Konservatoriyasi umumiy fortepiano


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#204994
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
Umumiy-fortepiano-mazhmua

 

TOPSHIRIQLAR: 

1.  1-semestrning  17-darsidan  so„ng  berilgan  testlardan  keyingi  10tasini 

yechig,  savollarga  javoblarni  ARMda  mavjud  kitoblardan,  yoki  axborot 

tarmoqlaridan toping. 

 2.  Musiqa  nazariyasi  xususida  qaysi  tillarda  qanday  adabiyotlar  borligini 

o„rganing. 

 

TAYANCH    IBORALAR:  ritm,  metr,  ohang,  temp,  dinamik  belgilar, 

fermata, repriza, volta, nota cho„zimlari, ton va yarim ton, alterastiya 

 

 



II БОБ. НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАРИ 

 

1-2-машғулотлар 



 

Фортепиано фаннинг ўрни, унинг мақсади ва вазифалари. Ижрочилик 

махоратини ривожлантириш учун репертуарни танлаш. 

 

Fortepiano  musiqasi  janrlarini  o„rganish  musiqiy  ta‟limning  barcha 



bosqichlaridagi  dolzarb  masaladir.  Taqdim  etilayotgan  uslubiy  qo„llanmada 

fortepiano pedagogikasida  ilk bor sof  fortepiano  janri sanalgan,  klavishli  cholg„u 

tabiatini  yanada  yorqinroq  namoyon  etuvchi  tokkata  janri  keng  o„rganiladi. 

Kompozitorlar  e‟tiborini  bugungi  kunda  ham  o„ziga  jalb  etayotgan  mazkur 

janrning hayotiyligi ehtimol shundadir. Tokkata, ayniqsa O„zbekistonda sevimlidir, 

zero unda xalq cholg„ulari jarangining tembr xususiyatlari, jo„shqin hayot shiddati 

va turmush shodliklari har tomonlama aks ettiriladi.   

Фанning maqsadi – tokkata janri, uning tadrijiyoti     (evolyutsiya) xususida 

imkon  qadar  yaxlit  tasavvur  hosil  qilish  va  O„zbekiston  pianinochilarining 

pedagogik  amaliyotida  qo„llaniladigan  bu  janrning  birmuncha  yorqin  va 

namunaviy  misollarini  ko„rib  chiqishdan  iborat.  Qo„yilgan  maqsadga  muvofiq 

ravishda  muallif  tomonidan  ko„p  yillik  pedagogik  va  ijrochilik  amaliyoti 

jarayonida to„plangan tajriba asosida musiqiy namunalarni tizimlashtirish vazifasi 

belgilangan. Mazkur ishda qiyinchiliklarning murakkablashuv darajasi emas, balki 

xronologik  metod  tanlangan.  Bunday  yondashuv  talabalarda  ijrochilik  uslubi 

xususidagi yaxlit tasavvurni kengaytirish va ularda tarixiy ijrochilik uslubi hissini 

shakllantirish imkonini beradi.  

Shu  munosabat  bilan  talabalarning  umummadaniy  va  gumanitar 

eruditsiyasini boyituvchi musiqa asari - Tokkataning vujudga kelish va rivojlanish 

tarixi  xususidagi  ma‟lumotlarni  qo„llanmaga  kiritishni  zarur  deb  bildik.  Qadimgi 

klavir  tokkatasi  bo„limida  polifonik  va  gomofonik-garmonik  tafakkurni  hamda 

syuita  toifasidagi  kontrast-tarkibli  tuzilmani  o„zida  jamlagan  -  tokkata  janrining 

sintetik tabiatiga urg„u berilgan. XIX va XX asrlar tokkatalari xususidagi bo„limda 

tokkatalarning virtuoz-etyudli xarakteri, ularning kontsert funksiyasi ta‟kidlanadi. 

Фанning 4-bo„limi o„ziga xos asarlarni namoyon etuvchi o„zbek fortepiano 

tokkatalariga bag„ishlangan. Unda musiqaning milliy xarakteri, hayotni optimistik 

ruhda idrok etilishi, musiqa san‟atining hayotiy kuchi yorqin ifodalangan. Фанning 

yakunlovchi  uslubiy  bo„limi  tokkata  janrini  o„zlashtirish  bo„yicha  tavsiyalarni 

o„zida  jamlagan.  Taqdim  etilayotgan  bu  uslubiy  tavsiyalar  tokkataning  musiqiy 

shakli, musiqaning obrazli mazmunini o„rganishda, ijrochilik vazifalarini belgilab 




olishda va badiiy ifodaning ishonchli vositalarini topishda pedagog va talabalarga 

yordam beradi.  

Мажмуаda taqdim etilayotgan tokkatalarning turli xil qiyinchilik darajalari 

va talabalar tayyorgarligining bir xil emasligi, ularning iqtidori va imkoniyatlarini 

hisobga olgan holda, muallif taklif etgan uslubiy yondashuv o„qituvchiga asarlarni 

batafsil  o„rganishda,  kontsert  ijrochiligida  va  asar  bilan  umumiy  tanishuvda  ham 

erkin tanlash imkonini beradi. 

Ta‟kidlash joizki, taqdim etilayotgan qo„llanmada kompozitorlar tomonidan 

faqat  tokkata  yoki  tokkatina  deb  nomlangan  mustaqil  asarlar  ko„rib  chiqiladi. 

Tokkata  va  fuga  hamda  shunga  o„xshash  turkumli  shakllar,  shuningdek,  tokkata 

xarakteridagi pyesalar qo„llanmaga kiritilmadi, garchi taklif etilgan ishlash uslubi 

bunday asarlarda ham qo„llanilishi mumkin. Shunday bo„lsa-da, kontsert va o„quv 

dasturlaridan mustaqil asar sifatida mustahkam o„rin egallagan dasturli fortepiano 

turkumlaridagi ayrim tokkatalarning ommaviyligini va talab etilishini hisobga olib 

ularning ba‟zilarini qo„llanmaga kiritdik. 

Aziz talabalar! Tabiiyki, taqdim etilayotgan tokkata ustida ishlash metodlari 

yagona  imkoniyatlar  emas,  zero  fortepiano  ijrochiligi  va  pedagogikasidagi  ijodiy 

izlanishlar  cheksiz  va  u  muntazam  ravishda  takomillashib  boraveradi.  Shu 

ma‟noda  mazkur  qo„llanma  sizlarga  tokkatadek  qiziqarli  fortepiano  janrini 

tafakkur etishda, izlanishlar natijasida o„z individual yo„llarini topishlarida yordam 

beradi, degan umiddam. 

 

 




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling