Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
21-22-машғулот
Интонация устида ишлаш. Ижро услубидаги муаммоларини бетараф этиш. S.Prokofyevning 1912-yilda yaratgan Tokkatasi (op.2) juda mazhurdir. Unda ritm energiyasi, harakat mo„l-ko„lligi, parvoz mahobati va eng keng tovush maydonini o„zlashtirish hissi katta kuch bilan namoyish etilgan. Asarni tavsiflar ekan, “Prokofyevcha” ijod tadqiqotchisi I.Nestev shunday ta‟kidlaydi: “go„yoki barcha to„g„onlarni buzib o„tib, shiddatli oqim yopirildi: unda ham bahodirlik kuchi, ham birdan mayin orzular bilan o„rin almashadigan yosh shodon kulgu hissi bor. Bunda to„xtovsiz ritmik yugurish stixiyasi tembrli effektlar o„tkirligi va “zarbliligi” sabab, shuningdek, achchiq to„xtamlar va kontrapunktik qoplamalar evaziga ajabtovur fantastik tonlarda namoyon etilgan” 11 . Tokkatada S.Prokofyevning sof diatonika, sof motorlilik, harakatning umumiy shakllari, motorli obraz hukmronligi, sof ritmning melosdan ustunligiga ishqiboz bo„lgani o„z aksini topgan. Bularning barchasi S.Prokofening birmuncha keyin yaratilgan asarlarida ham ko„rinadi: xususan, fortepiano uchun yozilgan Beshinchi kontsert va Yettinchi sonatada tokkata obrazlari yaxshigina seziladi. Tokkata pianinochilik nuqtai nazaridan nihoyatda murakkab asar bo„lib, pianinochidan katta matonat va jismoniy kuch talab etadi. Mazkur pyesaning texnik qiyinchiliklari ijrochidan qurollanishni talab etadi. Asar bayoni ancha boy va rang-barang. Teran ma‟noli, intiluvchan Tokkata rivojining qat‟iy mantiqi bilan, kompozitsiyasining puxta o„ylanganligi bilan lol qoldiradi. Unda uch qismlilik turli shakllarining alomatlari, rondosimon sonatalilik seziladi, zero ular ikkinchi plandagi musiqiy shakl darajalarini hosil qiladi. Tokkata “re” tonika tovushi o„ng va chap qo„llarda birin-ketin almashtirilib chalinadigan ostinatoli, odatdagi tokkatali faktura bilan boshlanadi: Tokkataning boshlanishi “rr” nyuansida, pastki registrga yashiringan, staccato sempre ko„rinishidagi o„ta aniq jarangli, va u zamon tubida yuzaga kelgan hamda zamonamizda harakatlanayotgan harakatning to„xtovsiz oqimi muhitini pedalsiz olib kiradi. Beshinchi taktdan boshlab tokkatali ostinatolilikka jarangni boyituvchi yordamchi tonlar kiritiladi. S.Prokofyev tomonidan fortepiano fakturasining zarbli-shovqinli talqin etilishi xususida so„zlar ekan, L.Gakkel shunday ta‟kidlagan: “Yordamchi tonli akkord ritmik urg„uning tovush to„plovchisi sifatida keladi, boshqa tomondan zarblilik akkordning dissonans xarakterini keskin ta‟kidlab beradi, “zarbli cholg„ular ohangdoshligi” xususida ham so„zlash mumkin (Yu.Xolopov), shuningdek, zarblilikning koloristik talqini, zarb go„zalligi, va tokkataning zarbli go„zalligini ham ta‟kidlash mumkin.” 12
Mazkur
11 Нестьев И. Прокофьев М., 1957, с 75 vaziyatda fortepiano matosining tobora zichlashuvi, yangi ovozlarning qo„shilishi va tovush diapazonining kengayishi evaziga boyitilgan tokkatali jarangning zarbli go„zalligi muqarrardir. 24-taktda o„ng qo„l partiyasidagi uchtovushlik tovushlari bo„ylab tuzilgan va chap qo„l partiyasidagi tikanli dissonanslar jo„rligida yangraydigan qat‟iy ta‟kidlanuvchi mavzu paydo bo„ladi: Ushbu mavzuning g„ayrioddiyligi shundaki, u taktoldi (zatakt)dan, ladning birinchi va uchinchi pog„ona tovushlari bo„ylab boshlanadi, beshinchi pog„ona esa taktning kuchli hissasiga to„g„ri keladi. Shunday qilib, qandaydir uzilish hissi yuzaga keladi, va bu odatiy eshitish qobiliyati uchun ba‟zi muvozanatsizlikni, stereotip buzilishi va xarakatning qandaydir mantiqsizligini yaratadi. Ushbu mavzuning tinglovchi e‟tiborini o„ziga tortadigan “ajoyib tomoni” ham shundadir. S.Prokofyev keyinchalik bu mavzuni o„zgartiradi va uni eng rang-barang rakurslarda namoyon etadi; bu orqali muallif pianinochiga o„z fantaziyasi va ijrochilik talqini mahoratini namoyish etish imkonini beradi. Tokkata ko„povozli hosilalar bilan murakkablashadi va ularning mohiyati linearlilik bilan belgilanadi. Zero, M.Tarakanov haqqoniy tarzda bildirganidek, “S.Prokofyev musiqasining ko„povozli tabiatini aniqlash uchun “linear gomofoniya” atamasi ko„proq to„g„ri kelib, u yetakchi ovoz gegemoniyasining tamoyili sifatida musiqiy matoning qolgan barcha ovozlarining melodik jihatdan to„yinganligini ham aks ettiradi” 13 . 12 Gakkel L. Fortepiannaya muzыka XX veka. L., - M., 1976, s 201 13 Tarakanov M. Prokofyev i nekotorыe voprosы sovremennogo muzыkalnogo yazыka // S.S. Prokofyev. Stati i issledovaniya M. 1972:, s.19
Tokkatada kompozitor musiqiy tafakkurining bu tamoyili kichik aniqlik bilan namoyon bo„ladi. Musiqiy rivojga polifoniyaviylik tusini beruvchi fakturaning yangidan-yangi unsurlari tobora qo„shilib boraveradi. Shunday qilib, keyingi bo„limda jarang hajmdorligi va musiqiy matoning ko„p tarkibliligini yaratib beruvchi yashirin polifonik ovozlar chizig„i xususida so„zlash mumkin: Bunda ijrochi nafaqat yashirin polifoniyaga, balki turli ovozlarning cholg„u tabiatiga ham e‟tiborini qaratishi va ularni jarangning ko„ptembrli palitrasini yaratuvchi simfonik orkestr cholg„ulari ovozi bilan o„zaro mutanosiblashtirishi lozim. Fleyta frullatosiga monand koloritli trellar, violonchel va kontrabas jarangini o„xshatuvchi chap qo„l partiyasidagi oktavali figuratsiyalar, klarnetlarni takrorlovchi altlarning yorqin urg„uli tovushlari: ushbu bo„limning bunday virtual cholg„ulashtirilishi pianinochiga fortepiano san‟atining ta‟sirlantiruvchi ifodaviy ijrochilik vositalarini tanlashni o„zi aytib beradi. 97-taktdan e‟tiboran rivojlanishning yangi fazasi boshlanadi. S.Prokofyev bunda tokkatali fakturaning boshlang„ich toifasini yangilaydi, ammo birmuncha konsentratsiyalangan, boyitilgan ko„rinishda va rivojning mahobatli kulminatsion fazasiga olib kelib, musiqiy material rivojining kanonik usullaridan foydalanadi, unda tokkataning asosiy mavzusi bir vaqtning o„zida ham odatiy ko„rinishida, ham boyitilgan ko„rinishida yangraydi: Bu yerda
pianinochiga ijrochilik imkoniyatlarining maksimal konsentratsiyasi zarur: nihoyatda kuchli tovush sadosi, kompozitorning “ff” molto pyesante ko„rsatmasi mahobatli og„irlik va har bir tovush ahamiyatini tafakkur etishni talab qiladi. Tovush oqimining dinamik yo„nalishi rivojlanishning birmuncha kuchli kulminatsion fazasiga olib keladi, unda jarang kuchi maksimal mahobatiga yetishadi. “ff” molto markato mualliflik ko„rsatmasi ijrochidan jarangning maksimal to„liqligini va keng registrli maydonni erkin boshqarishni talab etadi: Nihoyat, 193-taktdan e‟tiboran tokkata bayonining fortepiano pastki registridagi yangilangan boshlang„ich toifasi endilikda katta bo„lmagan, ammo o„ta dinamik kodaning boshlanishi bo„lib keladi va avvalgi barcha rivojlanishlarga yakun yasaydi. Bu yerda pianinochi mazkur bo„limning yakuniy xarakterini ko„rsatib berishi, ushbu texnik hamda ijrochilik jihatdan murakkab bo„lgan virtuoz pyesani effektli va yorqin tarzda yakunlashi juda muhimdir.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling