Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
15-16-машғулот
Жорий рейтинг топшириш асарларни ўрганиб юқори натижаларга эришиш. I.S.Baxning №1 Tokkatasi d-moll hajmdor kompozitsiyani namoyon etadi, uning shaklini kontrast-tarkibli, deya belgilash mumkin. Asarda sur‟at va obrazli kontrast tamoyili bo„yicha birin-ketin keluvchi beshta bo„lim mavjud. Tokkataning sxematik strukturasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Tokkataning birinchi bo„limi Allegro imrovisando badihaviy muqaddima xarakterida bo„lib, unda asarning boshlanishi go„yoki cholg„uni sinab, uning imkoniyatlarini baholayotgan musiqachining mashqini yodga soladi. Asarning boshlanishi erkin, kuychan, belgilar bilan ko„rsatilgan notalar artikulyatsiyasini ta‟kidlangan holda, teran to„laqonli tovush bilan chalinadi: 8-taktda fakturaning keskin o„zgarishi yuz beradi: melodik passajlar garmonik vertikal strukturalar va polifonik unsurlar bilan almashinadi. Taktning birinchi va uchinchi hissalaridagi organ-oktavali bas d-moll tonikasini 4 takt davomida ta‟kidlaydi, shundan so„ng Tokkataning birinchi qismini yorqin, effektli- kontsert ruhida yakunlovchi badihaviy harakat yangilanadi. Mazkur bo„lim ustida ishlashda musiqiy rivoj mantiqini tafakkur etish va ushbu nihoyatda ifodali musiqa sadosini tinglovchiga yetkazib berish uchun go„zal ifoda vositalarini topish muhimdir. Asarning ikkinchi bo„limi Adajio espessivo ravon, nafis harakatli fusunkor qadimiy raqs ruhida yaratilgan:
Unda musiqaning nozik elegik xarakterini ta‟kidlovchi bezaklar, qisqa motivlarning imitatsiyalari va pastlovchi xromatizmlar muhim ifodaviy rol o„ynaydi. Ushbu qism ijrosi alohida ko„tarinkilikni, tantanavorlik va legato egiluvchanligini talab etadi. Nafis, nazokatli raqs kutilmaganda go„yoki ochiq derazaga yopirilib kirgan shamol singari bo„ronli Presto bilan almashinadi. Kaleydoskopik tarzda almashinuvchi figuratsion hosilalardan iborat bu shiddatli oqim birdan, fermataga borib urilgandek tinchib qoladi, shundan so„ng voqealar rivojining keyingi bosqichi boshlanadi. Uchinchi bo„lim Allegretto energico yetarlicha rivojlantirilgan bo„lib, u harakatchan energiyali xarakterda yozilgan. Uning fakturasi imitatsion usullarga boy, polifonik tusda. Ushbu bo„limni ochib beruvchi mavzu faol intonatsion harakatli va oktava parvozli, yorqin individuallashtirilgan qiyofaga ega: Mazkur bo„limda rivojlanish dinamikasi go„yo boshlang„ich mavzudan unib chiqqan va yangi mavzuiy hosilalarga olib keluvchi hamda murakkab polifonik birikmalar, imitatsiyalar, kontrapunktlarni o„ziga jalb etgan musiqiy materialning muntazam ravishda yangilanib turishi evaziga amalga oshiriladi. Ushbu bo„limni ovozlar bo„ylab, ularni juftlagan holda, masalan, ikkita chetki ovozni, o„rta va yuqorigi ovozlardan birini, ularning mutanosibligiga quloq tutib o„rganish tavsiya etiladi. Alohida ovozlarning qo„shilmasi yaxshi o„zlashtirilgach, kuy chiziqlarining tugalligi, iboralar va birmuncha yirik tuzilmalarning o„ylangan ijrosiga erishgan holda, barcha ovozlarni birlashtirishga o„tish mumkin. Mazkur bo„lim cholg„uning butun diapazonini qamrovchi go„zal melodik-garmonik figuratsiyalar o„yiniga
qurilgan va ulug„vor Largamente bilan tamomlanadigan badihaviy tuzilmali virtuoz kadentsiya bilan yakunlanadi. Tokkataning to„rtinchi bo„limi Adajio boshqa bo„limlardan farqli o„laroq, B- dur parallel majorda boshlanadi va xarakter jihatdan yuqorigi hamda pastki ovozlarning o„zaro almashinib kelishiga asoslangan cholg„u duetini eslatadi. Mazkur bo„limning badihaviy muqaddimasi kontsert-virtuoz xarakterda:
U tinglovchini duetning boshlanishiga tayyorlaydi. Dolente remarkasi musiqaning nozik, nolali xarakteriga ishora qiladi va o„ta kuychan, ilhomli ijroni talab etadi. Xuddi avvalgi “Adajio espessivo”da bo„lganidek, ushbu bo„lim oxirida ham Presto “o„n oltitaliklar”ning o„ynoqi oqimi bilan birdan bostirib keladi va bo„limni dominanta garmoniyasida yakunlaydi. Tokkataning beshinchi bo„limi Allegro – eng hajmdor bo„lib, u avvalgi barcha rivojlanishlarning umumlashmasidir. Kompozitor uni fuga deb ataydi. Fuga mavzusi Tokkataning uchinchi bo„limi mavzusidan unib chiqadi. Bunga faol ko„tariluvchi oktavali sakrama ishora qiladi: Rivojlanish musiqa yozuvining imitatsion texnikasi va ovozlarning erkin tarkibi asosida qurilgan. Ikki ovozli tuzilma uch ovozli, ba‟zan esa to„rt ovozli rivojning alohida fazalariga singdirilish hisobiga boyitiladi. Fuga nomdosh majordagi obrazning pozitiv pafosini tasdiqlovchi shiddatli koda bilan yakunlanadi. Shunday qilib, I.S.Baxning d-moll №1 Tokkatasi talabani buyuk kompozitor tomonidan individual tarzda talqin etilgan mumtoz janr bilan tanishtirish imkonini beradi. Mazkur asar o„zida syuita qirralarini jamlagan bo„lib, boz ustiga uning to„rtinchi bo„limdan tashqari barcha qismlari bitta tonallikda yozilgan. To„rtinchi bo„lim ham garchi B-dur tonalligida boshlansa-da, baribir d-moll tonalligida yakunlanadi. Raqsboplik ustun bo„lgan qadimgi mumtoz syuitalardan farqli o„laroq, ushbu asar qismlarining asosida ham allemando, kuranta, sarabanda, jiga singari raqslar yotadi. I.S.Baxning mazkur Tokkatasida raqssimon asos syuitadagidek aniq namoyon bo„lmaydi va bunda birinchi planga har bir bo„limga o„ziga xos ma‟no kiritgan badihaviy asos chiqadi. U asarning og„ir sur‟atli qismlarini Prestoning kutilmagan hislar oqimi bilan, tezkor uchinchi qismni esa Largamente bilan yakunlaydi. Kompozitsiyaning turkumiyligi shu lahzalar orqali tekislab yuboriladi, xuddi faktura turli ko„rinishlarining tez-tez almashinuvi singari: bular badihaviy-passajli, polifoniyalashtirilgan, invension, gomofon- garmonik. Fakturaviy almashinuvlarning tashqi keskinligiga qaramay, Tokkata o„zining teran ichki uslubiy yaxlitligi, intonatsion umumiyliligi va tonal barqarorligi bilan ajralib turadi. Pog„onama-pog„ona melodik harakatdan unib chiqib, oktavali yuqorilama sakrashlarga olib keluvchi intonatsion mavzuiy
modellar asosida I.S.Bax rang-baranglikning birligiga erishadi. Tokkataning aynan yuqorilovchi oktavali sakramadan boshlanishi va oktava intervalining asar birinchi bo„limida qat‟iyat bilan ta‟kidlanishi ham ramziy ma‟noga ega. Tokkata ustida ishlash talabaning hajmdor, majmuaviy tafakkurini rivojlantirishga, yirik kompozitsiyani qamray olishga, polifonik uslubni o„rganishiga yordam beradi. Pedagog talabaga mazkur asardagi musiqiy rivoj qonuniyatlarini tushuntirib berishi, uni to„liq chalib ko„rsatishi va talabaning tinglagan musiqasi xususidagi fikrlarini bilib olishi shart. Tokkatani o„rganish jarayonida applikaturani, sur‟at va dinamik sarhadlarni, pedalizatsiyani aniqlab olish juda muhim. Tokkatada legato tovush sadolantiruvchi asosiy usul sifatida muhim ifodaviy ahamiyatga ega. U nihoyatda egiluvchan bo„lishi, talabani tovush madaniyatiga, tugal iboralarni eshita olishga, nozik musiqiy tinglash qobiliyatini rivojlantirishga o„rgatishi kerak. Tokkatada boshqa ifodaviy vositalar singari fermatalar ham talaygina. Klavesin uchun fermata ma‟nosining asardagi katta ahamiyati bir tomondan, klavesin dinamikasining spetsifikasida, zero ikki manualli klavesinda klaviaturalarning o„zgarishi odatda kadanslardan so„ng, davomli pauza (to„xtam) va fermatalar vaqtida yuz beradi. Boshqa tomondan, fermatalar ma‟no funksiyasi tinglovchi diqqatini biror-bir musiqiy fikrning yakunlanganligi bilan bog„liq, alohida holatlarga qaratishdan iboratdir. Shu ma‟noda talabaga musiqa ham xuddi nutq singari diqqatni jalb etuvchi pauzalar va ohanglarga ega ekanligini tushuntirish lozim. Shuningdek, I.S.Bax Tokkatasida ham ritorik asos o„zining yorqin ifodasini topgan. Deklamatsion holatlar, nutq ifodaviyligi mazkur Tokkatada rang-barang ko„rinishlarda namoyon bo„ladiki, buni ijrochi tafakkur etib ko„rishi lozim.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling