Konservatoriyasi umumiy fortepiano


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#204994
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Umumiy-fortepiano-mazhmua

35-36-машғулот 

Якуний рейтинг тингловига тайѐргарлик кўриш 

 

B.Nadejdin  qalamiga  mansub  Tokkata  (1948)  –  nafis  miniatyura  bo„lib, 

o„zbek fortepiano pyesasining mazkur janrda yaratilgan ilk namunalaridan biridir. 




Uning muallifi – mo„tabar pedagog, bu miniatyurani yosh o„zbek musiqachilarini 

ijrochilik san‟atiga jalb etish, ya‟ni instruktiv maqsadda yaratgan. Pyesada o„zbek 

milliy  koloriti  yorqin  ifodalangan.  Pyesaning  miksolidiy  ladi  unga  yorqin  milliy 

rang bergan. Diatonik asosdagi lad o„zgaruvchanligi butun pyesa davomida sezilib 

turadi.  Tokkataning  boshlanishiyoq  g„ayrioddiy  bo„lib,  u  “fa”  miksolidiy 

dominantasidagi kvinta ohangdoshligidan boshlanadi, yakun ham shunga muvofiq 

tarzda  kvarta  ohangdoshligi  bilan  tugallanadi,  bu  esa  pyesaga  beqaror  (mavhum) 

lad (biladavost) qirralaridan darak beradi.  

Butun  miniatyura  yashirin  polifoniya  alomatlari  kuzatilgan  ikkiovozli 

tuzilmaga qurilgan: 

Stakkato  va  ostinatoli  ritmik  tashkilotni  ijro  etish  usullari  tokkatalilikni 

ta‟kidlab  ko„rsatadi.  Ғayrioddiy  tovush  mutanosibliklari,  kvarta  va  kvintalar 

ketma-ketligi, va ayniqsa kvintalar parallelizmi o„zining originalligi bilan e‟tiborni 

tortuvchi,  nihoyatda  o„ziga  xos  jarangni  hosil  qiladi.  Bu  ayniqsa  miniatyuraning 

o„rta  qismida  seziladi,  unda  kompozitor  tovushlarning  kvintali  va  kvartali 

mutanosibliklarini o„zaro almashtirib beradi:  

Pyesada dinamik belgilar juda aniq ko„rsatilgan bo„lib, ularga talaba e‟tibor 

qaratishi  va  ularning  ijrosiga  erishishi  lozim.  Tokkataning  “p”  dan  “  ff”gacha 

bo„lgan  dinamik  profili,  puxta  ishlov  berishni  talab  qiluvchi  dinamikaning  ichki 

sarhadlarini ham o„zida mujassam etishi kerak. Ixcham hajmiga qaramay Tokkata 

o„zida  bir  qator  qiyinchiliklarni  jamlaganki,  ularni  o„zlashtirish  musiqachining 

texnik va musiqiy rivojlanishiga yordam beradi.  

Tokkata  ustida  ishlash  musiqachi  qo„llarining  yaxshi  postanovkasini 

mustahkamlashga,  qattiq  stakkatoni  ishlab  chiqishga,  barmoqlar  texnikasi 

aniqligiga  va  dinamik  sarhadlarni  his  etishga  ko„maklashadi.  Tokkata  ustida 

ishlashni  kvartali,  kvintali  va boshqa g„ayrioddiy  mutanosibliklarga,    musiqaning 

o„ziga  xos  lad  jamlanmasiga  quloq  tutib,  og„ir  sur‟atda  boshlash  kerak  va  uni 

tobora  tezlashtirib,  yakunda  Vivogacha  yetkazish  lozim.  B.Nadejdinning  kashf 

etilgan  miniatyurasi  lad  tafakkurini  rivojlantiradi  va  yosh  pianinochilarni  o„zbek 

tokkata  janri  bilan  tanishtiradi.  O„quvchilarning  obrazli  tafakkurini  rivojlantirish 

uchun  ushbu miniatyuraga mos keluvchi sharq she‟riyati miniatyurasi bo„lmish - 

Navoiy,  Bobur,  Ҳofiz,  Nodira  kabi  atoqli  shoirlarning  g„azal,  muhammas  yoki 

ruboiylarini,  yohud  talaba  xohishiga  qarab  boshqa  bir  shoir  asarini  tanlash  kabi 

topshiriqni berish foydalidir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Document Outline

  • C:\Users\Yulduz\Downloads\мажмуа.doc
    • O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    • XX asrning 2-yarmida fortepiano san’atida rivojlanish kuzatildi. Musiqiy avangardning har xil oqimlari paydo bo‘ldi. A.Shyonbergning shogird va izbosarlari nafaqat butun dunyoda, hatto O‘zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Musiqa materialini umumiy (total) ...
      • FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR:
      • 1. Djamalova D., Utayeva N.. “Fortepiano olamiga ilk qadamlar”, o‘quv qo‘llanma. .ulom nomidagi NMIU, Toshkent, 2016.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling