Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
29-30-машғулот
Композитор томонида кўрсатилган суръатда ижро этиш устида ишлаш Aram Xachaturyan Tokkatasi (1932) – XX asrda mazkur janrda yaratilgan eng yorqin asarlardan biridir. U pianino ijrosi uchun juda qulay bo„lib, o„zining dinamizmi, qaynoq sharqona temperamenti bilan maftun etadi. Pyesa juda effektli bo„lib, o„zining butun dunyoda mashhurligini ta‟minlagan pianinochilardan minnatdor. O„tmish ustalarining, avvalo Debyussi va Ravel ijodiy tajribasiga tayangan armanistonlik kompozitor Tokkata janriga nisbatan o„zining betakror individual yondashuvini topa oldi. Uning badiiy tasavvurini boyitgan bosh manba deb, xalq musiqasini, bevosita tinglash hissini aytish lozim. Aynan shu birinchi navbatda Tokkata janrining kompozitor tomonidan o„ziga xos tarzda talqin etilganini belgilab berdi va mazkur janrga murojaat etgan o„zbek kompozitorlari tomonidan qilindi. A.Xachaturyan etyud xarakterida yaratilgan bir qator tokkatalarga xos bo„lgan mexanistik harakatdan qochishga muvaffaq bo„ldi. Uning Tokkatasi yorqin tasvirli pyesa, xalq hayotining manzarasi kabi qabul qilinadi. Pyesaning ritmik energiyasi – jonli va dinamik. Undan xalq hayoti stixiyasining ifodasi, xalq cholg„ularidagi temperamentli ijrolar eshitiladi. Tokkatada ko„plab qiziqarli va dadil topilmalar mavjud. Unda mazkur janr uchun odatiy bo„lmagan obrazli muhitning tezlik bilan o„zgarishi, shunga muvofiq fakturaning o„zgarishi kuzatiladi. Umuman olganda pyesa uch qismli shaklga ega, ammo kompozitor unga rapsodiyaviylik va kontsertlilik unsurlarini singdirib, janrni qo„shiqsimonlik bilan boyitadi. Tokkata kompozitsiyani quyidagi sxema ko„rinishida tasavvur etish mumkin:
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling