Konservatoriyasi umumiy fortepiano


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#204994
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
Umumiy-fortepiano-mazhmua

5-6-машғулотлар 

 

Товуш устида ишлаш Чолғуда товушни янада тиниқ, равшан ижро 

этиш. Жумла ва артикуляция. 

 

Jirolamo  Freskobaldining  fa-major  Tokkatasi  (1628)  kansonalarni  ham  o„z 



ichiga  olgan  tokkatalarning  iIkkinchi  kitobiga  kiritilgan.  Ushbu  asarlar  I.S.Bax 

davrigacha  bo„lgan  qadimgi  italyan  tokkatalarining  namunasidir.  Fa-major 

Tokkatasi  uch  qismli  reprizali  shaklda  yozilgan  bo„lib,  polifonik  rivojlanish 

usullari  va  musiqiy  material  rivojining  badihaviy  usullarini  o„zida  noyob  tarzda 

muvofiqlashtirgan. Talabani Tokkata bilan tanishtirayotib, unda sur‟at va dinamik 

belgilarning yo„qligiga, o„lchovning tez-tez almashinuvi va bayon turiga e‟tiborni 




qaratish  lozim.  Tabiiyki,  bularning  barchasi  pedagog  oldiga  bir  qator  vazifalarni 

qo„yadi,  ularning  muvaffaqiyatli  yechimi  esa  asarning  teran  ijrochilik  tahlili  va 

shunga muvofiq ravishda o„zgacha ijro talqinidadir.  

Tokkata  uchun  sur‟at  tanlash  borasida  bayonning  polifonik  uslubiga,  erkin 

kanonik imitatsiyaga e‟tiborni qaratish lozim:  

Boshlang„ich  melodik  tuzilma  ikkita  o„zaro  kontrast  unsurlardan  tashkil 

topgan: cho„zilgan tovush va naqshinkor figuratsion harakatni hosil qiluvchi qisqa 

cho„zimlardan. Bunday struktura dastlabki 10 takt davomida kuzatiladi, u nisbatan 

tugallangan  kadentsiyali  va  cho„zilgan  akkordli  mustaqil  bo„limni  hosil  qiladi. 

Tokkataning  xarakteri  barokko  musiqasi  uslubini  aks  ettiruvchi  harakatli 

intiluvchan va nafis. Tokkataning ijro sur‟ati harakatchan, u qadar tez emas, ammo 

unchalik  sekin  ham  emas.  Bunda  o„rganuvchi  uzun  va  qisqa,  qo„shilgan  har  bir 

tovushni  hamda  figuratsion  hosilalarni  yaxshi  eshita  olishi  kerak.  2-misoldan 

boshlab  o„lchov  va  faktura  almashinuvi  yuz beradi.  Musiqiy material bayonining 

komplementar tamoyili turli mavzuli bayon bilan almashinadi:  

Bu yerda pastki ovoz birmuncha faol, uni alohida o„rganish uchun qulayroq 

applikaturani  tanlash  lozim.  O„rta  ovozda  e‟tiborni  punktir  ritmga  qaratish  zarur, 

uni  keskinlashtirmasdan,  jarangni  yumshatib  chalish  tavsiya  etiladi.  O„lchovning 

o„zgarishi  ijrochidan  agogik  erkinlikni  talab  etadi.  Ijroning  metroritmik  erkinligi 

qadimgi tokkatadek badihaviy shakllarga xos bo„lgan cho„zimdorlikni, to„xtamni, 

kichik sekinlashuvni, sur‟at tezligini nazarda tutadi.  

Barokko davri musiqa ijrochiligining yuksak virtuozlilik ifodasi bo„lgan har 

ikki qo„ldagi passajlar alohida qiyinchilik tug„diradi: 

Har ikki qo„ldagi passajlarni birmuncha sekin chalish tavsiya etiladi, shunda 

ular  yaxshiroq  ajralib,  qo„llar  epchilligi  va  bilak  harakatining  egiluvchanligini 

ilg„ash  imkonini  beradi.  Passajning  affektli  ijrosi  erkin,  badihaviy  kadension 

akkorddagi  to„xtam  bilan  amalga  oshirilishi  zarur.  Sur‟atning  kadension 

sekinlashuvi asarning musiqiy shaklini yorqinroq ko„rsatishga yordam beradi.  

Musiqa  shaklini  his  etishga  shuningdek,  cho„zimlarning  yiriklashuvi  yoki 

maydalashuvi  ham  sabab  bo„ladi.  Shunday  qilib,  tokkataning  o„rta  qismi 

cho„zimlarning 

yiriklashuvi, 

o„lchovning 

navbatdagi 

almashinuvi 

va 


cho„zimlarning maydalashuvi bilan boshlanadi:  

J.Freskobaldining tokkatasi ritmik jihatdan nihoyatda rang-barangdir. Bunda 

punktirli  figuralarni  ham,  sinkopalangan  ritmlarni  ham,  triollar  va  duollarning 

o„zaro  muvofiqlashuvini  ham  ko„rish  mumkin.  Bularning  barchasi  Tokkataning 

o„rta qismida turfa ko„rinishlarda namoyon etilgan bo„lib, unda kompozitor musiqa 

yozuvining  polifonik  texnikasini  ajoyib  tarzda  namoyish  qiladi:  bu  imitatsiyalar, 

intonatsion formulalar aylanmasi, rang-barang stretta kombinatsiyalaridir.  



Asarning  reprizasi  dinamizatsiyalangan.  U  metroritmik  jihatdan  birmuncha 

erkin  bo„lib,  ovozlarining  zichlashuvi  bilan  tavsiflanadi.  J.Freskobaldi  reprizaga 

musiqiy rivojni jonlantiruvchi jigasimon lavha kiritadi: 

Uni  ijro  etayotib,  jonli,  dinamik  tokkataviy  pulsni  ta‟kidlab  ko„rsatish, 

ijroning o„ta aniqligiga erishish zarur. Tokkataning ifodali ijrosiga ko„proq puxta 

o„ylangan artikulyatsiya orqali erishiladi. J.Freskobaldining tokkatasi ustida ishlash 

o„rganuvchining  ham  texnik,  ham  ijroviy  jihatdan  o„sishiga,  uning  intellektual 

rivojlanishiga  yordam  beradi.  Mazkur  Tokkatani  o„rganish  barokko  davri 

kompozitorlari asarlaridagi cholg„u shakllarini tafakkur etish imkonini beradi. 

 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling