Konservatoriyasi umumiy fortepiano


meno mosso            A-dur            A-dur                fis-moll           A-dur              A-dur


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#204994
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
Umumiy-fortepiano-mazhmua

meno mosso 

          A-dur            A-dur                fis-moll           A-dur              A-dur              

A-dur 

 

Tokkataning    fis-moll    bilan  boshlanadigan  uchinchi  qismidan  tashqari 

qolgan  barcha  qismlari  asosiy  tonallikda  yozilgan,  biroq  uchinchi  qism  ham  bir 

qator  kichik  og„ishmalar  orqali  A-dur  tonalligiga  keladiki,  unda  keyingi  barcha 

rivojlanishlar kechadi.  

Tokkata A-dur tonalligini ta‟kidlovchi mikroprelyudiyaviy muqaddima bilan 

boshlanadi.  To„laqonli  tonika  uchtovushligining  davomli  jarangidan  so„ng 

Tokkataning o„zi vaqt-vaqti bilan figuratsion yozuv ila almashinib turuvchi motorli 

va zarbli tovush sadolari bilan boshlanadiki, unda G.Persell yozuvning rang-barang 

                                                           

5

 Уэстреп Ж. Генри Перселл. Л., 1980, с.183 



6

 Друскин М. Клавирная музыка. Л., 1960, с.125 




ixtiroviy  texnikasini  namoyon  etgan.  Tokkatani  chalishni  boshlayotib,  “o„n 

oltitalik”  cho„zimdagi  pauza  (to„xtam)ni  his  etish  va  tovush  ravonligiga  erishish 

zarur: 

Pyesada dinamik belgilar va applikatura qo„yilmagan, shu bois musiqaning 

uslubi  va  xarakteriga  mos  keluvchi  dinamik  belgilar  spektrini  belgilash  va 

o„quvchiga  ko„rsatib  berish  o„qituvchi  ixtiyoriga  havola  etilgan.  Terrasasimon 

dinamikani qo„llash ham mumkin, u klavir musiqasida forte va piano dinamikasiga 

mos  keluvchi  ikki  klaviatura-manulali  klavesinning  texnologik  qurilma 

xususiyatlari  munosabati  bilan  qabul  qilingan.  Tokkataning  tovush  sadosi 

mukammal darajada ravon, o„ta aniq va ayni paytda aloqali bo„lishi kerak.  

G.Persell Tokkatasi ustida ishlashning ahamiyatli tomoni - gorizontal, linear 

tinglashni vertikal ovozlarni  tinglash  bilan  bir vaqtda olib borishdadir.  Tokkatani 

chalar  ekan,  o„quvchi  gorizontal  rivojlanish  chizig„ini  his  etishi,  va  ayni  paytda 

garmonik matoni tinglay olishi kerak. 

O„qituvchi  Tokkata  ustida  ishlayotib,  ijrochiga  qadimgi  klavir 

tokkatalarining  tuzilish  xususiyatlarini  tushuntirib  berishi,  u  (o„quvchi)ning 

e‟tiborini  musiqiy-konstruktiv  asosga  qaratishi  kerak.  Shunday  qilib,  asarning 

birinchi  bo„limi  qadimgi  sonata  yoki  syuita  qismlariga  monand  tarzda  o„ta  aniq 

yakunlanadi.  Tokkataning  birinchi  qismini  yakunlayotib,  nota  matnidagi 

ishoralarga  muvofiq  tarzda  mavzuni  sekinlashtirish  va  kadentsiyani  nihoyatda 

bo„rttirib,  ahamiyatli  qilib  chalish  zarur.  G.Persell  kadentsiyani  ritmik  jihatdan, 

asar  bo„limining  shaklini  ta‟kidlagan  holda,  yiriklashtiradi.  Bu  yerda  jarang 

to„laqonli va kuychan bo„lishi darkor: 

Yakunlovchi  tonika  akkordini  nihoyatda  yaxshi  eshitish  va  faqat  shundan 

keyingina pyesaning ikkinchi bo„limi Piu allegroni ishonch bilan, o„ta aniq tarzda 

boshlash lozim. U birovozli ko„rinishda o„ng qo„l partiyasida boshlanadi, ammo bu 

birovozlikda yashirin ikkiovozlik alomatlari aniq seziladiki, ularni eshita olish va 

ijro  orqali  ifodalash,  taktning  artikulyatsion  kuchli  hissasini  ta‟kidlash  lozim. 

Garmonik  figuratsiyalarning  o„ng  qo„ldan  chapiga  o„tkazish  tabiiy  bo„lishi, 

musiqaning  harakatlanayotgan  umumiy  oqimini  buzmasligi  kerak.  U  (oqim) 

Tokkataning bu bo„limida birmuncha jonli va intiluvchan bo„lib qoladi. 

Tokkataning  ikkinchi  qismidan  uchinchisiga  o„tish  alohida  e‟tibor  talab 

qiladi,  u  figuratsiyalarning  triolli  toifasiga  xos  bo„lgan  jiga  xarakterida  yozilgan. 

G.Persell  jigaga  o„tishni  ritmik  chizmalar  almashinuvi  yordamida,  ajoyib  tarzda 

amalga  oshiradiki,  bu  almashinuvlar  asnosida  “o„n  oltitaliklar”  sur‟atning  tobora 

sekinlashuvi  bilan  yangi  mazmun  ila  to„ldiriladi  va  “o„n  oltitaliklar”  triollariga 

tabiiy ravishda aylanadi:  

E‟tirof etish joizki, G.Persell uchinchi qismda juda kam uchraydigan 18/16 

o„lchovini  qo„llaydi.  Bu  bo„lim  parallel  minorda,  fis-moll  tonalligida  boshlanadi, 



ammo  tezlik  bilan  Tokkataning  asosiy  tonalligiga  qaytadi.  Ikkiovozlik  ustun 

bo„lgan avvalgi bo„limdan farqli o„laroq, jigada G.Persell musiqiy matoni uch va 

to„rtovozliklardan  foydalangan  holda,  ovozostilar  bilan  to„yintiradi.  Rivojlanish 

jarayonida  jigada  musiqaning  tokkataviy  xarakteri  ta‟kidlanadi,  Tokkataning 

to„rtinchi  “Subito  piu  adajio”  qismi  boshlanishiga  olib  keluvchi  triollarning 

ostinatoli figuratsiyalarida jarangning motori va zarbi kuchayadi:  

Ushbu  bo„lim  musiqasi  –  lirik  tuyg„ularning  shoirona  orolchasi  nihoyatda 

ko„tarinki  bo„lib,  kantilenali  jarangni,  har  bir  tovushni  tinglashni  talab  etadi.  Bu 

yerda  ijrochi  nafis  akvarel  bo„yoqlarni  topa  bilishi,  fakturaning  barcha 

ovozlarining o„zaro bog„liqligini his etishi, Tokkataning beshinchi bo„limi “Tempo 

I”ga silliq o„tuvchi ularning shoirona lirik dialogini yetkazib berish zarurki, unda 

dastlabki shiddatkor tokkataviy harakat qayta tiklanadi. 

Tokkata,  noan‟anaviy  tarzda  juda  shaffof  yangrab,  asosiy  tonallik  uchun 

ladning III pog„onasi bo„lgan VI pog„onaga olib keluvchi mo„ljallagan dominanta 

tonalligiga  og„ishma  va  sur‟atni  sekinlashtirish  orqali  tayyorlangan  “meno 

mosso”dagi nafis koda bilan yakunlanadi:   

Keyingi  garmonik  bo„yoqlar  Tokkataga  asarning  oxirgi  uch  taktidagi 

“Adajio”ga tabiiy ravishda quyiluvchi lirik tuyg„uning maftunkorligi va nozikligini 

olib kiradi.  

G.Persellning A-dur Tokkatasi ijrochiga pianinochilik malakasi va badiiy didni 

rivojlantirishda boy manbani taqdim etadi. Pyesa kontsert-ijrochilik repertuarini 

yangilash va kengaytirishga intilgan yosh musiqachilar e‟tiborini jalb etishi kerak.   

 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling