Konservatoriyasi umumiy fortepiano


Maestoso  a  piacere        Un  poco  Allegro            Adagio.  Quasi  recitativo


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#204994
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Bog'liq
Umumiy-fortepiano-mazhmua

Maestoso  a  piacere        Un  poco  Allegro            Adagio.  Quasi  recitativo         

Allegro Fuga 

 

Shunisi  e‟tiborliki,  har  bir  bo„lim  E-dur  tonalligida  yakunlanadi.  Bu 



Tokkataga  qadimiy  syuita  qirralarini  baxsh  etadi,  undagi  barcha  qismlar  odatda 

bitta  tonallikda  yozilgan.  Erkin,  ixtiyoriy  ravishda  rivojlanuvchi  birinchi  bo„lim  



Maestoso  a  piacere  ko„tarinki  lirik-falsafiy  tuyg„ular  olamini  ifodalaydi. 

Boshlang„ich  motiv  yorqin  individuallashtirilgan,  ifodali  bo„lib,  basda  bayon 

etiladi va f  nyuansida nihoyatda bo„rttirilib, tugal ijro qilinadi. Yo„g„on erkaklar 

ovozi sifatida unga ayollar ovozining mayin pastlovchi melodik figuratsiyasi javob 

beradi:  

Dastlabki olti takt erkaklar va ayollar ovozlarining  dialogiga qurilgan, hosil 

bo„luvchi  tokkataviy  harakat  yana  “dialog”ga  aylanadi,  biroq  endi  boyitilgan 

qo„shimcha ovozlar bilan. Bo„lim go„yoki havoda muallaq qotib qolgandek, sokin 

tarzda E-dur uchtovushligi bilan yakunlanadi. 

Tokkataning  ikkinchi  bo„limi  Un  poco  Allegro  –  shijoatli  faol,  polifonik 

tusda bo„lib, muqaddima boshlang„ich motivining xromatizatsiyalashgan unsuridan 

unib  chiqadi  va  intonatsion  hamda  ritmik  o„zgarishlarga  uchraydi.  Ushbu 

bo„limning polifonik fakturasini tushunib olish uchun, uni batafsil tahlil qilib, bosh 

va  ikkinchi  darajali,  jo„r  bo„luvchi  ovozlarni  ajratib  olish  lozim.  Iboralar,  nota 




matnida  ko„rsatilgan,  bosh  tovushdanoq  ijro  etish  lozim  bo„lgan  ligalar,  bezaklar 

alohida e‟tibor talab qiladi: 

Shuni  hisobga  olish  kerakki,  kuy  chizig„idagi  melizmlar  ijrosining  tezligi 

ushbu musiqa xarakteriga bog„liq. 

Ushbu bo„lim ijrosining murakkabligi shundaki, barcha ovozlar mutlaqo har 

xil  funksiyalarga  ega  bo„lib,  o„zlarining  intonatsion  tuzilishi  bo„yicha  ham 

turlichadir.  Shunday  qilib,  o„zaro  zich  bog„langan  uchta  yuqorigi  ovoz, 

muqaddimaning  mavzuiy  materialini  erkin,  va  shijoat  bilan  rivojlantiradi,  ayni 

paytda  bas  ajratib  qo„yilgan,  go„yoki  izolyatsiyalangandek.  Uning  intonatsion-

ritmik o„ziga xosligi jo„rnavozning odatiy qirralarini  namoyon etadi, bu esa mos 

keluvchi dinamikani, pastki ovoz kuy chizig„ini yiriklashtirib berishni talab etadi. 

Ovozlar  o„rtasidagi  bunday  dinamik  kontrast  I.S.Baxning  klavir  uslubiga  xos 

bo„lib,  klavesin  dinamikasidan  keluvchi  tarixiy  asosga  ega.  Klavesinlar  ikkita 

klaviatura  manulali  bo„lgan:  bittasi  forte  tovushini,  boshqasi  esa  pianoni 

sadolantirishga  mo„ljallangan.  Klaviaturalar  almashinuvi  odatda  kadanslardan 

so„ng, uzoq davom etuvchi pauzalar va fermatalar vaqtida yuz berganki, bu mazkur 

Tokkataning dinamik va kompozitsion tomonlarida o„z aksini topgan. 

Asarning  uchinchi  bo„limi  Adagio.  Quasi  recitativo  tinglovchida 

hayratomuz  taassurot  qoldiradi.  I.S.Baxning  Quasi  recitativo  ko„rsatmasi 

musiqaning vokal tabiatini, uning alohida ifodaviyligini ta‟kidlaydi. Ushbu bo„lim 

musiqasi ham intonatsion, ham fakturaviy jihatdan birinchi bo„limga yaqin bo„lib, 

ko„tarinki, iltijoli holat ifodasidir:  

Musiqaning  elegik  xarakteri  motivlarning  o„zaro  bir-birini  to„ldiruvchi 

dialogini  hosil  qiluvchi  pastga  yo„nalgan  figuratsiyalar  bilan  ta‟kidlanadi.  Bunda 

talaba e‟tiborini motivlarning dialogik aloqasiga, ular ohanglarining egiluvchanligi 

va rang-barangligiga qaratish zarur. Bularning barchasini ijroda ifoda etish uchun 

har bir motiv chegarasini, uning mustaqilligini his etishni xotirada mustahkamlash 

juda  muhimdir.  Har  bir  motivni  tinglash,  va  uni  ravon  kuychan  tovush  bilan 

chalish foydalidir. 

4-taktda  uzun  melodik  oqimda  alohida  ifodali  motiv  va  iboralarni  farqlash 

lozim, buning natijasida ijro yanada mazmunli va ta‟sirchan bo„ladi. Shu yo„l bilan 

polifoniya  qiyinchiliklaridan  biri  –  uning  muttasil  oquvchanligi  bartaraf  etiladi. 

Shu bilan birga bo„linishlar ustidagi ish, motivlardan tashkil topgan uzun melodik 

tuzilma  talaffuzining  yaxlitligini buzib  qo„ymasligi kerak. 8-taktda  rivojlanish  E-

dur sakkizovozli akkordiga olib keladiki, u o„ta salmoqli va to„laqonli, garmonik 

jihatdan mukammal yangrashi kerak.  f  nyuansidagi “choraktalik” pauzadan so„ng 

birdaniga yorqin kontrast olib kiruvchi tokkataviy ostinatoli hosilalar yangraydi: 

Bu  tokkatali  orolcha  kollaj  tasavvurini  uyg„otmasligi  kerak,  uni  katta  did 

bilan,  nihoyatda  ifodali  qilib  chalish,  trelsimon  ko„rinishda  oltitovushli  akkordga 



olib  kelish  va  fermatadan  so„ng  musiqaning  badihaviy  (improvizatsion)  oqimini 

davom  ettirish  lozim.  Mazkur  bo„limning  keyingi  rivojlanishida  I.S.Bax 

figuratsiyalarning  rang-barang  turlaridan  foydalanadi  va  bularning  barchasini 

yorug„ E-durda yakunlaydi.  

Tokkataning  to„rtinchi  bo„limi    Allegro  o„z  tuzilishi  bilan  fugani  namoyon 

etadi.  Fuga  mavzusi  hajman  4  taktni  egallaydi.  U  “o„n  oltitaliklar”  melodik-

garmonik  figuratsiyalarning  umumiy  shakllari  asosida  tuzilgan  bo„lib,  o„zida 

yashirin ikkiovozlik unsurlarini jamlagan:  

Fugadagi ovozlarning boshlanish tartibi quyidagicha: 

 

                        T_______________ 



            T_____________________ 

                               T____________ 

 

 

Javob  aniq,  mavzuning  ikkinchi  va  uchinchi  o„tishi  orasida  bir  taktli 



intermediya mavjud. Mavzuning xarakteri tokkataviy harakatga monand shiddatli, 

intiluvchan va bir qadar motorlidir. Fugadagi polifonik rivoj mutlaqo erkin, uning 

o„rta  bo„limida  invensiya  toifasidagi  ikkiovozli  faktura  ustunlik  qiladi  va  faqat 

Tokkataning oxiriga kelib faktura zichlashadi, unda kompozitor harakatni sezilarli 

ravishda  kengaytirib,  musiqaning  tantanavor  xarakterini  unga  bayramona 

qo„ng„iroqlar jarangi imitatsiyasini kiritish hisobiga kuchaytiradi:  

Oxirgi uch takt birinchi bo„limning intonatsion materialini umumlashtiradi. 

Tokkatani  ulug„vor  Grave    sakkiztovushli  E-dur  akkordining  ko„tarinki  jarangi 

bilan yakunlaydi. 

Shunday qilib, № 2 Tokkata e-moll qadimiy klavir tokkatalari yaratuvchisi 

bo„lgan  -  I.S.Baxning  ijodiy  laboratoriyasiga  kirish  imkonini  beradi.  Ushbu  asar 

uslubi  o„zining  ajabtovur  birligi,  yuksak  go„zalligi  va  mazmunining  mumtozona 

aniqligi  bilan  ajralib  turadi.  Mazkur  asar  ustidagi  ishning  umumiy  yo„nalishi 

talabaning  tashabbusi  va  mustaqilligi,  shuningdek  tinglash  qobiliyatining 

talabchanligi  va  ijodiy  tasavvuridan  kelib  chiqishi  kerak.  Pedagogning  vazifasi  – 

o„quvchi  ishini  I.S.Bax  uslubini  tushunishga  va  kompozitor  musiqasi  bilan  ruhiy 

aloqani  topishga  yo„naltirishdir.  Ana  shundagina  natija  ishonarli  bo„ladi  va 

maqsadga erishiladi.  

№7  Tokkata  G-dur  –  I.S.Baxning  eng  yorqin  sahifalaridan  biridir.  U  juda 

ixcham  bo„lib,  talabaga  o„z  musiqasining  go„zal  tovush  olamini  ochish  imkonini 

beradi.  Tokkata  uchta  bo„limdan  iborat  uch  qismli  kompozitsiyaga  ega:  chetki 

qismlari tez sur‟atda, o„rtaliq esa vazmin: 

       



       I                       II                III 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling