko„rsatma sifatida epigraf, voqealarga chorlov jalb etilgan. Rivojlov qismida tonal rivojlanish “a-moll”dan “d-moll”gacha bo„lgan tonalliklarning keng qamrovini o„z ichiga oladi va oktavali repetitsion texnikadan foydalanadi: Yakunda rivoj dominantali tayyorlovchi tuzilma (predыkt) va bosh mavzudan avval keluvchi muqaddimaga yetib keladi, u reprizada o„zgarishsiz bayon etiladi. Bog„lovchi partiyaga kelsak, u cholg„uning barcha registrlari qamrovining apogeyasiga erishgan holda, virtuoz pianizmning hajmdor rivoji borasida ahamiyatli ravishda o„zgartirilgan va simfoniyalashtirilgan. Ushbu bo„limni ijro etayotib, ligalar bilan belgilangan kuy chiziqlarining keng qamroviga intilish, melodik to„lqinlarning egiluvchanligiga erishish zarur. Tovush bazmining ayni qizigan pallasida C-dur tonalligida yondosh partiya mavzusi paydo bo„ladi, u dastlab chap qo„l partiyasida, so„ngra esa oktavali bayon bilan o„ng qo„l partiyasida yangraydi. Yondosh partiya mavzusining paydo bo„lishini undan oldin kelgan to„rt taktda tayyorlash zarur, unda R.Shumanning diminuendo e ritardando ko„rsatmasi mavjud. Ushbu ko„rsatmaga muvofiq tarzda, yondosh partiya mavzusi yanada ahamiyatli va ta‟sirli yangrashi uchun jarang kuchini zaiflashtirish, harakatni kengaytirish zarur. Bu ulug„vor mavzu e‟lon qilingandan so„ng harakatning umumiy shakllariga shu mavzuning punktir ritmlari jalb etiladi, ular musiqiy ta‟sir psixologizmini, uning mutlaq emotsional to„yinganligini chuqurlashtirib, xuddi ichki ovozlardek yangraydi. Fakturaning keyingi zichlashuvi, fortepiano yuqori registrining qamrovi tovush oqimini kuchaytirib, uning quvvatini oshiradi va yakunda akkordlarning kuchli kaskadi va Piu mosso yakunlovchi bo„limiga olib keladi, unda chap qo„l partiyasidagi yondosh partiya mavzusining ohanglari eslatiladi, ayni paytda o„ng qo„l partiyasida katta sekundali yuqorilovchi ohanglarning poliritmik birikmasi yangraydi: Mazkur yakunlovchi bo„lim katta texnik qiyinchilik tug„diradi va ijrochidan mahorat hamda ijro erkinligini talab etadi. R.Shuman Tokkatasi, M.Ravel Tokkatasi, S.Prokofyev Tokkatasi kabi eng murakkab asarlarga yo„l ochgan bo„lib, jahon pianizmi cho„qqilaridan biri sanaladi va musiqachining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Zamonaviy pianinochi uchun murakkabliklar chegarasi bo„lmaydi, shu ma‟noda mazkur pyesa texnik va badiiy mukammallik sari yana bir pog„onadir. Asosiysi R.Shuman- romantikning boy qalb dunyosini aks ettiruvchi ushbu musiqaning ruhiy mazmunini anglab yetishdir. Bunda o„qituvchining vazifasi nafaqat mazkur asarda talaygina bo„lgan texnik qiyinchiliklarni o„zlashtirish, balki musiqa mazmunining badiiy rejasiga ham yo„naltirilishi kerak. R.Shuman Tokkatasida yosh musiqachi ko„plab qiziqarli va foydali narsalarni topadi: bu - nafaqat texnik, balki keng nafas talab etuvchi kantilena, chalish usullari kabi ifodaviy jabhalardir; bu - sonata-simfonik dramaturgiya bilan bog„liq original shakllantiruvchi tamoyillardir. Bunday holatda texnik muammolar yechimi ham muvaffaqiyatliroq bo„ladi. R.Shuman Tokkatasini kontsert sahnasiga olib chiqish shart emas, biroq ushbu murakkab pyesa bilan sinfda, ishchi tartibda rejani topshirish darajasida tanishish musiqachi shaxsini rivojlantirishga, musiqiy tafakkurni kengaytirishga va yirik shakllarni qamray olishga yordam beradiki, bular R.Shuman Tokkatasida o„ta original tarzda namoyon bo„lgan.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling