Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Allegro Adajio Allegro
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adajio
Allegro Adajio Allegro
Tokkataning birinchi bo„limi pog„onama-pog„ona pastlovchi melodik harakat bilan boshlanadi. I.S.Baxda tezkor notalar harakati odatda melodik xarakterga ega bo„lib, aksariyat vaziyatlarda bunday kuy chizig„i pog„onama- pog„ona pastlovchi harakatni namoyon etadi: Bunday turdagi passajni chalayotib, uning harakati uchun tayanch nuqtalarni topa bilish zarur, hammasini bir xil chalish mumkin emas. Musiqiy ibora muayyan tayanch nuqtaga intilayotganini tinglovchi his etishi zarur. Ijro tafakkur etilgan bo„lishi kerak. Birinchi nota g² ni uzoq cho„zib yubormaslik lozim. Kuyni o„ng qo„ldan chapiga o„tkazish, nihoyatda silliqlik bilan, sezdirmasdan amalga oshiriladi. 3- va 4-taktlarda pastlovchi kuy chizig„i yiriklashib, akkordlar ko„rinishida bayon etiladiki, ular keng va ko„tarinki ruhda yangrashi joiz. Bu akkordli majmua jonli va ifodali bo„lishi kerak. Mazkur vaziyatda musiqiy rivoj mantiqi bir vaqtning o„zida ikki koordinat bo„yicha taqsimlanadi: ya‟ni, darhol ikki holatni qayd etadi – melodik (chiziq) va garmonik (akkord)ni. Shu bilan birga faktura egiluvchanligi va harakatchanligiga erishiladi. 5- va 6-taktlarda jarangning tembr go„zalligiga sabab bo„luvchi kontrapunkt usuliga e‟tibor qaratish zarur. Allegroning keyingi barcha rivojlanishlari Tokkataning boshlanishida ma‟lum bo„lgan mana shu uchta koordinatlarga asoslanadi. I.S.Bax fakturani zichlash va bo„shashtirish usulini, fakturaviy o„zgarishlarni ajratib ko„rsatuvchi registr kontrastlari va dinamik qarama-qarshiliklarni mahorat bilan qo„llaydi. Natijada Tokkata ushbu bo„limining dramaturgik istiqboli dinamikasini ta‟minlaydi. Asarning o„rta bo„limi Adajio parallel minorda yozilgan. Ushbu qism musiqasi tuyg„ularning alohida ko„tarinkiligi va ilhombaxshligi bilan ajralib turadi.
jamlab, e‟tibor bilan ijro qilish lozim: Adajio qismi I.S.Bax tomonidan yozuvning o„tkir polifonik texnikasini qo„llash orqali yozilgan: bu - imitatsiyalar, kanonik sekvensiyalar, motivlar aylanmasi va kombinatorika. Bunda musiqiy ifoda ekspressiyasini kuchaytiruvchi pastlovchi xromatik yurishlar va ko„tariluvchi yurishlar muhim ifodaviy ahamiyatga ega. Ushbu bo„lim xotimasida alohida vazminlik va ijro ahamiyatini talab etuvchi con discrezione ko„rsatmasiga e‟tibor qaratish lozim. Majorli dominantadagi yakun nihoyatda ifodali va yorug„ yangraydi. Tokkataning uchinchi qismi Allegro fuga shaklida yozilgan. Fuga mavzusi uch taktli hajmda bo„lib, bir nechta unsurlardan tashkil topgan. Birinchisi – sitsiliana ritmini eslatuvchi, individuallashtirilgan, ikkinchi unsur “o„n oltitaliklar”ning bir maromli ritmik chizmasiga asoslangan, bunda shuningdek,
to„ldiruvchili sakramalar toifasi va garmonik figuratsiyalarga olib keluvchi katta sekunda tomon ko„tariluvchi ifodali yurish mavjud: Mavzu xarakteri shiddatli, intiluvchan, birmuncha raqssimon va skersiosimon. Fugadagi ovozlarning boshlanish chizmasi quyidagicha:
T_______________________ T___________________ T_______________
Bu yerda tonal javob bo„lib, mavzuning ikkinchi o„tishidan so„ng bir taktli intermediya keladi. Mavzuning har bir unsuri turli xil modifikatsiyalarga uchrab, polifonik birikmalarni hosil qilgan holda, boshqa unsurlar bilan o„zaro ta‟sirga kirishadi. I.S.Bax butun fuga davomida asosan uchovozli polifonik tuzilmani saqlaydi. Talabaning fuga ustidagi ishini yo„naltirayotib, uning e‟tiborini uch ovoz mutanosibligiga qaratish kerak: bu - o„z harakatida irodali va shiddatli bo„lgan yagona badiiy obraz unsurlarining yaxlit o„zaro ta‟siridir. Ijrochining vazifasi – barcha ovozlari o„zaro bog„langan fuganing yaxlit tovush obrazini yaratishdir. Fuganing ritmi ham kam bo„lmagan murakkablikni namoyon etadi. Agar o„rganuvchi mavzuda punktir figuratsiya va pulsli “o„n oltitaliklar”ni his etsa, u holda bu unga mavzuda yashiringan butun ritmik zaryadni ifoda etishda ko„mak beradi. Tokkataning tafakkur etilgan yaxlit ijro shakli talaba intellektini rivojlantirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga yordam beradi. I.S.Bax tokkatalarini o„rganish – bu yosh musiqachilarning texnik va ijrochilik mahoratini takomillashtirish tomon yo„l ekanligi shubhasizdir.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling