Laboratoriya ishi №13 plastmassa tayyorlash va uni mustaxkamligini tekshirish; fenol-farmaldegid smolasini olish


Download 78.77 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi78.77 Kb.
#1538865
1   2   3
Bog'liq
PLASTMASSA TAYYORLASH VA UNI MUSTAXKAMLIGINI TEKSHIRISH; FENOL-FARMALDEGID SMOLASINI OLISH

QATTIQLIKNI ANIQLASH
Plastmassalarning texnikaviy xossalarini aniqlash uchun sinash mashinalari va tegishli namunalar bo’lishi zarur. Ammo narxi qimmat sinash mashinalarining doim bo’lavermasligi, tegishli namunalar tayyorlash imkonining cheklanganligi materiallarning mexanik xossalarini tez aniqlashning boshqa usullarini ham vujudga keltirdi. Plastmassalarning mexanik sifatini ularning qattiqligi asosida aniqlash ana shunday usullardan biridir. Plastmassaning qattiqligi unga juda qattiq boshqa bir materialning botish chuqurligi bilan ulchanadi.
Bikr termoreaktiv smolalar va ular asosidagi materiallar (feno va aminoplastlar) eng yuqori qatgiqlikka ega materiallardir. Yumshoq materiallar, masalan, polietilen, eng kichik qattiqlik ko’rsatkichiga ega. Demak, polimerlarning qattiqligi va elastiklik mo­duli orasida ma‘lum munosabat bor.
Sobiq ittifoq va boshqa ko’pgina mamlakatlarda qattiqlik Brinell tavsiya etgan usul bilan aniqlanadi. Bu usulning mohiyati GOST 4670-67 ga binoan diametri 0,5 sm bo’lgan qattiq po’latdan ishlangan sharcha - indentorni qattiqligi sinalayotgan material namunasiga botirishdan iborat (12 - rasm).
SHarchaga 60 s davomida qo’yilgan kuch olingandan keyin, namunaning sirtida sharchaning izi qoladi. Bu iz sharcha segmentidir. Namunaga quyiladigan kuchlar quyidagicha bo’ladi: 50; 135; 365; 980 N.

12 - rasm. Sharchani botirish usuli bilan qattiqlikni aniqlash sxemasi
Namuna qattiqligiga qarab, ayrim hollarda 1500 N gacha kuch qo’yish mumkin. Sharchaga qo’yiladigan kuch miqdori, uni namunaga 60s davomida botirib turganda materialda 0,013...0,036 sm ulchamlik chuqurcha hosil bo’lishiga qarab tanlanadi. Sharchaga qo’yilgan bosuvchi kuchning hosil bo’lgan segment yuziga nisbati Brikell bo’yicha qattiqlik soni deyiladi.
Qattiqlik materialning mexanik xossalaridai biridir. Plastmassalar uchun bu ko’rsatkich metallarga qaraganda bir necha marta kam. Bu ko’rsatkichning boshqa mexanik ko’rsatkichlardan afzalligi shundaki, u tez va oson aniqlanadi.
Sinash uchun namunalar brus, plastina (disk) holida bo’lib, ular maxsus mashinalarda qoliplash yoki tayyor yarimfabrikatlarga mexanik ishlov berish yo’li bilan olinadi. Bunda namuna eni 15, qalinligi 4-10 mm dan kam bo’lmasligi kerak.

Download 78.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling