9-10-машғулот
Инструктив асарлар- этюд ва машқлар. Ўзбек ва жахон
композиторлари томонидан яратилган турли характерли инструктив
асарлар билан таништириш.
Domeniko Skarlattining G-dur Tokkatasi - ilk mumtoz uslubning ajoyib
namunasidir. Klavir musiqasi buyuk italyan kompozitori, betakror ijrochi-virtuoz
ijodida muhim o„rin egallagan. D.Skarlatti tomonidan klavir uchun yaratilgan
ko„plab sonata va tokkatalar o„ziga xos ekzersizlarni, boshqacha qilib aytganda,
muallifning tug„ilajak gomofon uslub sohasi va sonata shaklini yaratishdagi ijodiy
eksperimentlari uchun ajoyib baza bo„lgan mashqlarni namoyon etadi.
D.Skarlattining asosan bir qismli bo„lgan aksariyat klavir sonatalarida qadimgi
sonata shakli ustunlik qiladi, faqat kam sonli asarlaridagina to„liq sonata shakliga
ishoralar kuzatiladiki, bu mazkur Tokkatada ham o„z o„rniga ega. Ta‟kidlash
joizki, D.Skarlatti o„z sonata va tokkatalarini ikki manualli klavesin uchun yozgan,
bu esa ularni zamonaviy fortepianoda ijro etishda noqulayliklar tug„diradi. Ushbu
Tokkataga kelsak, u nihoyatda qulay yozilgan bo„lib, unda qo„llar kesishuvi va
katta masofalarga sakrashlar yo„q, bu esa janrni o„rganish uchun aynan uni tanlash
joizligini belgilab berdi. Tokkata - kompozitsion jihatdan quyidagicha tuzilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |