Konservatoriyasi umumiy fortepiano
||: A B :|| ||: A1 B1 :||
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- D-dur G-dur e-moll a-moll
||: A B :|| ||: A1 B1 :||
B.P. Yo.P B.P. Yo.P. D-dur G-dur e-moll a-moll
Asar “o„n oltitalik” notalar bir partiyadan boshqasiga muntazam ravishda o„tib turadigan ikki ovozda bayon etilgan, bu orqali tovush manzarasining o„ziga xosligi va rang-barangligiga erishiladi. Ayni paytda bu holat shogird oldiga jarang ravonligi va “o„n oltitalik” notalarning chap qo„ldan o„ng qo„lga (va aksincha) silliq o„tishlari bilan bog„liq murakkab ijrochilik vazifalarini qo„yadi: D.Skarlattining bu “Tokkata”si juda mayin kuychan tovush va yaxshi egiluvchan legatoni talab etadi. Pyesa go„yo ekspromt tarzda paydo bo„luvchi virtuoz topilmalarga boy. D.Skarlatti klavir asarlarini o„tmish davr italyan organ- klavir maktabi kompozitorlarining badiha-prelyudiya toifasidagi asarlari tayyorlab bergan edi. Tokkataning ixtiroviy fakturasida rivojlanishning imitatsiya, kontrapunkt singari ko„plab polifonik usullari kuzatiladi. Garchi Tokkata ikki qismli bo„lsa-da, unda rivojlovning tug„ilish alomatlari kuzatiladi. Pyesaning birinchi qismida ikkita bo„lim mavjud: bosh va yondosh partiyalar. Bosh partiya asosiy G-dur tonalligida, yondosh partiya esa D-dur dominanta tonalligida yozilgan. Bosh partiya ustida ishlayotib, ijrochilik shtrixlari detalizatsiyasiga e‟tibor qaratish zarur, zero, pyesaning ijrosi ilk klassitsizmning estetik tamoyillariga ko„ra nafislikni, nazokatni talab etadi. “Allegro vivace” sur‟ati o„ta shiddatli bo„lishi kerak emas, sababi o„quvchi bunda tovushning kuychanligiga, fakturaning shaffofligi va yengilligiga intilishi lozim. Nota matnida dinamik belgilar juda aniq ko„rsatilgan, ular ham o„quvchi nazaridan chetda qolmasligi kerak. Bosh partiya muhiti yorug„, hayotdan mamnunlik hissi ufurib turgan yagona kayfiyatda bo„lib, bir registrdan boshqasiga o„tishlar juda ravon va tabiiy bo„lishi kerak. Yondosh partiyada kontrast qirralarni ko„rsatish muhim, xususan, o„ng qo„l partiyasidagi bo„rttirilgan melodik ovozni. Ushbu mavzuning ijrosi o„ta aniq artikulyatsiyani talab etadi. D.Skarlatti chap qo„l partiyasida jo„rovozning arpedjiolangan toifasidan foydalanadi, nashr muharriri bu yerda pedal qo„shib chalishni tavsiya etadi: Kompozitor yakunlovchi taktlarda bosh partiyaga xos bo„lgan fakturani yangilaydi va Tokkataning birinchi qismini D-dur dominanta tonalligida tamomlaydi. Tokkataning ikkinchi qismi rivojlov-repriza. D.Skarlatti pyesaning rivojlov qismida bosh partiya mavzusini yangi detallar, xususan, tremololar kiritib, variatsiyalaydi: Mazkur qismdagi melodik va garmonik rivojlanish o„zining tarangligi va ekspressiyasi bilan ajralib turadi. Rivojlangan fakturada kuy chizig„i va jo„rnavoz funksiyalari aniq ajraladi, bunda jo„rnavoz chap qo„l partiyasidagi yashirin ikkiovozli unsurlar bilan ta‟kidlab ko„rsatiladi: Ushbu fonda kuy ayniqsa o„ng qo„l partiyasida erkin va kuychan yangraydi. Yondosh partiya reprizada kichik o„zgarishlarga uchraydi. U trelsimon figuratsiyalar bilan boyitilib, bayramona yorug„ kayfiyatni tasdiqlaydi. D.Skarlattining yorqin va virtuoz klavir uslubi F.Mendelson va F.List ijodiga ta‟sir ko„rsatdi, keyinchalik esa italyan klavirchisi yutuqlarini S.Prokofyev ham ijodiy o„zlashtirdi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling