Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
(Cis-dur)
Tokkata xarakteri jonli, tetik, musiqa koloriti esa yorug„ va bayramona. Musiqaning tetik harakatini ifoda etayotib, kuy yo„lining aniqligiga zid bo„lgan shoshma-shosharlikdan qochish lozim. Boshlang„ich mavzu juda oddiy va diatonik. U o„zida pentatonika unsurlarini jamlagan bo„lib, qadim fransuz kompozitorlari, xususan Kuperenning klavesin uslubiga borib taqaluvchi mayda sekvensiyalarning arxaik figuralariga ham boydir. Mavzuning ladi o„zgaruvchan - cis-moll-E-dur. K.Debyussi pyesaning dastlabki sakkiz taktidagi pastlovchi melodik chiziqni ijro etishda o„ng va chap qo„llar almashinuvini qo„llaydi: Bu pianinochidan “o„n oltitalik” notalarda tovush ravonligini, o„ng qo„ldan chapiga, va aksincha o„tishlarda silliqlikni hamda legatoning egiluvchanligi va nafisligi zaruratini talab etadi. Bu borada fransuz pianinochisi Alfred Korto maslahatiga quloq tutish foydalidir: “Dastlabki sakkizta taktni juda oxista va pedalsiz chaling. Pedal tovush muhitini yangilagan holda faqatgina 9-taktda paydo bo„ladi. Bu sirli bo„la qolsin, lekin tushunarsiz darajada emas. Arpedjioni tezlashtirmay, taktga monand chaling: ular orasida vaqt hissini yo„qotmang. Qo„lingizni oling. U klaviaturaga yopishmay qo„ya qolsin!” 12 . Nota matnida ko„rsatilgan applikaturaga rioya qilish juda muhim: Bu yerda o„ng qo„l partiyasidagi to„rtta “o„n oltitaliklar”ning har bir guruhini birlashtiruvchi artikulyatsiya va ligalar alohida e‟tibor talab etadiki, ularni “o„n oltitaliklar”ning har bir guruhidagi birinchi notani teran tovush bilan biroz ajratgan holda, nihoyatda mayin va egiluvchan qilib chalish lozim. Chap qo„l partiyasida pastlovchi ohangdoshliklar zanjiri mavjud. Kompozitor sakkiztaliklar guruhining har birinchi notasini tenuto shtrixi bilan ta‟kidlaydiki, u tufayli pog„onama-pog„ona pastlovchi gammasimon harakat hosil bo„ladi. O„ng qo„l partiyasidagi “o„n oltitaliklar” guruhining birinchi notasi orqali ham takrorlanuvchi ushbu kuy chizig„ini yaxshi eshita olish muhim. Mazkur kuy chizig„ining jarang kuchini 17-taktda uni “f”gacha tobora oshirgan holda ijro etish lozim. Bunda mavzu variatsiyalangan ko„rinishda E-dur tonalligida takrorlanadi. 22-taktdan e‟tiboran musiqaga xromatizmlar, tez ko„zga tashlanadigan tersiyaviy qarama-qarshiliklar kirib keladi. Garmoniyaning go„zal almashinuvlarini
12 Корто А. О Фортепианном искусстве. М., 1865, с.191 tinglash qobiliyati orqali sezgirlik bilan nazorat qilish, rr nyuansida yaxshi legato bilan chalish lozim. 33-41taktlar alohida e‟tibor talab etadi, unda K.Debyussi fakturani polifoniyalashtirib, uch ovozli tuzilmadan foydalanadi: Bu bo„limda kuy chiziqlarining go„zal mutanosibligiga quloq tutib, har bir qo„lni alohida o„rganish foydalidir. O„ng qo„l partiyasini akkordlar zanjiri ko„rinishida chalish maqsadga muvofiq, bu talabaga faktura har bir qatlamining funksional yuklamasini tushunib yetish imkonini beradi. 42-taktdan e‟tiboran musiqiy rivoj cholg„uning deyarli barcha registrlariga yetib, yanada keng qamrovli ko„rinish oladi. Bu yerda pedal ishlatgan ma‟qul, sababi u orqali jarang hajmdorlik va to„laqonli tembrga ega bo„ladi. Musiqiy rivoj pyesaning birinchi qismi kulminatsiyasiga, so„ngra esa diatonik bo„yoqlar yangilanadigan mavzu reprizasiga olib keladi. E-durdan C-dur tomon keskin tersiyaviy siljish Tokkata o„rta qismining boshlanishiga olib keladi: Asarning ushbu bo„limi tuzilishining garmonik jihatdan nafisligiga e‟tibor qaratish lozim. Melodik yurish dastlab, o„rta registrdan C-dur subdominantasi o„yinini namoyon etuvchi bas f ga tushadi. So„ngra o„zaro kontrast holda almashinib keluvchi ikki nonakkord majmuasi –ya‟ni “As-moll”dan katta (nonakkord) va “e”dan kichik (nonakkord) katta sekunda yuqoridan boshlanib, bas “g”da do-majorning dominantasiga aylantiriladi. Bu asnoda garmoniya subdominantaning avvalgi parchasini takrorlamaydi. Bu yerda K.Debyussi “g” basida H-dur uchtovushligining juda go„zal va yorqin jarangidan foydalanadi. Keyinchalik do-major kulminatsiyasiga eltuvchi izchil dinamik o„sish yuz beradiki, uni K.Debyussi o„ta effektli tarzda sekvension ko„rinishda re-majorga olib keladi: Pyesaning bu bo„limi kenglik va erkinlikni, jazava darajasidagi hayrat hissini talab etadi. 137–taktda patetik ekstaz birdaniga bo„linib, pp subito nyuansidagi o„n oltitaliklarning yuqorilovchi passaji jarangni pastki registrdan yuqorigisiga o„tkazadi, unda nafis jildiragan va shitirlagan figuratsiyalar yangraydi: So„ngra basda “g” organ punktining tersiya tremolosi o„rnatiladi, unda esa h- moll figuralari harakatlanadi. Boshqacha qilib aytganda, bunda ikki xil ma‟noni anglatuvchi dominantaning bifunksionalligi namoyon bo„ladi: ham “C-dur”ga, ham “E-dur”ga, ya‟ni avvalgi ikki asosiy tonalliklarga. Xromatik yurishlardan so„ng Tokkata boshlang„ich mavzusining reprizasi boshlanadi, ammo endi yorqin porlayotgan Cis-dur tonalligida va ff nyuansida: 226-taktda Cis-dur tonalligi cis-moll bilan almashadi va kompozitor bu lad o„zgarishini dinamik nyuansni o„zgartirish orqali ta‟kidlab ko„rsatadi. Bu yerda albatta, juda nozik va shaffof p, mayin jarang bo„lishi kerak. R nyuansi “E-dur”da ham saqlanadiki, uning takrorlanish asnosida K.Debyussi yangi fakturaviy unsurlar
kiritib, buni f nyuansi bilan ta‟kidlaydi. 219-taktda xromatizmlar paydo bo„lishi bilan dinamik ko„tarilish o„sadi va u Cis-dur tonalligida yangrovchi asosiy mavzu reprizasiga olib keladi: Bu yerda jarang juda yorqin va jazavali bo„lishi kerak. Bunda orttirilgan uchtovushliklar fanfarlari, xromatik passajlar kaskadlari milltillaydi. Musiqa dinamik jazavada shiddat bilan oldinga intiladi, so„ngra esa qo„ng„iroq jarangi tusini oladi. Tokkataning eng oxirida to„rt takt davomida Cis-dur dominantasi yangraydi. O„zida mahobatli xoralni jamlagan Tokkataning bu oxirgi sakkiz taktini og„ir sur‟atda, kompozitorning La double plus lent ko„rsatmasiga muvofiq holda,
zarblari bilan yakunlash lozim. Tokkata ustida ishlayotib, diatonikani xromatika bilan yorqin qiyoslash, goh so„nuvchi, goh yana alanga oluvchi, goh o„ta jarangdor, goh nafis shitirlovchi tovush o„yinlarini his etish muhim. Bu turdagi ifoda vositalar majmuasida Yu.Kremlyov o„zining o„tkir nigohi bilan shuni sezadi: “Musiqadagi impressionizm tafakkur tizimi mana shu bo„ladi, uning uchun koloritsiz shakl yo„q, balki kolorit shaklni yaratadi” 13 . Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling