Konservatoriyasi umumiy fortepiano


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#204994
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
Umumiy-fortepiano-mazhmua

19-20-машғулот 

 

Ўрганилаѐтган асарлар устида ишлаш (педаль, аппликатура, 

штрихлар) 

 

R.Shumanning C-dur op.7 Tokkatasi (1830, ikkinchi tahriri 1833) – buyuk 

nemis  kompozitorining  mazkur  janrda  yaratgan  yagona  asaridir.  Kompozitor  bu 

asarini  o„zining  eng  yaqin  do„sti,  iste‟dodli  pianinochi  va  kompozitor  Lyudvig 

Shunkega  (1810-1834)  bag„ishlagan.  U  Shumanning  “Yangi  musiqiy  jurnal”da 

hamkor  muharrir,  kompozitorning  hamfikri  edi.  L.Shunke  musiqachi-

valtornachilar  oilasida  o„sgan,  uning  akasi  esa  pianinochi  edi.  musiqada  yangi 

yo„llar  ochishga  intilish  R.Shumanni  L.Shunke  bilan  birlashtirdi.  L.Shunke 

nihoyatda iste‟dodli, ijodkor shaxs edi. U Shuman uchun ko„p jihatdan Florestan 

va  Evsebiya  obrazlarining  prototipi  bo„ldi.  Tokkatani  do„stiga  bag„ishlar  ekan, 

R.Shuman unda o„smirlikdagi hayotiy faollik, hayotni tanishga bo„lgan chanqoqlik 

g„oyasi  konsepsiyasini  ifodalaydi.  C-dur  tonalligi  R.Shumanni  eng  g„ayrioddiy 

tovush  eksperimentlari,  shifr  va  ramzlarga  ilhomlantirgan  (kompozitorning 

fortepiano  asarlari  ular  bilan  to„lib-toshgan)  Klara  Vik  obrazi  bilan  semantik 

bog„liqlikka ishora qiladi.  

R.Shuman  Tokkatasi  zamondoshlarini  o„zining  yorqinligi  va  g„oyasining 

hajmdorligi  bilan  hayratlantirdi.  R.Shuman  uchun  Tokkata  yaratishda  bir  qator 

zamonaviy asarlar, xususan,  fransuz kompozitori va pianinochisi Jorj Onslovning 

Kapris  va  or.6  Tokkatasi  turtki  bo„lib  xizmat  qildi.  Uning  asaridagi  so„nmas 

energiya,  garmonik  originallik  o„sha  davrda  yaratilgan  shu  kabi  tajribalarning 

barchasini ortda qoldirdi. R.Shuman Tokkatasi – o„zining qat‟iy uslubiga qaramay 

tinglovchiga  teran,  zabt  etuvchi  sehr  bilan  ta‟sir  o„tkazadigan,  originallik  va 

yangilikka  to„la  asardir.  Tokkata  -  sonata  shaklida  yozilgan  bo„lib,  bu  ham  uni 

shunga  o„xshash  asarlar  orasidan  ajratib  turadi.  R.Shumanning  novatorligi 

pyesaning dadil garmonik tilida, kompozitorga xos bo„lgan polifonik bayon uslubi 

bilan bog„liq akkordli va akkordsiz tovushlar kesishuvida ham namoyon bo„ldi.  



Asar  ikki  taktli  muqaddima  bilan  ochiladi,  unda  R.Shumanning  epigraf-

imperativi  tinglovchilarni  to„xtovsiz  tovush  oqimi  bilan  shiddatli  tarzda 

intilayotgan voqealarga chorlagan holda, mag„rurlik bilan e‟lon qilinadi:  

Bosh  partiyaning  akkordli  tuzilmasi,  to„rtovozli  bayoni  barmoqlarni  faol 

ishlashga, spetsifik motorli zarbli texnikadan foydalanishga majbur qilib, juda katta 

aniqlik  va  zarblar  mustahkamligini  talab  etadi.  Ҳosil  bo„lgan  dissonans  jaranglar 

o„zaro keskin tarzda to„qnashib, asarning energetik pafosi, sof shumancha ajoyibot 

va originallikni ifodalaydi.  

21-taktdan e‟tiboran pyesaning boshida berilgan faktura toifasi yangi detallar 

bilan  boyitilgan  holda,  asta-sekin  o„zgarib  boradi.  Shunday  qilib,  21-taktda  chap 

qo„l  partiyasi  sinkopalangan  akkordlar  ko„rinishida  yiriklashadi,  25-taktdan  esa 

shumancha miniatyuralarga xos, fakturaning mutlaqo yangi “notokkataviy” toifasi 

paydo bo„ladi: 

Bu  bog„lovchi  partiya.  U  o„zining  polimelodikligi  hamda  sirli,  sehrli 

tovushlarga  qo„shilib  ketuvchi  turli  ritmik  figuralarning  ajib  o„yini  bilan  lol 

qoldiradi.  Bu  -  R.Shumanning  hayratlanarli  topilmasidir.  Ushbu  tovushlar  miraji 

33-34 taktlarda tersiyaviy passajlarning shiddatli tarzda yopiriluvchi oqimiga borib 

quyiladi  va  keyinchalik  harakat  umumiy  shakllari  xromatizmlariga  boy 

tokkatalilikning yangi to„lqinini hosil qilib, fakturaning o„rta qatlamida, avval chap 

qo„l partiyasida yangrovchi, so„ngra esa oktavalar bilan bayon etiladigan o„ng qo„l 

partiyasiga  o„tuvchi  keng  rivojlangan  irodali,  bo„rttirilgan  kuyning  paydo 

bo„lishiga olib keladi:  

Mazkur kuy G-dur dominanta tonalligidagi rang-barang figuratsiyalar oqimi 

fonida juda yorqin yangraydi va yondosh partiya mavzusi sifatida qabul qilinadi. U 

ekspozitsiyaning yakuniy partiyasini hosil qiluvchi  “o„n oltitaliklar”ning shiddatli 

oqimiga jalb etiladi, uni R.Shuman mumtoz an‟anaviy sonata shakllariga  muvofiq 

tarzda takrorlaydi.  

Rivojlov qismiga ekspozitsiyaning barcha mavzuiy unsurlari, shu jumladan 

boshlang„ich ko„rsatma sifatida epigraf, voqealarga chorlov jalb etilgan. Rivojlov 

qismida tonal rivojlanish “a-moll”dan “d-moll”gacha bo„lgan tonalliklarning keng 

qamrovini o„z ichiga oladi va oktavali repetitsion texnikadan foydalanadi: 

Yakunda  rivoj  dominantali  tayyorlovchi  tuzilma  (predыkt)  va  bosh 

mavzudan  avval  keluvchi  muqaddimaga  yetib  keladi,  u  reprizada  o„zgarishsiz 

bayon  etiladi.  Bog„lovchi  partiyaga  kelsak,  u  cholg„uning  barcha  registrlari 

qamrovining  apogeyasiga  erishgan  holda,  virtuoz  pianizmning  hajmdor  rivoji 

borasida  ahamiyatli  ravishda  o„zgartirilgan  va  simfoniyalashtirilgan.  Ushbu 

bo„limni ijro etayotib, ligalar bilan belgilangan kuy chiziqlarining keng qamroviga 

intilish, melodik to„lqinlarning egiluvchanligiga erishish zarur. 




Tovush bazmining ayni qizigan pallasida C-dur tonalligida yondosh partiya 

mavzusi paydo bo„ladi, u dastlab chap qo„l partiyasida, so„ngra esa oktavali bayon 

bilan  o„ng  qo„l  partiyasida  yangraydi.  Yondosh  partiya  mavzusining  paydo 

bo„lishini undan oldin  kelgan  to„rt taktda  tayyorlash  zarur, unda  R.Shumanning 

diminuendo e ritardando ko„rsatmasi mavjud. Ushbu ko„rsatmaga muvofiq tarzda, 

yondosh  partiya  mavzusi  yanada  ahamiyatli  va  ta‟sirli  yangrashi  uchun  jarang 

kuchini  zaiflashtirish,  harakatni  kengaytirish  zarur.  Bu  ulug„vor  mavzu  e‟lon 

qilingandan so„ng harakatning umumiy shakllariga shu mavzuning punktir ritmlari 

jalb  etiladi,  ular  musiqiy  ta‟sir  psixologizmini,  uning  mutlaq  emotsional 

to„yinganligini chuqurlashtirib, xuddi ichki ovozlardek yangraydi.  

Fakturaning  keyingi  zichlashuvi,  fortepiano  yuqori  registrining  qamrovi 

tovush  oqimini  kuchaytirib,  uning  quvvatini  oshiradi  va  yakunda  akkordlarning 

kuchli  kaskadi  va  Piu  mosso  yakunlovchi  bo„limiga  olib  keladi,  unda  chap  qo„l 

partiyasidagi  yondosh  partiya  mavzusining  ohanglari  eslatiladi,  ayni  paytda  o„ng 

qo„l  partiyasida  katta  sekundali  yuqorilovchi  ohanglarning  poliritmik  birikmasi 

yangraydi: 

Mazkur yakunlovchi bo„lim katta texnik qiyinchilik tug„diradi va ijrochidan 

mahorat hamda ijro erkinligini talab etadi.  

R.Shuman  Tokkatasi,  M.Ravel  Tokkatasi,  S.Prokofyev  Tokkatasi  kabi  eng 

murakkab asarlarga yo„l ochgan bo„lib, jahon pianizmi cho„qqilaridan biri sanaladi 

va  musiqachining  har  tomonlama  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Zamonaviy 

pianinochi uchun murakkabliklar chegarasi bo„lmaydi, shu ma‟noda mazkur pyesa 

texnik  va  badiiy  mukammallik  sari  yana  bir  pog„onadir.  Asosiysi  R.Shuman-

romantikning  boy  qalb  dunyosini  aks  ettiruvchi  ushbu  musiqaning  ruhiy 

mazmunini anglab yetishdir. Bunda o„qituvchining vazifasi nafaqat mazkur asarda 

talaygina bo„lgan texnik qiyinchiliklarni o„zlashtirish, balki musiqa mazmunining 

badiiy rejasiga ham yo„naltirilishi kerak. 

R.Shuman  Tokkatasida  yosh  musiqachi  ko„plab  qiziqarli  va  foydali 

narsalarni  topadi:  bu  -  nafaqat  texnik,  balki  keng  nafas  talab  etuvchi  kantilena, 

chalish usullari kabi ifodaviy jabhalardir; bu - sonata-simfonik dramaturgiya bilan 

bog„liq original shakllantiruvchi tamoyillardir. Bunday holatda texnik muammolar 

yechimi ham muvaffaqiyatliroq bo„ladi. R.Shuman Tokkatasini kontsert sahnasiga 

olib chiqish shart emas, biroq ushbu murakkab pyesa bilan sinfda, ishchi tartibda 

rejani  topshirish  darajasida  tanishish  musiqachi  shaxsini  rivojlantirishga,  musiqiy 

tafakkurni  kengaytirishga  va  yirik  shakllarni  qamray  olishga  yordam  beradiki, 

bular R.Shuman Tokkatasida o„ta original tarzda namoyon bo„lgan. 

 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling